BBK 67. 3ya 73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012
3
SO‘Z BOSHI
Mustaqilligimiz sharofati bilan mamlakatimizda tinchlik va osoyish-
talik hukm surib, umumbashariy qadriyatlar sarchashmalaridan bahra-
mand bo‘lmoqdamiz. Milliy istiqlol bois davlatchilik tajribamizni, uning
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy asoslarini har tomonlama puxta
o‘rganish va rivojlantirish imkoniyati yaratildi. Mustaqil o‘zbek
davlatchiligi va milliy huquqiy tizimni shakllantirishning o‘ziga xos va
o‘ziga mos yo‘li boy ma’naviy-huquqiy negizlarga asoslanadi. Bizning
davlatimiz ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazm, shuningdek Qoraxoniylar,
Xorazmshohlar, Temuriylar davlatlari hamda barcha o‘zbek xonlik-
larining davlat boshqaruvi tajribalari, xalqimizning butun milliy, tarixiy,
huquqiy, ma’naviy amaliyotini, uning o‘z mustaqil davlatiga ega
bo‘lishdek asriy orzularini o‘zida mujassamlashtirgan.
Mintaqamizning qadimiy tarixi va boy madaniyati, bu makonda
yashab o‘tgan ajdodlarimizning jahon madaniyatini rivojlantirishga
qo‘shgan ulkan hissalari hozirgi kunda ham hayotning barcha jabhalariga
sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti: «O‘tmishimizdagi allomalarning bebaho
merosi qanchadan qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush
tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda»
1
, – deya
ta’kidlaydi. Shu bois, dunyo huquqiy madaniyatining ajralmas bo‘lagi
hisoblangan, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi va huquqiy
tafakkuri rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan musulmon huquqini
o‘rganishning dolzarbligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Musulmon huquqi huquqshunoslarning Qur’on va sunnadagi huquqiy
qoidalarni amaliy yuridik normalar «tiliga ko‘chirgan» oqilona ijod
mahsuli sifatida baholanadi. Bizningcha, fiqh me’yorlarini ibodat
qoidalari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
normalarga ajratish hamda tasniflash nuqtai nazaridangina o‘rganish
yetarli emas. Ushbu bo‘linish zamirida aynan hayot ehtiyojlari yotadi,
chunki ushbu normalar toifalarining ikkisi ham turli sohalarda
qo‘llaniladi, shuningdek ularning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari ham
har xil. Mazkur normalar toifalari o‘ziga xos, alohida har biri tartibga
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ ɜɚ
ɦɚɮɤɭɪɚ.Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 40–41.
4
soluvchi xususiyatlarga ega. Ularning islomdagi maqomi ham har xil
bo‘lib, bir-biridan mustaqil tarzda amal qilishi mumkin. Ushbu fikrni
islom tarixi va musulmon mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi
bosqichidan olingan ko‘plab faktlar tasdiqlaydi.
Yuridik hodisa sifatida musulmon huquqining mustaqilligini uni
amalga oshirish jarayonining tahlili ham tasdiqlaydi. Musulmon huquqiga
uni amalda qo‘llashning diniy prinsipi ko‘proq xos, ya’ni u, eng avvalo,
musulmonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda amal qilgan. Shu narsa
muhimki, bu prinsip hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Masalan,
musulmon huquqining oila va nikoh masalalarini tartibga soluvchi
normalari faqat musulmonlarga nisbatan tatbiq etilib, boshqa dinlarda
qo‘llanilmaydi.
Islom dini vujudga kelgan va islom davlati tashkil topgan paytdan
boshlab musulmon huquqining normalari nomusulmonlarga nisbatan ham
tatbiq etilgan. Masalan, davlat huquqini yoki nomusulmon aholiga
soliqlar solish tartibini belgilovchi qoidalar, shuningdek musulmonga
turmushga chiqqan nomusulmon ayolning islom qoidalariga bo‘ysunishi
kabilar.
Odatda, shaxsning diniy e’tiqodi bilan uzviy bog‘liq, shaxs
maqomini tartibga soluvchi normalarni amalda qo‘llashda diniy prinsip
chegarasidan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi. Masalan, hozirgi
vaqtda meros qoldirish, huquq layoqatini cheklash, vaqf mulki
masalalarini tartibga soluvchi musulmon huquqiy normalari arab
mamlakatlarining aksariyatida nomusulmonlarga nisbatan ham tatbiq
etiladi. Islomdagi diniy va huquqiy normalarning o‘zaro nisbatini tahlil
qilganda jazo qo‘llash normalari mazmunan «dunyoviy» ekanligini, diniy
jazo choralariga to‘la mos keluvchi xulq-atvor qoidalariga manba bo‘lib
xizmat qilgan diniy qoidalar miqdori esa uncha ko‘p emasligini e’tiborga
olish lozim.
Ko‘pincha Qur’oni karim va sunnada belgilangan qoidalarni
buzganlik uchun nazarda tutilgan jazolar yuridik sanksiyalarga asos
bo‘lgach, keyinchalik davlat tomonidan islom huquqiy ta’limoti
xulosalari asosida aniqlashtirilgan, to‘ldirilgan va hatto sezilarli darajada
o‘zgartirilgan. Masalan, huquqbuzarlikning ko‘rinishi bo‘lgan zinokorlik
uchun diniy jazo sifatida nafaqat tan jazosi, balki ayrim hollarda faqat
hadislarda keltirilgan toshbo‘ron qilib o‘ldirish ham qo‘llanilgan.
Qasddan odam o‘ldirishda, odatda o‘lim jazosi xun to‘lash bilan
almashtirilgan.
5
Islom aqidalari va diniy xulq-atvor, eng avvalo, Qur’on va sunnada
ifodalangan, islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari tomonidan talqin
qilinadigan qoidalardir. Musulmon huquqi nafaqat Qur’on va sunnada
mustahkamlab qo‘yilgan yoki huquqshunoslar tomonidan ijtihod asosida
amalga kiritilgan qoidalarning muayyan majmuini, balki amal qiluvchi va
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi normalarni ham qamrab oladi.
Ta’kidlash mumkinki, islom ijtimoiy-huquqiy tartibga solish
tizimining ilmiy-uslubiy, ma’rifiy konsepsiyalarini ishlab chiqish
musulmon huquqini tadqiq qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Professor L. Syukiyaynen uqtirganidek, «hozirgi vaqtda musulmon
huquqini o‘rganish huquq fanida asosiy o‘rinlardan birini egallashi lozim,
chunki musulmon huquqi tarixi va hozirgi holatini, uning siyosiy-
madaniy asoslari va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish islom mintaqasi
mamlakatlarida davlat va huquqning vujudga kelishi, evolutsiyasi va
holatining asosiy jihatlari va qonuniyatlarini hamda kelgusi rivojlanish
omillarini yanada chuqurroq yoritishga ko‘maklashadi»
1
.
Ushbu darslikda musulmon huquqining vujudga kelishi, rivojlanishi,
asosiy tushunchalari va tuzilmalari, qonuniyatlari va yo‘nalishlari
yoritilgan. Unda musulmon huquqining nazariy-uslubiy va tarixiy, ya’ni
umumiy qismiga alohida e’tibor berilgan. Undan musulmon huquqining
asosiy tarmoqlariga doir muammolar to‘g‘risidagi bahs-munozaralar ham
o‘rin olgan.
1
ɋɸɤɢɹɣɧɟɧ Ʌ.Ɋ. Ɇɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɨɟ ɩɪɚɜɨ. – Ɇ.,1986. – ɋ. 6.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |