Referati reja: Ahlu-s-sunna va-l-jamoa iborasi. Ahlu-s-sunna va-l-jamoa aqidasi



Download 18,61 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi18,61 Kb.
#687555
TuriReferat
Bog'liq
5-mavzu

O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi ABDUSALOMOVA MARHABOning “Ahlu-s-sunna va-l-jamoa iborasining qo’llanish tarixi” mavzusida tayyorlagan


REFERATI

Reja:


  1. Ahlu-s-sunna va-l-jamoa iborasi.

  2. Ahlu-s-sunna va-l-jamoa aqidasi.

Ahli sunnat va jamoat” kimlar?

“Ahli sunnat va jamoat” atamasi “Musulmonlarning mutlaq ko`pchiligini tashkil qiluvchi va sunnati nabaviyaga amal qilib kelgan eng katta jamoa”, degan ma`nodadir!

Bu jamoa vakillarining bosh maqsadi—turli bid`at-xurofotlardan, shuningdek, yangi chiqqan oqim va firqalardan qattiq xazar qilmoq va ommani bundan ogoh yetib bormoqdir!

Ushbu atamani ayrimlar sahoba va tobe`inlar davridan keyin paydo bo`lgan, deb o`ylaydi. Bu to`g`ri emas. Aslida bu atama ilk bor buyuk sahoba, mufassirlar sultoni Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu tomonidan Qur`oni karimning “Oli Imron” surasi 106-oyatiga izoh berishda qo`llangan. Oyatning mazmuni quyidagicha: “Ba`zi yuzlar oqaradigan va ba`zi yuzlar qorayadigan kunni (qiyomatni) eslang: yuzi qorayganlarga (hujjat-isboti uchun shunday deyilur): “imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib ko`ring, endi!”. Ayni shu oyati karimadagi: تبيضّ وجوه و تسودّ وجوه – “oqaradigan yuzlar” bilan “qorayadigan yuzlar” iboralariga Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bunday izoh berganlar:

قَالَ: تَبْيَضُّ وُجُوهُ أَهْلِ السُّنَّةِ وَ الْجَمَاعَة وَ تَسْوَدُّ وُجُوهٌ أَهْلُ الْبِدَعِ وَالضَّلالَة

“Oqaradigan yuzlar” – bu ahli sunnat va jamoatdir, “qorayadigan yuzlar” esa bu bid`at va zalolat ahlidir!” (“Tafsiri ibn Abu Hotim”, 3/4000-4001).

Bu haqda “Tafsiri Jalolayn” sohiblaridan biri Imom Jaloluddin as-Suyutiy rahimahulloh o`zining “ad-Durr al-mansur” nomli yana bir tafsirlarida ham aytib o`tganlar (Suyutiy. Ad-Durr al-mansur // al-Maktabat ash-shomila. Isdori solis, 2006. – B. 2/291).

Ibn Kasir rahimahulloh ham o`zlarining tafsirlarida ushbu fikrni tasdiqlaganlar (Ibn Kasir. Tafsir al-Qur`on al-azim // al-Maktabat ash-shomila. Isdori solis, 2006. – B. 2/92).

Taniqli hadisshunos Ibn Hajar al-Asqaloniy rahimahulloh “Lison al-mizon”da ushbu gapni sahoba Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan ham rivoyat qilinganini aytib o`tgan (1/638).

Imom at-Termiziy rahimahulloh o`zlarining hadislar to`plami – “al-Jome` as-sunan”larida Alloh taoloning mutashobeh sifatlari keltirilgan hadisi shariflarning ma`nosini kayfiyatsiz, ya`ni qandayligini aytilmasdan bayon qilish lozimligini, Imom Molik, Sufyon ibn Uyayna va Abdulloh ibn al-Muborak rahimahumulloh kabilar shu fikrga kelganligini yozib qoldirganlar. Yana: هكذا قول أهل العلم من أهل السنة و الجماعة – “Ahli sunnat va jamoatdan iborat ahli ilmlarning gapi ham xuddi shunday!”, deganlar (Termiziy, 3/662).

Bulardan oldin Janobi Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o`zlarining hadisi shariflarida “ahli sunnat va jamoat” atamasini tilga olib, izohlab berganlar. Mazkur atamaning ikki tomoni, ikki qismi – jamoat va sunnat bo`lib, ular haqida quyidagilarni aytish mumkin.

Birinchi qism: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam firqalar haqidagi mashhur hadisi shariflarida aytib o`tganlar. Uni Imom Termiziy rahimahulloh rivoyat qilgan:

و ان بنى اسرائيل تفرقت على ثنتين و سبعين ملة و تفترق أمتى على ثلاث و سبعين ملة كلهم فى النار الا ملة واحدة قالوا و من هى يا رسول الله قال ما أنا عليه و أصحابى

“Albatta Bani Isroil (yahudiylar) yetmish ikki toifaga bo`linganlar. Mening ummatim esa yetmish uch firqaga bo`linadi. Ularning hammasi do`zaxdadir, faqat bitta toifa bundan mustasno”. Sahobalar: “Ular kimlar, ey Rasululloh?”, deb so`radilar. Ul zoti sharif: “ular men va sahobalarim ustida bo`lgan narsadadirlar!”—deb javob berdilar. (Termiziy, 5/2641; Hokim, 1/444; Tabaroniy, “al-Mo«jam as-sag`ir”, 2/724; Tabriziy, “Mishkot al-masobeh”, 1/171).

Mazkur hadisi sharifda najot topuvchi toifani: “Ular men va sahobalarim ustida bo`lgan narsadadirlar!”, deb ta`riflaganlar. Bu yerda Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va sahobai kiromlar e`tiqod qilgan sof aqida va sunnatdagi asl amaliyot haqida gap ketgan. Zotan, Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam sunnatlarini mahkam tutishni buyurganlar:

فعليكم بسنتى وسنة الخلفاء الراشدين المهديين تمسكوا بها وعضوا عليها بالنواجذ

“Bas, sizlar mening sunnatimni va to`g`ri yo`ldan borguvchi-to`g`ri yo`lga solguvchi xalifalarning sunnatini o`zingizga lozim tuting! Ularni mahkam ushlang va ularni oziq tishlaringiz bilan “tishlab” oling!” (Abu Dovud, 4/4609; Termiziy, 5/2676; Ibn Mojja, 1/42; Dorimiy, 1/96; Ahmad, 4/17184; Ibn Hibbon, 1/5; Hokim, 1/329; Tabaroniy, 18/618; Bayhaqiy, 10/20125; Bazzor, 2/4201; Tabriziy, “Mishkot al-masobeh”, 1/165).

Alloh subhonahu va taolo ham Qur`oni karimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini mahkam ushlashni alohida buyurgan:

و ما آتاكم الرسول فخذوه و ما نهاكم عنه فانتهوا

“Payg`ambar sizga nimani olib kelsa, uni olinglar va nimadan sizni qaytargan bo`lsa, bas, undan qaytinglar!” (Hashr, 7).

Ikkinchi qism: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuqorida aytib o`tilgan firqalar haqidagi hadisi shariflarida aytganlar. Imom Abu Dovud rahimahulloh mazkur hadisni bunday deb rivoyat qilgan:

ألا انّ من قبلكم من اهل الكتاب افترقوا على ثنتين و سبعين و انّ هذه الملة ستفترق على ثلاث و سبعين و ثنتان و سبعون فى النار و واحدة فى الجنة و هى الجماعة

“Ey, ogoh bo`linglar! Albatta sizdan oldingi ahli kitob yetmish ikkita firqaga bo`linib ketganlar. Albatta ushbu millat esa yaqinda yetmish uchta firqaga bo`linadi. Yetmish ikkitasi do`zaxda va bittasi jannatdadir. U jamoatdir!” (Abu Dovud, 4/4599).

Imom Ibn Mojja rahimahulloh rivoyatida esa matn quyidagicha:

ان بنى اسرائيل افترقت على احدى و سبعين فرقة و ان أمتى ستفترق على ثنتين و سبعين فرقة كلها فى النار الا واحدة و هى الجماعة

“Albatta Bani Isroil yetmish bitta firqaga bo`linib ketgan. Mening ummatim esa yetmish ikki firqaga bo`linadi, barchalari do`zaxdadir, faqat bittasi bundan mustasno. U jamoatdir!” (Ibn Moja, 2/3993). Buni “al-Mo«jam az-zavoid”da sahih deyilgan, shuningdek, uni Imom at-Tabaroniy rahimahulloh ham rivoyat qilganlar (Tabaroniy, 19/887).

Imom Ahmad rahimahulloh rivoyatida Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va vallam buni “Bular jamoatdir, jamoatdir!” deb ikki marta aytganlar (Ahmad, 3/12501).

Jamoatdan ajrab qolish oqibati ham sahih hadisi shariflarda o`z aksini topgan. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:

فانه من فارق الجماعة شبرا فمات الا مات مِيتة جاهلية

“Kimki jamoatdan bir qarich ajralsa, o`ladigan bo`lsa, faqatgina johiliyat o`limi ila vafot etadi!” (Buxoriy, 9/7054; Muslim, 3/1849).

Boshqa hadisi shariflarida esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:

فانه من فارق الجماعة قيد شبر فقد خلع ربقة الاسلام من عنقه الا ان يرجع

“Kimki jamoatdan bir qarich miqdori ajralsa, haqiqatda u o`z bo`ynidan islomning sirtmog`ini yechgan bo`ladi, faqat undan qaytsagina unday bo`lmaydi” (Termiziy, 5/2863; Abu Dovud, 4/4760; Bayhaqiy, 8/16391).

Har bir firqa oqim vakillari o`zlarini ahli sunnat va jamoat vakili deb biladi va o`zlarining gurhlaridan boshqalarni bundan ayrilganlar, deb biladi. Chunki, har qanday firqa va oqimning bir necha yuzlab, balki minglab va millionlab vakillari bo`lishi mumkin va bu o`ziga xos jamoatni yuzaga keltiradi, albatta. Bunday holatda, ularning gapining noto`g`ri ekanini qaerdan bilamiz?

Ahli sunnat va jamoat bu, aytganimizdek, musulmonlarning mutlaq ko`pchiligi bo`lganlarni va sunnatga amal qilib kelgan musulmonlarning eng katta jamoasini tashkil qiladi. Buni ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o`zlari aytib o`tganlar:

يد الله على الجماعة فاتبعوا السواد الأعظم

“Allohning “qudrati va nusrati” jamoat tepasidadir! Bas, savodi a`zamga (ya`ni, eng ulug` jamoaga) ergashing!” (Hokim, 1/391).

Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: عليكم بالسواد الأعظم – “Savodi a`zamni lozim tuting!”, deganlar. Bu hadisning roviylarini “Majma` az-zavoid”da ishonchli deyilgan (5/9097).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “savodi a`zam” deganda, eng ulug` va eng katta jamoani nazarda tutganlar, “savod” so`zi bu yerda “odam qorasi, odamlar jussasi” ma`nosidadir. Endi, ushbu eng ulug` va eng katta musulmonlar jamoasi kimlar ekan? Tabiiyki, sahobai kiromlar ham “savodi a`zam”ning kimligini so`raganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning javoblariga qarang:

من كان على ما أنا عليه و اصحابى من لم يمار فى دين الله و من لم يكفر أحدا من اهل التوحيد بذنب غفر له

“Ular men va sahobalarim tepasida bo`lgan e`tiqoddagi kimsalardir. Kim Allohning dini borasida tortishmasa, tavhid ahlidan bo`lgan kimsani mag`firat qilinadigan gunoh sababli kofirga chiqarmasa – ana o`shalardir!” (Tabaroniy, 8/7659).

Yuqorida o`tdiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “men va sahobalarim tepasida bo`lgan e`tiqoddagi kimsalar”ni firqalar haqidagi gaplarida aytib o`tib, ahli sunnat va jamoatdagi musulmonlar haqidagi ta`rifi sifatida keltirganlar. Sahobai kiromlar Rasululoh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga eng ko`p ergashgan va amal qilgan ummatning eng buyuk zotlari bo`lib, hech bir musulmonni kofirga chiqargan emaslar. Hatto o`sha davrda sahobalarni o`ldirib, qirib yuborgan va ularni kofirga chiqarib, ummati muhammadiyaning tafriqasiga sababchi bo`lgan xavorij va boshqa oqimlarni ham kofirga chiqargan emaslar.

Demak, ahli sunnat va jamoat bu asrlar davomida shakllanib, sayqal topib, musulmonlarning eng katta qismini tashkil qilib kelayotgan, islom ulamolarining mutlaq ko`pchiligi ergashgan musulmonlar jamoasidir. Ushbu ulamolarning hayoti va faoliyatiga e`tibor berilsa, ular ahli sunnat va jamoatdan boshqa alohida ko`rinish va xususiyatga ega bo`lmaganligi sababli “faloniy-pismadoniy” kabi oqim va firqalarga aslo mansub qilingan emaslar. Ana shunday jihatlarni e`tiborga olib, ahli sunnat va jamoatdan ayrilmaslik, an`anaviy islomda, ahli sunnat va jamoatning e`tirof qilingan an`anaviy to`rt mazhab—hanafiylik, molikiylik, shofe`iylik va hanbaiylikning birida mahkam va mustahkam turmoq lozim va lobuddir.



Alloh taolo bizlarni najot topuvchi jamoa – ahli sunnat va jamoatdan ayirmasin; oqibati dunyoda xorlik, oxiratda esa do`zax bo`ladigan har qanday firqa va oqimlardan o`zi asrasin!
Download 18,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish