124
Barcha fiqhiy adabiyotlarda mol-mulkini vadi’aga qo‘yib ketgan
shaxslarni
muvaddi’, saqlash uchun qabul qilib olgan
shaxsni mustavdi’
va vadi’a obyektini
vadi’at, deb atash qabul qilingan.
Omonatning shartlari. Islom mujtahidlari vadi’a institutini tashkil
qiluvchi quyidagi qoidalarni uqtirganlar:
1) eng avvalo, omonatda har ikkala tomonning roziligi, loaqal bitta
guvohning bo‘lishi, mustavdi’ga omonat predmeti hech bir to‘xtovsiz
o‘tishi zarur. Bunday bitimlar asosan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro
ishonchga asoslangani uchun og‘zaki tarzda tuziladi;
2) mustavdi’ning vadi’a predmetidan foydalanishga haqi yo‘q;
3) vadi’aga qo‘yilgan buyum birinchi talabdayoq mustavdi’
tomonidan qaytarilishi shart;
4) mustavdi’ qo‘lidagi omonat mulk, ashyo to‘g‘risida qayg‘urishi
shart. Mazkur ishdagi barcha xarajatlar mulk egasining zimmasida
bo‘ladi;
5) omonat predmetiga talofat
yetganda, mustavdi’ faqat ikki holatda-
gina javobgar bo‘ladi: birinchisi – beparvoligi, sovuqqonligi tufayli
omonatga zarar yetganda, ikkinchisi – omonat predmetini egasidan berux-
sat boshqa odamga berganda yoki o‘zi
foydalanib, talofat yetkazib qo‘y-
ganda.
Imom Abu Hanifa mustavdi’ omonat mulkni uchinchi bir shaxsga
saqlab turish uchun berib qo‘yishi ham mumkinligini ta’kidlagan.
Imomlar Shofi’iy va Molik esa mustavdi’ faqatgina mulk
egasining
ruxsati bilan boshqa shaxsga omonatni saqlash uchun berib qo‘ya oladi,
deganlar;
6) muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslarga omonat topshiril-
maydi;
7) musulmonga ham, zimmiy odamga ham berilishi mumkin bo‘lgan
omonat predmeti mustavdi’ning qo‘liga o‘tishi bilan shartnoma kuchga
kiradi.
Hanafiy mazhabi namoyandalarining fikriga ko‘ra, omonatdor shaxs
(omonat ishonib topshirilgan odam)ning aybisiz
omonat predmetiga ziyon
yetsa yoki u yo‘qolgan taqdirda, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Bir kishi yo‘lda
yoki boshqa joyda biror narsani yotgan holda ko‘rsa va uni o‘ziga mulk
qilib o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lsa, u talonchi (zo‘ravon, qaroqchi)
hukmida bo‘ladi. Buning ustiga, o‘sha narsa yoki mol o‘zlashtirilgandan
so‘ng, ziyon ko‘rsa yoki yo‘qolgan ashyo uchun uning aybi yoki
sovuqqon munosabat bo‘lmasa ham, javobgar bo‘ladi (to‘laydi). Ammo
egasiga bermoqchi bo‘lib olgan va egasi ma’lum bo‘lsa, haqiqiy omonat
125
bo‘ladi va uni egasiga topshirishi shart. Agar egasi noma’lum bo‘lsa, bu
ashyo «topilma» bo‘lib, topib olgan kishi qo‘lida u omonat hisoblanadi.
Topilmani topib olgan shaxs uni e’lon qiladi. Egasi chiqqunicha omonat
sifatida uni saqlaydi.
Bir odam chiqib, o‘z
moli ekanligini isbot qilsa, unga topshirish
lozim bo‘ladi. Bir odamning qo‘l ostida o‘zganing moli tasodifan talofat
ko‘rsa, agar molni egasining ruxsatisiz olgan bo‘lsa, har qanday holda
ham uni to‘laydi. Egasining ruxsati bilan olgan bo‘lsa, mol uning qo‘lida
omonat sifatida turgani bois, to‘lamaydi. Lekin savdo-sotiq ishlarida
boshqacha
yondashiladi, ya’ni narxi belgilab qo‘yilgan yoki og‘zaki
aytilgan bo‘lsa, to‘lov lozim bo‘ladi. Masalan, bir odam chinni idishlar
do‘konidan o‘zicha (beruxsat) bir kosa olsa va u qo‘lidan tushib sinsa,
uning haqini to‘lashi shart. Agarda egasining ruxsati bilan olib
ko‘rayotganda tasodifan tushib sinsa, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Agarda
kosa boshqa bir to‘p kosalarning ustiga tushib,
ular ham sinsa, keyingi
kosalarning to‘lovi lozim bo‘ladi. Lekin avvalgi bitta kosa omonat
bo‘lgani uchun baribir to‘lanmaydi. Ammo: «Bu kosa necha pul?», –
deganida, do‘konchi: «shuncha pul, ol», – degandan so‘ng, uni qo‘liga
olgach, yerga tushib sinsa, zomin bo‘ladi. Shuningdek, bir odam sharbat
ichayotganda, sharbatchining piyolasi qo‘lidan tushib sinsa, «oriyat»
(vaqtincha foydalaniladigan narsa) bo‘lgani bois, zomin bo‘lmaydi.
Lekin
ichuvchining o‘zi to‘g‘ri foydalanmagani sababli piyola sinsa, zomin
bo‘ladi. Ishora orqali berilgan ruxsat ham ochiq-oydin berilgan ruxsat
kabidir. Lekin ochiq-oydin taqiq bor ekan, ishora hisobga o‘tmaydi.
Vadi’a joiz aqdga (o‘zgaruvchan majburiyat) mansub bo‘lganligi
uchun taraflardan yolg‘iz birining xohishi bilan ham tugatilishi mumkin.
Tomonlardan birining o‘limi yoki aqldan ozishi bilan ham vadi’a darhol
bekor qilinadi. Muvaddi’ «omonat buyumni qaytarmadi», deb
mustavdi’ning ustidan da’vo bilan chiqqanda, mustavdi’dan guvoh
keltirish talab qilinadi. Agarda mustavdi’ omonat buyumni egasining
roziligi bilan boshqa bir shaxsga omonat uchun topshirib qo‘yganligini
ma’lum qilsa, unda guvohlarni keltirishi shart bo‘ladi. Imomlar Abu
Hanifa va Shofi’iy har ikki holatda ham qasam ichsa, kifoya qiladi,
deganlar.
Bitimlarning eng asosiy elementlari bu – «
aqd» va «
iyqo’»
hisoblanadi.
Aqd – ikki yo undan ortiq shaxsning o‘zaro kelishib, og‘zaki
yoki yozma holda o‘zlariga erkin majburiyatni olishlaridir.
Iyqo’ – bir tomonning talabi bilan tuziladigan bir tomonlama bitimdir.
O‘zga shaxslarning xohish-irodasi bunday bitimlarning tuzilishiga ta’sir
etmaydi. Iyqo’ga
taloq, nazr, qasam kiradi.