Aktyorlik mahorati



Download 0,88 Mb.
bet201/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Hayotiy haqiqat


Hayotiy haqiqat nima? Nima uchun u sistemaning birinchi raqamli talabi?
Keling javobni Stanislavskiyning o‘zidan qidiramiz. Uning “Barcha janrlarning asosida hayot yotadi”, - degan birgina sehrli so‘zidan bilsak bo‘ladiki, sahna bu badiiylashgan hayotdir. Faqat hayotiy hislar va kechinmalargina sahnaning to‘laqonli egasidir.
Hayotiy haqiqatning asosiy jihati shundaki, u hayotni haqqoniy aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu ta’limot boshidan oxirigacha hayotiy haqiqat tushunchasi bilan sug’orilgan. Shuning uchun rejissyorlar aktyorlar uchun soxta haqiqat bilan hayotiy haqiqatni bir-biridan farqlashni bosh vazifa deb
bilish kerak. Aktyor ijrosidagi har bir harakatni hayotiy haqiqatga taqqoslashni
odat qilishi lozim.
Hayotiy haqiqat aktyorlik va rejissyorlik faoliyatda eng e’tibor qaratish lozim bo‘lgan qismdir. Ayniqsa bo‘lajak aktyorlarni tayyorlashda etyudlar ustida ishlashda bunga alohida ahamiyat berish kerak. Sahnada bo‘layotgan har qanday voqelik va xatti-harakatlar hayotiy haqiqatga mos kelishi kerak. Sahnada “yolg’on” bilan tomoshabinni aldash - sahna san’ati ichidagi eng kechirib bo‘lmas gunohdir. Shuning uchun haqiqat tamoyillariga tayangan holda ijod qilishga o‘rganib borish kerak. Masalan, mushuk hech qachon hayotda it kabi “vovullamaydi”. Agar sahnada ham shunga o‘xshash xatti- harakat namoyish etilsa, hayotiy haqiqat printsiplari buzilgan sanaladi. Aktyorlarni tayyorlash jarayonida haqiqat tamoyilining o‘zini ikkita, ya’ni hayotiy (real) haqiqat va sahnaviy haqiqat ko‘rinishlari nuqtai nazaridan o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Sahnaviy haqiqat – bu aktyor tomonidan yaratiladigan haqiqatdir. Sahna ko‘proq shartlilikni talab qiladi. Ana shu shartlilik asosida hayotiy haqiqat yotadi.
Oddiy misol, ba’zida aktyorning birgina xatosi uchun tomoshabinning “e, o‘xshamabdi” degan so‘zlari quloqqa chalinadi. Nima uchun “o‘xshamagan” tomoshabin uning o‘xshamaganligini qayoqdan biladi. Balki, bu aynan shunday sahnalashtirilgandir. Axir tomoshabin repititsiya jarayonida ishtirok etmagan, bu spektaklni birinchi marotoba ko‘rayaptiku. Bilingki, baribir tomoshabin haq. U aktyorning xatosini sezmadi. Balki aktyorning harakatini hayot bilan taqqosladi. Demak aktyor ijrosida hayotiylik bo‘lmagan.
Ba’zida, talabalarga hayotiylik ta’limotini tushuntirish jarayonida ular tomonidan savol beriladi. Fantastik asarlarda hayotiylik, ya’ni ishonchsizlik yo‘q-ku? Javob esa oddiy, oq va qora, yaxshilik va yomonlik, er-xotin, do‘st- dushman o‘rtasidagi tafovut fantastik asarlar mezoni, ulardan chetga chiqib birorta fantastik asar yaratingchi. Hattoki, bolalar uchun mo‘ljallangan sahnaviy asarlarda, multfilmlarda ham hayotiylik qaror topgan. Sehrgarning ming bir sehri, Yalmog’izning ming bir nayrangi... axir bular hayotdan olingan asliy haqiqat-ku. Demak, Stanislavskiyning yuqoridagi gapini yana bir bor eslaylik: “Barcha janrlarning asosida hayot yotadi”.
Bu tamoyilning asosiy mezonlaridan bir bu - hayotiylik, haqqoniylik va badiiylikning omuxta, sintez tarzda, mahorat darajasida namoyon bo‘lishidir. Bu talab dramaturgga ham, uni sahnalashtirayotgan rejissyorga ham barobar taaluqlidir. Hatto bu ikki talabni sahnada to‘la va mahorat darajasida ro‘yobga chiqarish uchun nafaqt dramaturg, rejissyor mas’ul, balki ana shu asarni tayyorlab, tomoshabinga yetkazishda ishtirok etuvchi aktyordan, rassomdan, hatto chiroq ustasi, rang tasvir yaratuvchi elektrikkacha javobgardir, ma’suldir.
Mannon Uyg’ur ijodi avvalombor hayot haqiqatiga asoslangan. Shu bois san’atkor o‘zining shogird va hamkasblaridan hayotni yaxshi bilishni, kundalik turmushni puxta o‘rganishni, umuman ijodda hayotiy haqiqatga
tayanib ish tutishni maslahat beradi. Uyg’ur bunday ijod etishni birinchi galda
Stanislavskiydan o‘rganish kerakligini qayta-qayta ta’kidlaydi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish