82
ko‘rilgan
1
. Bunday shaxsning farmoyishlarini musulmonlar so‘zsiz,
zudlik bilan bajarishlari uchun u ancha katta nufuzga ega bo‘lishi shart
edi. Dastlabki to‘rt xalifa bunday talablarga to‘liq javob berar edilar. Ular
arab diniy manbalarida «xulafo ar-roshidin», ya’ni «to‘g‘ri yo‘ldan
borgan xalifalar», deb ta’riflangan.
Qur’oni karimda Odam va Dovud alayhissalomlar Allohning yerdagi
noiblari sifatida xalifalar deb atalgan, ya’ni:
«Eslang (ey Muhammad),
Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yor-
damchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik
qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz
hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom
pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman».
Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni
farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan
so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga
bildiring!» («Baqara» surasi)
2
.
«
Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafs)
xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo‘lidan
ozdirur. Albatta, Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob
kunini (ya’ni qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli, qattiq azob bordir»
(«Sod» surasi).
«Xalifa» so‘zi Abu Bakr jamoa boshlig‘i (amiri) qilib saylanganidan
keyin terminologik ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi xalifa – Umarga «Alloh
elchisining xalifasi», degan nom berildi, lekin keyinroq bu nom amir al-
mo‘’minin (mo‘minlar hukmdori), deb o‘zgartirildi. Ko‘plab musulmon
mutafakkirlarining fikricha, xalifa hokimiyatining qaror topishi «zarurat»
edi. U musulmon davlatining boshlig‘iga, xalifani saylovchi va nazorat
qiluvchi, shuningdek unga maslahatlar
beruvchi jamoa vakillariga,
shuningdek barcha musulmonlarga yuklatilgan «majburiyat» sanalgan.
Islom davlatshunoslari xalifalikning zarurligi haqidagi xulosani isbotlash
uchun diniy aqidalar bilan birga, mantiqiy dalillarni ham keltirganlar.
Diniy aqidalarda musulmonlarning diniy majburiyatlarni ado etishlari,
umuman musulmon huquqi qoidalarini to‘liq bajarishlari uchun xalifa
nazorati zarurligi ta’kidlangan.
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
Ⱥɛɭɥ ɚɫɚɧ Ⱥɥɢ ɚɥ-Ɇɨɜɚɪɞɢɣ. ɋɭɥɬɨɧɢɣ ԟɭɤɦɥɚɪ (Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ).
– Ԕɨԟɢɪɚ, 1298.
2
Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦ ɦɚɴɧɨɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɠɢɦɚɫɢ / Ɍɚɪɠɢɦɚ ɜɚ ɢɡɨԟɥɚɪ
ɦɭɚɥɥɢɮɢ Ⱥɛɞɭɥɚɡɢɡ Ɇɚɧɫɭɪ. – Ɍ., 2001.
83
Musulmon huquqi qoidalariga asoslangan islomiy adolatga erishish
uchun «oqilona» sabablardan hisoblangan jamoa a’zolari o‘rtasidagi
nizolarni hal qilish zarurligi keltirilgan. Lekin
xalifalik foydasiga ilgari
surilgan barcha oqilona dalillarning markazida doim davlat va jamoat
ishlarida tartibsizlik hamda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi
ta’kidlangan1.
Shialik yo‘nalishi vakillari xalifalikning zarurligi g‘oyasini yanada
qat’iyroq «himoya qilganlar». Shialar imomatni (ular davlatni shunday
deb ataganlar) Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar da’vatining davomi va
muqarrar yakuni, deb hisoblaganlar. Ular imomatni qaror toptirish jamoa
burchi emas, balki
Allohning huquqi, deb bilganlar. Ta’kidlash lozimki,
shialarda musulmon davlati huquqiy institut emas, balki dinning ilk
asoslaridan biri, islomning «tayanchi» hisoblanadi. Imomat huquq fani
predmetini tashkil etmaydi, huquqshunoslar ta’riflagan normalar
yordamida ta’riflanmaydi, balki Allohning hukmi bilan uzil-kesil
belgilangan qoida, shakl hisoblanadi. Shu bois shialar imomatdan voz
kechish yoki hatto uning muayyan shaklini tanlashni jamoaga topshirish
mumkin emas, deb ta’kidlaydilar.
Dastlabki to‘rt xalifani saylash tartiblari oddiy qabila boshlig‘ini
saylashdan kam farq qilgan. Bunda hokimiyatga bo‘lgan huquqning
birdan-bir manbai – ko‘pchilikning xohish-irodasi bo‘lgan. Muhammad
(s.a.v.) payg‘ambar vafotidan so‘ng musulmonlarning guruhlarga
bo‘linishiga sabab bo‘lgan jamoa rahbari xususidagi
bahslarda quyidagi
holatlar aniq-ravshan ko‘zga tashlangan:
a) rahbar musulmonlar jamoasi (umma) tomonidan saylanishi lozim,
degan fikrga hamma qo‘shilgan;
b) jamoa ma’qul deb topgan, ko‘pchilik musulmonlarning e’tiborini
qozongan odamgina saylanishi mumkin bo‘lgan.
Kim rahbar lavozimiga da’vogar bo‘lishi mumkin, degan masalada
ulamolar yagona fikrga kela olmaganlar. Muhammad (s.a.v.)ning
kutilmagan vafotidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida nizo
chiqqan. Choryorlardan biri, buyuk davlat arbobi Umar ibn Hattob al-
Farruh
(taxminan
585–644)ning vositachiligida bu nizoga barham
berilgan. Aynan u Abu Bakrni xalifa etib saylash (632-y.) tashabbuskori,
uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lib, o‘z kuch-g‘ayrati va qat’iyati bilan
unga madad berib turgan.
Muhojirlar islom dinini qabul qilgan madinaliklar – ansorlar bilan
birgalikda musulmon jamoasining eng sara qismini tashkil qilgan.
Allohning elchisi vafot etganidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida
84
hokimiyat uchun kurash avj olgan. Bu kurashda muhojirlar yutib
chiqqanlar. Shuni ta’kidlash zarurki, islomdagi
barcha xalifalar
makkaliklar avlodidan bo‘lgan. Xalifalik ulamolari Muhammad (s.a.v.)
payg‘ambarning avlodlari (Hoshimiylar), payg‘ambar sahobalari
(muhojirlar va ansorlar), Makkaning ayrim nufuzli qavmlari (ayniqsa,
ummaviylar)dan va oldingi qabila oqsoqollarining bir qismidan yetishib
chiqqanlar.
O‘sha davrda musulmonlar jamoasi va arab davlati o‘rtasida farq
bo‘lmagan. Jamoa Qur’on va sunna asosida boshqarilishi lozim, deb
hisoblangan. Xalifalik hokimiyatining diniy va dunyoviy (siyosiy)
vazifalari ham dastlab farqlanmagan, lekin keyinroq ular farqlana
boshlandi. Barcha musulmonlarning tengligi rasman tan olingan.
Uchinchi xalifa – Usmon davrida xalifalik to‘liq ummaviylar va
ularning izdoshlari, boshqacha aytganda, makkalik zodagonlar firqasi
qo‘liga o‘tdi.
Keksa muhojir, payg‘ambarning kuyovi Usmon o‘ta
taqvodor musulmon sifatida dovruq qozongan edi. U o‘z atrofiga
ummaviylar urug‘i a’zolarini to‘pladi.
Xalifalikdagi barcha muhim lavozimlar, chunonchi, sarkarda va
viloyat noiblari lavozimlarini ummaviylar urug‘ining a’zolari yoki
ularning tarafdorlari egalladilar. Ular yerlarni bosib olish va boyishda o‘z
mavqeidan foydalandilar. Xususan, Muoviya ibn Abu Sufyon boy Suriya
noibi etib tayinlandi. Ijtimoiy tengsizlikning kuchaygani ummaning
ko‘pgina a’zolarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Usmon hokimiyatiga
qarshi xalifalikda muxolifat yuzaga keldi. Qo‘shinda va viloyatlarda
yashovchi zodagonlar o‘rtasida xalifa Usmonning siyosatiga qarshi
norozilik kuchaydi. Aynan shu davrda Muhammad (s.a.v.)ning kuyovi,
uning suyukli qizi Fotimaning eri Ali ibn Abu Tolib tarafdorlari guruhi
yoki firqasi tashkil topdi. Uning tarafdorlari «Ali shiasi» yoki «Ali
firqasi» deb nomlandi. Shialik yo‘nalishining nomi shundan kelib
chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: