Aktyorlik mahorati


Aktyorning obrazda yashash tamoyili



Download 0,88 Mb.
bet207/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Aktyorning obrazda yashash tamoyili


Bu tamoyilni ba’zi mutaxassislar siymo qiyofasiga kirishish chog’ida aktyorning o‘zligini yo‘qotmay, ijodiy yondashuvi tamoyili deb ham yuritadi.
Aktyorning rolda “yashashi” deb uni ijro talqini nazarda tutilgan. Oddiygina mashqlarni yoki etyudlarni ishlash jarayonida ham bu printsipga katta e’tibor qaratish lozim. Masalan, xo‘roz obrazini yaratayotgan aktyor - xo‘rozga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganib, uning harakatlarini o‘zlashtirib, xarakterli xususiyatlarini o‘z ijodiga singdirgan holda sahnaga chiqishi kerak. Obrazda “yashash” tamoyili Stanislavskiy sistemasining kechinma san’ati mohiyatini anglatuvchi tushunchalardan biridir. Aktyorning rolga kirishish, unda yashash, obrazni talqin qilishda vazifalarni aniq belgilab olishiga yordam beradi.
Bizga ma’lumki, aktyorning ijodi ikkilamchi, u ijrochi xolos. Birlamchi manba bu – dramatik asardir. Aktyor dramatik asarda tasvirlangan qiyofani o‘zida gavdalantirib, unga o‘xshash pardoz qilib, kostyum kiygani bilan u obraz yarata olmaydi balki obraz yaratish uchun obrazda yashashi, obrazning ichki va tashqi dunyosini o‘zida o‘zlashtirish, umuman olganda obrazning haqiqiy egasiga aylanishi kerak.
Obraz – san’at va adabiyotda hayotni o‘ziga xos badiiy shaklda aks ettirgan manzara va xarakterlar. San’at va adabiyotda obraz, voqelikning aniq shaxs (ijodkor) tafakkuri, hissiy olami prizmasidan o‘tib, uning qaytadan boyitilgan xoldagi tiklanishi, jonlanishidan iborat. Bu murakkab jarayonda san’atkorning estetik ideali, dunyoqarashi, ruhiy olami, g’oyaviy nuqtai nazari, ijodkor tajribasi yetakchilik qiladi, voqelik shu asosda qaytadan jonlanadi, obrazdan tasvirga ega bo‘ladi. Adabiyot va san’at voqelikni obrazlar vositasida aks ettirar ekan, har bir asarda tasvirlangan narsa, predmet yoki ishtirok etuvchi shaxslar keng ma’noda obraz deyiladi. Ammo, shunga qaramay, obraz atamasi adabiyot va san’atda birmuncha chegaralangan ma’noda – faqat insonga nisbatan qo‘llaniladi. Demak, obraz atamasining aniq insonga nisbatan qo‘llanishiga qarab, obraz tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin; ijodkorning hayotiy kuzatishlari asosida shakllangan, uning badiiy to‘qimasida aks etgan, ma’lum g’oyani tashuvchi inson hayotining aniq
va ayni umumlashgan tasviri obraz deb ataladi10. Demakki, aktyorning
sahnadagi har bir ijro etgan personajini obraz deb atab bo‘lmaydi. Obraz bu aktyorning o‘ziga xos mahoratidan kelib chiqib, yaratilayotgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladigan yuksak darajadagi ijrodir.
“Shunday aktyor va aktrisalar ham borki, - deb yozadi Stanislavskiy, - ular uchun xususiyat, xislat, siymo qiyofasiga kirish degan tushunchalar begona. Bundaylar har qanday rolni o‘zlariga moslashtirib, tashqi ko‘rinishi, yoqimli ovozini ko‘z-ko‘z qilishni o‘zlari uchun «oliy maqsad» qilib olganlar. Ular sahnaga olqish uchun chiqadilar. Ularning hayot mazmuni shundangina iboratdir”. Bundaylar uloqsiz chavondozga o‘xshaydi. Aktyorning tashqi qiyofasi ikki tig’li xanjarga o‘xshaydi. Undan unumli va oqilona foydalanishni o‘rganish kerak, aks holda uning tashqi jozibasi o‘z san’atining kushandasiga aylanishi ham mumkin.
Ba’zida rejissyorlar tomonidan (xattoki, tajribali rejissyorlar ham) aktyorning ichki dunyosi va imkoniyatlarini hisobga olinmasdan, asosan tashqi ko‘rinishini, ya’ni bo‘y-basdi, qomatini hisobga olib uni rolga taklif etadi (ayniqsa zamonaviy kinolarda). Bunday bo‘y-basti kelishgan aktyorlar obrazning ichki xolati tugul, tashqi xolatini ham yoritishga qiynaladi. Xarakter haqida o‘ylamaydi ham. Natijada sahnada obraz emas, balki nomiga rol ijro etiladi, xolos. Qani bu yerda “Agarda, men berilgan shart-sharoitda” ta’limoti?
Stanislavskiy ta’limotiga ko‘ra, obraz ustida ishlar ekanmiz, «berilgan shart-sharoitga o‘zimizni qo‘yib ko‘raylik», degan iboraga chuqurroq yondashib ko‘ramiz. Aktyorlik san’atining dialektik (tabiiy harakat va rivojlanish) tabiatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, qarama-qarshilik qonuniyatining, aktyorning - siymo, siymoning - aktyor shaklini ko‘ramiz. Bir qaralganda, ular haqiqatan ham bir-biriga tamoman zid bo‘lib tuyuladi. Negaki, aktyor sahnaga chiqar ekan, o‘zligini yo‘qotmagan holda timsol qiyofasida yashashi kerak. Dialektik qarama-qarshilik deganimizda, shu holat nazarda tutilgan. Agar shu ikki holatdan bittasi inkor etilsa, ijodiy san’at qonuniyati buziladi. Agar aktyor o‘zligini unutib, faqat timsol qiyofasida yashasa, unda bu taqlidiy, ya’ni yasama san’atga aylanadi. Demak, bunday holatda aktyor o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi, xolos. Faqat ikki holatni birgalikda olib borish, ya’ni o‘zligini yo‘qotmay, obraz qiyofasida yashash teatr aktyorining haqiqiy ijodini, san’atkorlik mahoratini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, qog’ozdan juda chiroyli gul yasash mumkin, lekin bu gulda hid, hayot nashidasi ufurib turgan tiriklik alomatlari bo‘lmaydi. Sahnadagi taqlidiy ijro ham shu qog’oz guldan farq qilmaydi. Demak, aktyor rol ustida ishlar ekan, obrazga xos bo‘lgan ichki va tashqi xislat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtira boshlaydi. Shu yo‘l bilan u boshqa shaxs qiyofasiga kirib boradi, lekin u o‘zligini bir daqiqa bo‘lsada unutmaydi. Stanislavskiy ta’limotining qiymati ana shunda. O‘zligini unutmaslik nimalarda aks etadi? Birinchi navbatda, ichki nigoh orqali o‘zligini nazorat qilib borishda. Ya’ni siymoning tashqi qiyofasiga zo‘r berib, qalbini esdan chiqarib qo‘yish, yoki

10 Dushamov J.Ommaviy tadbirlar rejissurasi.T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002y.127 b.


siymoning tashqi qiyofasini unutib, bu mana menman deb, o‘z-o‘zini
ko‘rsatishga o‘tib ketish yaramaydi. Yana qaytaramiz, Stanislavskiy ta’limotining «o‘zidan kelib chiqib» degan shiorining asl mohiyati aktyor tabiiy ravishda obraz qiyofasiga kirib borishi uchun yaqin yo‘l ekanligini ko‘rsatib berishda11.
Xullas, aktyor obrazga kirishi uchun o‘ynalajak obrazni har tomonlama, ya’ni uning ijtimoiy kelib chiqishi, yoshi, irqi, millati, xarakteri, nimalarga qiziqishi, hattoki, qanday ovqatni yaxshi ko‘rishini ham o‘rganmog’i lozim. Shundagina u rolning ichiga kira oladi va uni obraz darajasida ijro etishi mumkin.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish