To‘liq va to‘lanmaydigan ijara – to‘liq lizingda lizing beruvchi foydalanishga berilgan mol-mulk bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. To‘lanmaydigan ijara deganimizda esa ijaraga beruvchi yuridik shaxs ijara shartnomasini bekor qilish uchun oldinroq ijara miqdoridan voz kechishi tushuniladi.
Ixtisoslashtirilgan xizmatlarni ijaraga berish – faqatgina ixtisoslashtirilgan xizmatlarni taqdin qilish. Masalan, yuk mashinalari kranlarini ijaraga berish xizmati yoki harbiy xozmatchilar uchun uy-joyni ijaraga berish ximatlari.
Bevosita lizing – ishlab chiqaruvchi korxona vositachisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkni lizingga oluvchi bilan lizing shartnomani tuzish orqali beriladigan lizing. Bunda lizing kompaniyasi mijoz uchun uning buyurtmasi asosida mashina va uskunalarni ularni ishlab chiqarayotgan korxonalardan sotib oladi.