Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 «Moliya huquqi» tushunchasi va shakllari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

6.3. «Moliya huquqi» tushunchasi va shakllari 
Fiqhning ko‘chmas mulkka oid qoidalari ko‘char mulkni tartibga 
soluvchi qoidalarga qaraganda ko‘proq bo‘lib, bu mulkning ilohiy inoyat 
ekanligini to‘liq tasdiqlaydi.  
Musulmon huquqshunoslari mulk huquqi predmetini tashkil etuvchi 
yerning besh turini farqlaydi: a) «jonsiz» yerlar; b) «jonlantirilgan» 
yerlar; d) tanob yerlar; f) xiroj yerlar; g) habus.  
Bu yerlar uch guruhga birlashtiriladi: 1) mulk (yoki xususiy mulk) 
tariqasidagi yerlar; 2) xiroj (soliq solinadigan) yerlar; 3) vaqf (xususiy 
mulk egalari diniy muassasalar yoki xudoyixonalarga mulk qilib bergan 
yerlar).  


96
Xiroj yerlar. Xalifalikka ixtiyoriy ravishda bo‘ysungan hududlarda 
mahalliy aholi yerga bo‘lgan mulk huquqini saqlab qolgan bo‘lsa, fath 
etilgan hududlarda musulmon jamoasi yerga nisbatan oliy huquqqa ega 
bo‘lgan. Yer egalari bu yer avloddan avlodga o‘tishini istisno etuvchi 
ayrim uzufrukt huquqinigina saqlab qolganlar 1. Bunday yerlar xiroj 
yerlar deb atalgan, chunki ularga har yili mol yoki pul ko‘rinishida 
undiriladigan soliq – xiroj solingan. Xirojning qonuniy xususiyati ijtihod 
qoidalariga asoslanadi.  
Shuni ta’kidlash zarurki, xirojning nazariy asoslari hijriy V asrda 
vujudga kelgan. Ilk islom davrida fath etilgan yerlar askarlarga mulk qilib 
berilgan, lekin bu siyosat qo‘shinni zaiflashtirish bilan bir vaqtda, xirojga 
qaraganda kamroq soliq – zakot undiruvchi davlatga ziyon yetkazgan. 
Shu sababli xalifa Umar yerni mulkdorlar ixtiyorida qoldirib, ularga xiroj 
to‘lash majburiyatini yuklagan, shu bilan birga, mulkdorning islom diniga 
kirishi ham, yer maydonlarining musulmonlarga sotilishi ham bu yerlar 
uchun soliq – xiroj to‘lashdan ozod qilinmasligini belgilab qo‘ygan. 
Yerga mulk sifatida egalik qilish va unga tutash ashyoviy huquqlar. 
Yerga bo‘lgan mulk huquqi musulmonlar uchun muqaddas, binobarin, 
daxlsizdir. Shu bois jamoat manfaatlarida yerga bo‘lgan mulk huquqini 
olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qoidaning qabul qilinishiga erishish 
(ayniqsa, hanafiylarda) juda qiyin bo‘ldi (Turkiyada bunga 1885-
yildagina erishildi). Qarzdorning mol-mulkiga sud orqali undiruvni 
qaratishga ijozat berilishi uchun ham shunga o‘xshash qiyinchiliklarni 
yengishga to‘g‘ri keldi. Mulk huquqining egasi mazkur huquqdan o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin. Biroq musulmon huquqi 
mulkdorga o‘z mol-mulkini suiiste’mol qilish, uni behuda isrof etishni 
taqiqlaydi. Huquqni suiiste’mol qilish umumiy nazariyasi sud 
qarorlaridan keltirib chiqarilishi mumkin emas edi. Ayni vaqtda, birovga 
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan o‘zini tiyish 
haqidagi islom tamoyili (u mashhur hadislardan biriga asoslangan) 
huquqiy emas, balki ma’naviy jihatdan huquqni suiiste’mol qilish 
nazariyasiga qaraganda, kengroq asosga ega.  
Mulk huquqi qanday yuzaga keladi? Bu savolga javobni fransuz 
yozuvchisi R. Sharlning «Musulmon huquqi» kitobidan izlaymiz. Yerni 
egallab olish (harbiy yo‘l bilan) va parvarish qilish kabi ilk klassik 
usullardan tashqari, musulmon huquqida yerlarni «jonlantirish» va ularga 
ishlov berish ham ma’lum.  
Egasiz yerga ishlov berib, uni o‘z mulkiga aylantirgan odam hech 
qanday rasmiyatchiliklarsiz shu yerning mulkdori hisoblanadi. Mahalliy 


97
hokimning ruxsati bilan birovning yeriga birovning urug‘ini ekkan odam 
shu urug‘ni qaytarib beradi, lekin olingan hosil uning o‘z ixtiyorida 
qoladi.  
Mulk huquqi yuzaga kelishining asoslari – yerni sotish, meros olish, 
hadya qilish, egallash muddatining o‘tishi hisoblanadi. Mulkdorning o‘z 
mol-mulkini qarovsiz qoldirishi yoki uning nobud bo‘lishi mulk 
huquqining barham topishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nihoyat, mulk 
huquqi mulkdorning dindan qaytishi yoki mol-mulk undan majburiy olib 
qo‘yilishi natijasida qonun kuchi bilan bekor qilinadi.  
Mulk huquqi qanday isbotlanadi? Musulmon huquqshunosligida 
«egalik holatining isbotlovchi kuchi» tushunchasi ishlab chiqilgan. 
Musulmon huquqida bitim mulk huquqining yetarli dalili bo‘lib xizmat 
qilmaydi, chunki bitimning mazmuni uchinchi shaxslar uchun kuchga ega 
emas. Gap shundaki, uning qonuniy kuchi mulk egasi bo‘lmagan shaxsga 
nisbatan bitimni tasdiqlovchi hujjatni saqlovchi shaxs, uni mazkur mol-
mulkka egalik holati bilan ham mustahkamlay olgan holdagina namoyon 
bo‘ladi. Musulmon huquqshunoslari dalillarning bunday tuzilishida har 
xil ahamiyatga molik, muayyan darajada aniq belgilangan oqibatlarga 
sabab bo‘luvchi turli egalik shakllarini belgilaganlar: a) oddiy egalik; b) 
uzoq muddat egalik qilish; d) murakkab egalik. 
Mulk huquqi amalda mazkur yer maydonining sirti va osti, hatto 
ustidagi havo bo‘shlig‘iga ham egalik qilish huquqini beradi (qo‘shnilar 
birovning bog‘ida o‘sgan daraxtning o‘z bog‘i hududiga osilib tushgan 
shohlarini kesishga haqli, mulk huquqi bo‘yicha yer maydoniga egalik 
qiluvchi shaxs uning ustidagi havo bo‘shlig‘ini sotishi mumkin).  

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish