Aktyorlik mahorati



Download 0,88 Mb.
bet199/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Mushaklar erkinligi. Sahnaviy diqqat bilan chambarchas bog‘liq holda aktyor faoliyatiga ta’sir etuvchi ikkinchi muhim element-saxnaviy erkinlikdir. Bu erkinlikning tashqi ya’ni -jismoniy, hamda ichki ya’ni -ruxiy tomonlari bo‘ladi. Badan erkinligi va ruxiy erkinlik o‘zaro hamkorlik xrlatidagina aktyor uchun saxnada haqiqiy ijod imkoniyatlarini yaratadi. Bularni ketma-ket ko‘rib chiqamiz.
Jismoniy xarakat, ya’ni muskullar bo‘shligi inson organizmida muskullar energiyasining to‘g‘ri taqsimlanishidan kelib chikadi. Mushaklar erkinligi - - bu organizmning shunday xarakatini unda biror harakat uchun, shu harakatnigina amalga oshirishga zarur bo‘lgan energiyani ishlatiladi, ya’ni keragidan ortiq ham, kam ham emas. Mushaklar energiyasini to‘gri taqsimlay bilish, bu inson gavdasi plastikasining asosiy shartidir. Gavdaning har bir harakati uchun zarur meyorda kuch ishlata olish plastikaning asosiy ichki qonuniyati sanaladi. Shu bois, har bir jismoniy harakat go‘zal ya’ni ishonchli bo‘lishi uchun ushbu qonunga bo‘ysunishi kerak.
Sahnada ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan har qanday harakat ana shu ichki
qonunga mos bo‘lgandagina erkin bo‘ladi.
Tabiatda energiya doimo bir shakldan boshqa shaklga o‘tib, taqsimlanib turadi va xech qachon keragidan ortiq yoki kam bo‘lmaydi. Faqat inson ma’lum shart-sharoitlarda o‘z gavdasini, gavda plastikaning asosiy qonuniyatiga bo‘ysundira olish qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi. Qilayotgan hatti-harakatining, gapirayotgan gapining to‘g‘ri ekanligiga bo‘lgan ishonch, ichki erkinlikka sabab bo‘ladi, ichki erkinlik o‘z navbatida, insoning tashqi jismoniy holatida, plastikasida o‘z aksini topadi. Demak akter holatining ichki va tashqi erkinligi asosida ichki ishonchga to‘liq ega bo‘lish yotadi. Shu ishonch bo‘lmagan vaqtda mushaklarda siqiqlik yoki aksincha bo‘shlik paydo bo‘ladi. Harakatlardan yoki gavda holatlaridan tabiiylik yo‘qoladi. Mushaklarda erkinlikning yo‘qligi, birinchidan, kerak bo‘lmagan mushaklarning tortishuviga, ikkinchidan, ishlashi zarur bo‘lgan mushaklar haddan tashqari zo‘riqib qotish holatiga olib keladi. Tabiiy holda mushaklar sharoit taqozosiga asosan avtomatik tarzda taranglashib yoki bo‘shashib turadi. Bo‘shashgan vaqtlarda oldin sarflangan energiya tiklanadi. Bu jarayon ma’lum bir ritm asosida amalga oshadi. Mushak taranglashsa-yu, lekin o‘sha mushak ishlatilmasa, u yo‘qotgan energiyasini tiklab ololmaydi. Bunday vaqtlarda aktyor jismonan juda charchaydi.
Ba’zan esa, mushaklar keragicha taranglashmaydi, bunda harakatlar bo‘sh, sust bo‘ladi. Bir mushakning zo‘riqishi boshqasini yetarli darajada quvvat bilan ta’minlanmasligiga olib keladi, o‘rnini to‘ldirish (kompensatsiya) qonuniga asosan u yoki bu turdagi quvvat inson badanida teng miqdorda olmashinib turadi. Shu bois, faol aqliy mehnatni, og‘ir jismoniy mehnat bilan bir vaqtda muvoffiqlashtirib bo‘lmaydi. Agar aktyor sahnada keragidan ko‘p enargiyani jismoniy harakatlar uchun sarf qilsa, ya’ni uning mushaklari doimo siqiq holda bo‘lsa, aktyorning sezish va fikrlash imkoniyati pasayib ketadi. Ijod esa Stanislavskiy aytganidek «juda kam jismoniy kuch va ulkan aqliy va ruhiy quvvatni talab qiladi». Mushaklar siqiqligi bilan diqqat bir-biriga teskari proporsiyada o‘zgaradi. YA’ni mushak siqilsa, diqqat bo‘shashadi yoki aksincha bo‘ladi. Ba’zi tashqi organlardagi siqiqlikni ongli ravishda o‘z irodasiga bo‘ysundirish orqali, kamaytirish yoki yengish mumkin. Masalan: qo‘l, oq, bo‘yin, yelka, yuz va hakozolar. Shular jumlasidan, lekin, qo‘rquv natijasida yuzaga kelgan yurakning tez urishini iroda bilan tinchlantirib bo‘lmaydi. Ichki organlardagi siqiqlikni faqatgina butun diqqatni bir yerga jamlash orqali yengish mumkin.
Mushaklardagi ortiqcha siqiqlikdan qutilish jarayoni ketma-ket 4 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Ongli ravishda, iroda asosida mushaklarni bo‘shatish.

  2. Ongli ravishda diqqatni kerakli obektga yo‘naltirish, orqali mushaklarni bo‘shatish.

  3. Shartli diqqatni shartsiz diqqatga aylantirish orqali ichki erkinlikka erishish

  4. Tashqi va ichki organlarda tamoman erkinlikka erishish. (Tashqi va

ichki a’zolardagi yolqiqlikning qoldiqlarini beixtiyor yo‘qolishi).
Ichki ijodiy erkinlikka erishish ko‘p kuch, mehnat va vaqt talab qiladigan jarayondir. Bu muammo faqat aktyor ichki va tashqi texnikaning xhamma elementlarini mukammal o‘zlashtirgandan keyingina hal bo‘ladi. Mushaklardagi ortiqcha siqiqlikni yo‘qotishga esa amaliy aniq tizimga ega bo‘lgan mashg‘ulotlar orqaligina erishish mumkin.
1-mashq - Mushaklarni har birini aloh.ida-alohida maksimal darajada siqish va bo‘shatish. Bu mashq orqali talaba u yoki bu muskulga diqqatini yo‘naltirishni o‘rganadi. 2-mashq - Tepadan pastga va pastdan tepaga qarab har bir muskulni navbatma-navbat bo‘shashtira olish va siqish. 3-mashq - Normal holga keltirish. 4-mashq - Mushaklarning alohida olingan ma’lum bir gruppasini
taranglashtirish, bo‘shashtirish.Bunday mashqlar yordamida talaba- ijodkorlar o‘z gavdalarini nazorat qila olishni o‘rganadilar. Avval bu narsa shartli ravishda amalga oshadi, keyinchalik avtomatik tarzda nazorat qilishga erishiladi. Mashqlar bilan muntazam va mustaqil shug‘ullanib boriladi. Raqs, ritmika, sahna harakati fanlarida ham talabalar, gavda plastikasining asosiy qonuniyatiga rioya qilishlari kerak. Kundalik hayotda ham, o‘z jismoniy harakatlarini shu qonunga moslashtirishlari lozim. Faqat shundagina muskullar erkinligini tarbiyalash muammosi hal bo‘ldi deb umid qilish mumkin.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish