Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

keyin) mol-dunyo qoldirayotgan bo‘lsa, adolat – to‘g‘rilik bilan ota-
onaga, qarindosh-urug‘ga vasiyat qilish farz etildi», – deyilgan. Bu yerda 
o‘lim – sabab, meros haqida vasiyat qilish esa oqibatdir. Shart shunday 
vaziyatki, bir narsa yoki holatning bo‘lishini ikkinchisi taqozo etishidir. 
Masalan, er-xotinlik bo‘lmasa, taloq bo‘lmaydi. Lekin, birinchisining 
bo‘lishi uchun ikkinchisi talab qilinmaydi. O‘z navbatida, shartning ikki 
turi mavjud: a) qonun tomonidan qo‘yilgan shart; b) huquq subyekti 
tomonidan qo‘yilgan shart. Birinchi shartga nikoh tuzish, savdo-sotiq 
qilish, vasiyatni rasmiylashtirishda bajarilishi shart qilib qo‘yilgan xatti-
harakatlar, xulq-atvor qoidalari misol bo‘la oladi. Ikkinchi shartda 
huquqiy munosabat ishtirokchisi bo‘lgan shaxsga shartni mustaqil 
belgilash vakolati beriladi. Masalan, er xotiniga: «Mendan beizn 
tashqariga chiqsang, sen taloqsan», – degan shartni qo‘yishga qonun 
bo‘yicha haqi bor.  
Mone – biror-bir holat, faktning mavjudligi tufayli xatti-harakat qilish 
mumkin emasligini belgilab beruvchi qoida. Masalan, umumiy qoidaga 
binoan, uka akasidan meros olishi mumkin. Lekin, uka akasini o‘ldirsa, 
meros olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Chunki qonunda meros oluvchi 
meros qoldiruvchini o‘ldirsa, meros olish huquqidan mahrum bo‘lishi 
haqidagi qoida mavjud. Payg‘ambarning «qotil meros olmaydi», degan 
ko‘rsatmasi ushbu qoidaga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ruxsat va azimaning 
ma’nolari shuki, ularda umumiy qoidaga muvofiq, huquq subyektiga 
yengillik berish, qulaylik yaratish maqsadida taqiqlangan xatti-harakatni 
qilishga ruxsat etiladi. Masalan, Qur’oni karim «Naxl» surasining 106-
oyatida: «Kim Allohga iymon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir 


78
bo‘lsa (Allohning g‘azabiga duchor bo‘lur). Lekin, kim qalbi iymon bilan 
taskin topgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning 
iymoniga ziyon yetmas)»,– deyilgan. Sahih va botil normalar shunday 
normalarki, ularning birinchisida qonunda belgilangan barcha talablar, 
shartlarning natijasida kelib chiqadigan oqibat haqiqiy, qonuniydir.  
Ikkinchisida esa qonun talablarini to‘la bajarmaslik oqibatida kelib 
chiqqan natija haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Masalan, qonun talablariga 
to‘liq rioya qilinib tuzilgan nikoh haqiqiy deb tan olinadi va huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Qo‘yiladigan talablardan ayrimlarini 
bajarmasdan tuzilgan nikoh esa haqiqiy hisoblanmaydi. Masalan, erkak 
kishining boshqaning nikohidagi ayol bilan nikohga kirishishi, ushbu 
nikohni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘ladi. Ushbu nikoh hech 
qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Hozirgi zamon islom qiyosiy 
huquqshunosligida musulmon huquqiy normalari imperativ va dispozitiv 
turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Imperativ norma – xatti-harakat, xulq-atvor 
qoidasi, qat’iy belgilangan norma bo‘lib, huquqiy munosabat subyekti uni 
tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Masalan, Qur’oni karim «Tavba» 
surasining 60-oyatida: «Albatta, sadaqalar Alloh tomonidan farz bo‘lgan 
holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari 
(islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod 
qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchi 
musofirlarga berilur», – deyilgan. Ushbu oyatda zakotdan yig‘ilgan 
mablag‘lar kimlarga berilishi zarurligi aniq belgilab qo‘yilgan.  
Dispozitiv normaga muvofiq, subyektga tanlash imkoniyati beriladi. 
Qur’oni karim «Moida» surasining 33-oyatida: «Albatta, Alloh va uning 
payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish