Qaytariladigan lizing - bu bir tomon (sotuvchi) boshqa tomonga (xaridorga) xaridor keyinchalik ushbu aktivlarni sotuvchiga ijaraga berish sharti bilan aktivlarni sotadigan moliyaviy operatsiya. Bunday operatsiyada lizing oluvchi bir vaqtning o‘zida ijaraga olingan mulkni sotuvchisi hisoblanadi. Ya’ni, mulkdor mulkni bo‘lg‘usi lizing beruvchiga sotadi, uning o‘zi xuddi shu obyektni xaridordan ijaraga oladi va lizing to‘lovlarini shartnoma asosida to‘lab turish vazifasini bajaradi. Korxona moliyaviy jihatdan juda qiyin ahvolda qolgan hollarda bu izing turidan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |