Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Islomda «taloq» tushunchasi va turlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

7.2. Islomda «taloq» tushunchasi va turlari 
Nikohning tugatilishi (taloq instituti). Erkak tomonidan xotinni taloq 
qilish oqibatida nikohning tugatilishi musulmon huquqida eng keng 
tarqalgan. «Taloq» degan so‘z arabcha bo‘lib, «bog‘langan tugunni 
yechib yuborish, bo‘sh qo‘yish» degan ma’nolarni anglatadi. Musulmon 
huquqiga ko‘ra, taloq eru xotin o‘rtasidagi nikohning tugatilishi uchun 
shar’iy asos bo‘lib xizmat qiladi va ushbu huquq muomala layoqatiga ega 
bo‘lgan erkak kishilarga berilgan. Payg‘ambar (s.a.v.)ning: «Uchta 
narsaning hazili ham, jiddiysi ham e’tiborga olinadi: qulni ozod qildim, 
degan so‘z, nikohga oldim, degan so‘z, taloq qo‘ydim, degan so‘z», – 
degan fikrlariga binoan, Hanafiy mazhabidagi kishining o‘z xotiniga 
qarab, xoh mast holda, xoh hazillashib taloq qo‘ydim, deyishi bilan taloq 
tushadi. Majburlab ayttirilgan taloq lafzi borasida islom huquqshu-
noslarida ixtilof mavjud: Hanafiy olimlari «tushadi» desalar, jumhur 
ulamolar «tushmaydi», deganlar.  
Taloq keltirib chiqaradigan oqibatlar deganda, asosan taloq turiga 
qarab nikohni davom ettirish yoki bekor qilish hamda ayolning o‘z eridan 
meros olishi, «taloq» lafzi aytilgandan so‘nggi davrda ayol kishining 
nafaqasi tushuniladi. Ayol bir yoki ikki taloq qilingan vaqt mobaynida eri 
vafot qilsa, u eridan meros oladi. Uch taloq qilingan ayolning idda 
muddati davomida eri vafot etsa, musulmon huquqi ruxsat bergan ba’zi 
hollardagina ayol meros oladi. «Taloq» lafzi aytilgan davrdan boshlab, 
ayolning nikohi butunlay bekor bo‘lmagunicha, idda muddati davomida 
er o‘z xotinini iqtisodiy ta’minlashi shart.  
Nikohning fas’h bo‘lishi. Islomda er va xotinlik goho erning taloq 
huquqiga egaligi sababli, goho esa er-xotinlikni saqlab turgan nikohni 
buzish bilan bekor qilinadi. Nikohni buzib, ajralish faqihlar istilohida 
«fas’h», ya’ni mavjud bir sabab bilan taloq lafzi aytilmay, nikohning 
bekor qilinishi deyiladi. 
Taloq bilan fas’hning farqi. Er tomonidan aytilgan taloq lafzi er-
xotinlikning tugatilganini, har ikkalasi nikohdan oldingi holatga qayt-
ganini bildiradi. Taloq faqat sahih nikohdagina bo‘ladi. 
Fas’h esa keyin joriy qilingan qoida bo‘lib, nikohning davom 
etishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki o‘sha to‘sqinlik bartaraf etilgach, nikohni 


106
davom ettirish mumkinligidir. Fas’h ikki turli bo‘ladi: birinchisi,
nikohning qolishi aslo mumkin bo‘lmaydigan holat. Bu holatda nikohni 
buzish shart. Masalan, er yoki xotinning biri islom dinidan qasddan 
chiqishi yoki qaytishi; ikkinchisierning o‘z ayolini bir taloq qilib, uning 
boshqa turmushga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, «men senga 
yaqinlashmayman», deb qasam ichishi tufayli nikohning tugatilishi. 
Mazkur qasamga binoan, ayol arosatda qoldirilib, erning zulmi ostida 
qiynalib, yashashga majbur qilinadi. 
  Alloh taolo ayollarga nisbatan bunday zulmga chek qo‘yib, ichilgan 
qasam cheksiz muddatga amal qilishini to‘xtatib, unga ma’lum muddat 
belgiladi. Bu haqida «Baqara» surasining 226–227-oyatlarida: «Xotinla-
ridan qasam bilan yuz o‘girgan kishilar uchun to‘rt oy muhlat bor. Agar 
(shu muddat ichida xotinlariga) qaytsalar, joizdir. Zero, Alloh shubhasiz 
mag‘firatli, rahmatlidir. Va agar (taloq qilishni) qasd qilgan bo‘lsalar, 
bas albatta, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir», – deyilgan. Mazkur oyati 
karimaning mazmunidan islom olimlari quyidagi hukmlarni chiqarganlar: 
– Alloh nomini o‘rtaga qo‘yib ichilsagina, qasam shar’an qonuniy 
hisoblanadi; 
– «Iylo» – «xotinimga yaqinlashmayman», deb ichilgan qasamning 
eng kam muddati to‘rt oy bo‘lishi lozim; 
– qasam ichilsa-yu, lekin to‘rt oy muddat tugamay qasamiga 
pushaymon bo‘lib, xotini bilan yarashmoqni istasa, qasamiga musulmon 
huquqi bo‘yicha kafforat (jarima) berib, yarashishi mumkin. 
Qasamning kafforati uchun uni ichgan kishi quyidagi uchta ishdan 
bittasini ixtiyor qilib bajarishi shart: bir qulni ozod qilishi yoki o‘nta 
miskinni to‘yg‘azishi yoki o‘nta miskinga kiyim-kechak qilib berishi. 
Agar bu uchta amaldan birortasini ham qilishga qodir bo‘lmasa, uch kun 
ro‘za tutib berishi lozim
1
.
Abu Hanifa mazhabi qoidasiga asosan qasam ichgan kundan boshlab 
to‘rt oy muddat o‘tsa, er-xotin bir-biridan ajralgan hisoblanadi, «taloq 
qildim», deyilishi shart emas. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, har qaysi 
musulmon kishi og‘izdan chiqqan so‘zi uchun Alloh oldida mas’uldir. 
Demak, qaysi bir kishi xotiniga: «Senga yaqinlashmayman», – deb qasam 
ichsa, uning shar’iy hukmi yuqorida aytib o‘tilganidek bo‘ladi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish