4-sinfda xalq qõshiqlarini õrgatishning ommaviy usullari.
REJA:
KIRISH
4-Sinf musiqa darsliklarida bilim malakasining mezoni
4-Sinf musiqa darsliklarida tinglash uchun tavsiya etilgan asarlar ro‘yxati tahlili va o‘quvchilar bilim malakasining mezoni
O‘quvchi yoshlar xususiyatiga pedagogik va psixologik yondashuv
4 Sinflarda musiqa o‘qitishning mazmuni, musiqani idrok etish, uning maqsadi va tarbiyaviy ahamiyati
XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizga yuz berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarning ko‘lami kun sayin keng quloch yozayotgan bir davrda yurtimizning kelajak davomchilari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk madaniyatli inson qilib tarbiyalash o‘z dolzarbligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Musiqa tarbiyasi nafaqat tarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo‘lib, atroflicha go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa bilan inson hissiyotiga kuchli e’tibor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy - g‘oyaviy tarbiyasining muhim vositasidir.
Musiqa pedagogikasi fanida san’at jumladan; musiqa, uni idrok etish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. O‘rta asrlarda Sharqda musiqa fan sifatida shakllana boshlanganidan so‘ng ushbu muammo musiqashunos donishmandlarning diqqatini jalb etgan. Milliy musiqa madaniyatimiz tarixi sahifalari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘pgina allommalar musiqa tinglash, uni idrok etish, anglash uning inson ruhiyati, kayfiyati hamda aql zakovati rivojlanishida muhim ahamiyatga molik ekanligini uqtirib o‘tishgan. Musiqa tarixi sahifalarini varaqlaganimizda quyidagilarni uchratish mumkin:
Abu Nasr Farobiy musiqa tinglash uning inson ma’naviy va jismoniy rivojlanishidagi ahamiyatini ta’kidlab shunday yozgan: “Musiqa shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatini yo‘qotgan bo‘lsa tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga yetkazadi va muvozanatga bo‘lganlarni muvozanatini saqlaydi”. “Bolani juda yoshligidan boshlab musiqiy hissiyotini tarbiyalash muhim-bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi” degan ilg‘or g‘oyani ilgari surgan. Abu Ali ibn Sino ham insonni ma’naviy yetuk, jismoniy baquvvat va har tomonlama barkamol bo‘lishligi uchun musiqa idroki hamda badantarbiyaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan. Musiqa tinglash, uni idrok etish natijasida insonda turli ruhiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Abdurahmon Jomiy musiqa tinglovchilarda turli kayfiyat, ruhiy hollarni uyg‘ota olish imkoniyatlarini alohida qayd etib, ohanglar ta’sir kuchini quyidagicha ifoda etgan:
a) shijoat va jasurlik uyg‘otuvchi ohanglar.
b) xursandchilik hamda quvonch baxsh etuvchi ohanglar.
v) qayg‘u va mungli uyg‘otuvchi ohanglar.
g) g‘am, mayuslik aralashgan shodlik hamda zavq uyg‘otuvchi ohanglar.
Musiqani idrok etish, uning ruhiyatga ta’sirini ifodalash hazrat A.Navoiy musiqiy merosida ham alohida o‘rin egallaydi. Hazrat Alisher Navoiy ham musiqani inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi omil ekanligini yuksak baholagan. Kishi musiqani idrok etar ekan “ko‘ngil xush ohangda quvvat, ruh esa xush ovozdan ozuqa oladi”- deb ta’riflagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |