5.2. Aniq va mavhum normalar
Mohiyatiga ko‘ra, tavsiya etuvchi normalar islom ta’limotida vojib
amallar, deb ataladi. Ular ham farz kabi musulmonlarni u yoki bu xatti-
harakatni bajarishga undaydi. Ularni bajarganlar savob oladi,
bajarmaganlar esa gunohkor bo‘ladilar. Vojib amallarni inkor qilgan
musulmon iymonsiz sanalmasa-da, gunohi kabira (katta gunoh) egasi
bo‘ladi. Bunday amallarning eng muhimlari soni qirqta. Masalan, zakot
to‘lashga qodir mo‘minlarning qurbon hayiti kunlarida jonliq so‘yib
qurbonlik qilishlari, va’daga vafo qilish, er-xotinning bir-birlari oldidagi
burch va vazifalarga rioya qilishlari, sotuvchi sotayotan narsasining
aybini aytib sotishi zarurligi kabilar vojib amallarga kiradi.
75
Ruxsat beruvchi normalar islom ta’limotida sunnat amallar deb
yuritiladi. Sunnat lug‘aviy jihatdan «yo‘l» degan ma’noni, istilohiy
ma’noda Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari, xatti-harakatlari, ma’qullagan
ishlarini ifoda etadi. Ya’ni bu normalar «payg‘ambar belgilab bergan
yo‘l», degan ma’noni anglatadi. Bunday amallarni bajarganlar savob
oladi, bajarmaganlar gunohi kabira egasi sanalmasalar-da, qiyomat kunida
qattiq malomatga qoladilar. Sunnat amallarning soni aniq emas, sababi
sahih hadislarda belgilangan sunnat amallarning soni aholi orasida
qanchalik tarqalganligiga bog‘liq. Sunnat amallarning turlari ko‘p bo‘lib,
ular insonlarning turmush tarzi bilan bog‘liq holda bajariladi. Masalan,
xatna qilish, misvok tutish, voyaga yetgan bolalarni uylantirish yoki
turmushga berish, nikoh to‘yi va hokazo.
Sunnat amallarning bir turi mustahabdir. Mustahab – payg‘ambar
(s.a.v.)ning umrida bir yoki ikki marotaba qilib, keyin tark qilgan
amallaridir. Ularni bajargan kishi savob oladi, bajarmasa, gunohkor
bo‘lmaydi. Muhtojlarga uy-ro‘zg‘or buyumlarini beg‘araz omonatga berib
turish, suv chiqarish, oldi-sotdi ishlarida chaqqon va jur’atli bo‘lish,
halolligiga shubha qilingan mollarni xarid qilmaslik, qarz bergan
kishining iloji boricha qarzini so‘ramay turishi, qarz olgan odam qarzini
tezroq to‘lashi kabilar mustahab amallardir.
Tanbeh beruvchi normalar biror xatti-harakatni qilishdan qaytaruvchi
normalardir. Bunday normalar islom ta’limotida makruh va harom deb
ataladi. Mo‘min-musulmon kishi bunday ishlarni qilishdan saqlanishi
lozim. Gunohidan qo‘rqib bunday ishlardan saqlangan kishi savob oladi,
qilgan kishi gunohkor bo‘ladi.
Makruh va harom amallar: ayollarning erlari yoki mahramlarisiz
safarga chiqishlari, sotuvchi molini maqtab, qasam ichib sotishi, ayolni
besabab taloq qilish, halolligi shubhali bo‘lgan mollar bilan savdo qilish,
qozi va hokimning mahkamaga murojaat qilganlarga bir xil muomalada
bo‘lmasligi, birovning hovlisiga iznsiz kirish, egasidan so‘ramay, uning
molini sotib yuborish, bozorda narx-navoning ko‘tarilishini kutib,
sotiladigan mollarni sotuvga chiqarmay saqlash, mollarni qimmat narxda
sotish niyatida hammasini ko‘tarasiga olib qo‘yish, qo‘y yo sigirni baland
narxda sotish maqsadida bir-ikki kun sog‘may saqlash, zakot yoki ushr
uchun molning yomonrog‘ini tanlash kabilar bo‘lib, ularni qilish gunoh
hisoblanadi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |