Qozining hukmi bilan bo‘ladigan taloq. Yuqorida aytib o‘tilgan
ajralish turlaridan boshqa ba’zi holatlarda musulmon huquqi taloq qilishni
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȺΣɦɚɞ ɢɛɧ ɂɫɨ Ɉɲɭɪ. Ⱥɥ-ɮɢԕԟɭɥ ɦɭɹɫɫɚɪ ɮɢɥ ɦɭɨɦɚɥɨɬ (Ɏɭԕɚ-
ɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɛʆɣɢɱɚ ɟɧɝɢɥ ɮɢԕԟ). – Ȼɚɣɪɭɬ, 1996.
107
qozining hukmiga bergan. Abu Hanifa mazhabida erdagi jinsiy zaiflik
aybi sababli, er taloq qilmasa, qozi taloq qilish huquqiga ega. Abu
Hanifaning shogirdi imom Muhammad esa bunga qo‘shimcha tarzda, agar
er majnun, moxov yoxud peslik kasaliga chalingan bo‘lsa ham, qozi taloq
qilish huquqiga ega, degan. Lekin mazkur ayblar bilan ajratishning
quyidagi shartlari bor: a) ayol nikohdan avval bu ayblarni bilmasligi; b)
ayol qozidan ajratib qo‘yishni talab qilishi kerak.
Ammo boshqa mazhab vakillari qozi hukmi bilan taloq qilishning
chegarasini ancha kengaytirganlar. Masalan, er xotinni nafaqa bilan
ta’minlamasa, er xotinga qasddan zarar yetkazish niyatida yomon
muomala qilsa, er uzoq muddatga qamalgan holatlarda, xotin qoziga
ajratib qo‘yishni talab qilgan taqdirda qozi er nomidan taloqqa hukm
qilish huquqiga ega.
Xala’a sababli nikohning bekor bo‘lishi. Ayol o‘ziga berilgan
mahrni, uning miqdorini yoki undan ziyodrog‘ini eriga qaytarishi, berishi
evaziga nikohini bekor qilishi mumkin. Bu jarayon albatta qozining yoki
hokimning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Qozidan taloqni olib
berishini so‘rab kelgan ayolga eridan olgan mahrini tamomila qaytarishi
shart qilib qo‘yiladi. Qozining huzurida erga ayolning talabi bayon
qilinib, er rozi bo‘lsagina bergan mahri yoki uning miqdori qaytarilib
berilishi evaziga er o‘z xotiniga taloq beradi.
Lion tufayli nikohning bekor bo‘lishi. «Lion» arab tilidagi so‘z bo‘lib,
«la’natlash» degan ma’noni bildiradi. Qonun tilida lion erkak kishining
aql-hushi o‘zida bo‘lgan holatida o‘z nikohida bo‘lgan pok xotinini
boshqa erkak kishi bilan zino qilganlikda ayblashi, uni zinoga nisbat
beruvchi so‘zlar bilan haqorat qilishi (misol uchun xotinini «sen
fohishasan, zinokorsan», deya so‘kishi) yoki «sen tuqqan bola mendan
emas» deb haqorat qilishi er-xotinlikning tugatilishiga asos bo‘lishi
mumkin. Lionning huquqiy oqibatlari: birinchidan, lion sababli har ikkala
tomon ham had jazosidan qutulib qoladi; ikkinchidan, lion aytilgandan
so‘ng, o‘rtaga boin taloq tushib, qozi ularning o‘rtasini ajrim qilib, idda
muddati davomida ayolning nafaqasini erning zimmasiga yuklaydi;
uchinchidan, agar er o‘z ko‘rsatmasini lion bilan tasdiqlashdan bosh
tortsa, unga nisbatan tuhmat uchun belgilangan jazo qo‘llanadi, shundan
so‘ng er-xotinlikni qayta davom ettirish mumkin.
Idda muddati (ayol taloq qilingandan so‘ng yoki eri vafot etgandan
so‘ng, uning boshqa turmushga chiqishini man etuvchi ma’lum muddat).
Musulmon huquqida ayol uchun belgilangan iddaning bir qancha o‘ziga
xos tomonlari mavjud:
108
– eri vafot etgan yoki taloq qilingan ayolning o‘sha eridan homilasi
bor-yo‘qligini aniqlash. Agar homila mavjud bo‘lsa, bo‘lajak farzandning
nasabi – otasi ma’lum bo‘lgan hisoblanadi;
– vafot etgan erning hurmati, ya’ni bir necha yillik birgalikdagi
hayotning hurmati. Er vafot etgach, hech fursat o‘tmay boshqa turmush
qurish, avvalo, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hurmatsizlik bo‘lsa, so‘ngra
ayolning yengil tabiatli ekanligini bildiruvchi holatdir;
– taloq iddasida o‘tirgan ayol va taloq qilgan er uchun qilgan ishi
to‘g‘risida yaxshilab mulohaza yuritish, taloq qilish jahl ustida, arzimas
sababdan bo‘lgan bo‘lsa, qaytadan yarashib, birgalikda hayot kechirish
uchun berilgan qulay fursatdir. Shuning uchun iddada o‘tirgan ayollar,
idda muddatida eri bilan birga yashagan uydan chiqmasliklari va o‘z
navbatida erlari ham ularni chiqarib yubormasliklari kerak. Chunki Alloh
taolo «Taloq» surasining 1-oyatida: «...qachon sizlar (mo‘minlar
ayollaringizni) taloq qilsanglar... (to iddalari tugaguncha) ularni (o‘zlari
yashab turgan) uylaridan haydab chiqarmanglar va ular o‘zlari ham
chiqib ketmasinlar»,
–
deb buyurgan.
Iddaning shartlari. Musulmon huquqining sunniylik mazhabi
qoidalari to‘g‘risidagi asarlarda iddaning quyidagi shartlari bayon etilgan:
– agar iddada o‘tirgan ayol, idda ichida tug‘sa, tug‘ilgan farzandning
otasi avvalgi eri hisoblanadi;
– agar idda ichida er yoki xotin vafot qilsalar, idda raj’iy taloqdan
bo‘lgan taqdirda, er yoki xotin bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar.
Ammo idda boin taloqdan bo‘lsa, u vaqtda bir-birlaridan meros
ololmaydilar;
– idda vaqtida xotin boshqa erga chiqishi mumkin emas. Ammo er
kishi uchun uylanmaslik muddati tayinlanmagan, ya’ni xotini iddada
o‘tirgan bo‘lsa ham, eri uylanishi mumkin.
Bolalarning huquqlari. Bolalarning eng birinchi huquqi nasabining
aniq bo‘lishidir. Bolaning kelgusidagi barcha ishlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi haqi – uning nasabi – ota va onasining aniq bo‘lishidir.
Emmoqlik. Bu huquqqa ikki jihatga ko‘ra e’tibor qaratiladi.
Birinchidan, bolaga beriladigan nafaqa, ikkinchidan, ma’lum muddatda
bolaning hayoti uchun munosib ozuqa – ona sutining ta’minlanishi. Shu
talablar sababli emizishlik onaning vazifasi hisoblanadi. Zero, Qur’oni
karim «Baqara» surasining 233-oyatida: «Onalar bolalarini to‘la ikki yil
emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar
uchun. Ularni (ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning
zimmasidadir»,
–
deya ko‘rsatma berilgan.
109
Go‘dakni tarbiyaga olish. Farzand dunyoga kelishi bilan uni
tarbiyalash, muhofaza qilish lozim bo‘ladi. Islom dini bola tarbiyasiga
o‘ta mas’uliyat bilan yondashib, tarbiya jarayonini bir necha bosqichlarga
taqsimlagan va har qaysi bosqichda kim uning tarbiyasi bilan mashg‘ul
bo‘lishi zarurligini ko‘rsatgan.
Bolalar va qarindoshlar nafaqasi. Yuqorida bolalarning uch turli
haqlari – nasab, emmoq, himoya quchog‘ida bo‘lishlarni aytib o‘tdik.
To‘rtinchi haq – nafaqa haqi – bolani yedirish va kiyintirishdir. Bolaning
nafaqa huquqini yaxshiroq tushunish uchun avval ba’zi qarindoshlarning
ba’zi qarindoshlardagi nafaqa haqini biroz sharhlash lozim.
Islom normalariga ko‘ra, o‘ziga to‘q va bir kasbga ega kishi, biror
kasbni qilishga ojiz bo‘lgan qarindoshiga ham yordam qilishi zarur. Lekin
qaysi qarindoshlarga yordam qilish lozim deganda, ulamolar turli fikrlarni
bildirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |