69
hadisiga asoslanib chiqarilgan. Nasha mast qilish xususiyatiga egaligi
uchun ham xamr toifasiga kiritilgan va harom hisoblangan;
5) istihson. Bu tamoyil qiyos tufayli
chiqarilgan fikrdan muayyan
amaliy ehtiyoj tufayli chiqarilgan fikrning afzalligini nazarda tutgan.
Turlicha nomlangan ushbu tamoyilni huquqiy tafakkur maktablarining
ko‘plab ulamolari qo‘llaganlar. Biror narsani ishlab chiqarish va sotish
shartnomasining mazmunini sharhlashni istihsonga misol qilib keltirish
mumkin. Muhammad (s.a.v.)ning:
«Kimki oziq-ovqat sotmoqchi bo‘lsa, to
unga o‘zi egalik qilmaguncha, bu ishga kirishmasin», – degan o‘gitiga
asoslangan qiyosga ko‘ra, bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmagan.
Deylik, shartnoma tuzilayotgan vaqtda sotiladigan o‘sha narsa mavjud
bo‘lmaydi. Biroq bunday shartnomani barcha tan olishi va unga bo‘lgan
ehtiyojning tabiiyligi
hisobga olinib, qiyos asosidagi mazkur fatvo
majburiy emas, deb tan olingan. Bunday shartnomani tuzishga esa, afzal
ko‘rish (istihson) tamoyiliga asosan ruxsat etilgan, ya’ni qo‘lida
bo‘lmagan narsaning savdosiga ham ruxsat berilgan;
6) urf. Mahalliy urf-odatlar, agar ular islom qonunchiligi tamoyil-
lariga zid kelmasa, muayyan hududda musulmon huquqining manbai, deb
qabul qilingan. Masalan, nikohda kuyovning kelinga nikoh sovg‘asi
(mahr)ni berishi tartibining o‘rnatilishi urf-odatlarga asoslangan. Musul-
mon huquqiga asosan, mahr nikoh shartnomasining
bir qismi sifatida
kelishib olinadi, biroq uni to‘lashning vaqti aniq belgilanmaydi.
Misrliklar va boshqa ba’zi xalqlarning odatlariga ko‘ra, uning «muqad-
dam» deb atalgan bir qismi nikoh marosimidan oldin to‘lanishi,
«muahhar» deb nomlangan qolgan qismi esa, vafot etgan taqdirda, qaysi
birining avval sodir bo‘lishiga qarab, to‘lanishi lozim bo‘lgan
1
.
Odatning yana bir namunasi bu ijara yoki odam yollashdir. Islom
qonunchiligi sotilayotgan narsa to‘liq yetkazib berilmaguncha oluvchidan
tegishli narxni to‘lashni talab qilishni taqiqlaydi. Biroq, odatga ko‘ra,
ijarachi yoki yollovchi ijaraga berilgan joy yoki
narsadan foydalanishni
boshlagunga qadar kelishilgan muddat uchun ijara haqi olishi mumkin.
Bu kabi tizimga solish va tasniflash ko‘p jihatdan ijobiy hodisa
bo‘lsa-da, u guruhbozlik, mazhablar o‘rtasidagi tafovutlarning yanada
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shunday qilib, mazmunan bitta tamoyilni
ifodalovchi turlicha atamalar mazhablar o‘rtasidagi
ixtilof va
ziddiyatlarga sabab bo‘lgan. Masalan, Molikiylar Hanafiy mazhabining
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
ɒɚɥɨɛɢɣ ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ɇɭɫɬɚɮɨ. ɍɫɭɥ ɚɥ ɮɢԕԟ-ɚɥ ɢɫɥɨɦɢɣ. –
Ȼɚɣɪɭɬ- Ʌɢɜɚɧ, 1978.
70
istihsonini qabul qilmaganlar, biroq aynan shu tamoyilni «maslahati
mursala» atamasi bilan qo‘llagan. Shofi’iylar esa ikki atamani ham inkor
etib, «istis’hob» nomi bilan qo‘llaganlar.
Abbosiylar hukmronligi davrida fiqh kitoblarini
yaratish uchun
ma’lum shakl va tartiblar joriy qilingan. Bu tartib barchaga taalluqli
bo‘lib, undan hozirgacha foydalaniladi. Turli masalalar umumiy
sarlavhalar ostida ifodalansa-da, guruhlar va boblarga taqsimlangan.
Boblarning berilishidagi tartib ham hamma uchun bir xil bo‘lgan.
Mualliflar o‘zlarining fiqh kitoblarini iymondan keyin keluvchi to‘rt
ustun bilan boshlaganlar. Islom teologiyasiga oid kitoblarda «tahorat» va
«salot» (ibodat), «savm» (ro‘za) va «haj» kabi tushunchalarga oid
masalalar bayon etib bo‘lingach, nikoh, taloq, bay, undan keyin
boshqa
masalalarga o‘tilgan. Bu masalalar bilan to‘qnash kelganda, mazhab
ulamolari barcha mazhablarda qo‘llanilgan turli dalillarni keltirib, o‘z
mazhabi nuqtai nazarining to‘g‘riligini metodologik tomondan isbotlab,
mazhablarning dalillarini rad etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: