Paketdagi lizing - mavjud ishlab chiqarish inshootlari va binolar kreditga berilib, zarur bo’lgan mashina va uskunalar esa ijarachiga ijara shartnomasi asosida beriladigan lizing turi. Lizing muomalalari ularni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv shart-sharoitlarga qarab, aniqrog’i, ob’ektga egalik qilish manbalari nuqtai nazaridan ikkiga: bevosita va yana o’ziga qaytuvchi lizing turlariga bo’linadi.
Yuk tashish turini ijaraga berish – mamlakatimizda lizing berishning keng tarqalgan turi bo‘lib, unda yuk tashuvchi mashinalarni ijaraga beruvchi kompaniyalar lizing oluvchilarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi. Bunday lizing berish turining afzalliklari sifatida professional tajribali jamoa, katta tarkib yuk transporti, turli xil sig‘imli yuk mashinalari, avtotransport vositalariga muntazam texnik xizmat ko‘rsatishlarni keltirishimiz mumkin. Bu turdagi kompaniyalar yuk tashuvchi transport vositalarini o‘zini berishi ham mumkin. “Agro Finans Lizing”, “Rustam Trans Cargo”, “Umid Avto Lizing”, “Orient Leasing” kompaniyalari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |