2) fay buyumlari. Mazkur buyumlarga harbiy yurishlar vaqtida,
urushsiz, tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan ashyolar kirgan. Ular asosan
ko‘char mulklar bo‘lib, bunday mulklar Qur’onning «Anfol» surasi 41-
oyatida shunday taqsimlab berilgan: «Agar Allohga va ajralish kunida –
ikki jamoa to‘qnashgan kunda, bandamiz (Muhammadga) nozil
qilganimiz (oyatlar va farishtalardan iborat) narsaga iymon keltirguvchi
bo‘lsangizlar, bilingizki, o‘lja qilib olgan narsangizning beshdan biri
Alloh uchun, payg‘ambar uchun va u zotning qarindosh-urug‘i, yetimlar,
miskinlar va musofirlar uchundir. Alloh hamma narsaga qodirdir»;
3) g‘animat buyumlari harbiy yurishlar vaqtida qo‘lga kiritilgan
o‘ljalar bo‘lib, ular asosan ko‘char mulklar bo‘lgan. Ular ishtirokchilar
orasida teng taqsimlangan. G‘animatga qo‘lga kiritilgan barcha narsalar –
jonsiz buyumlar, qullar, harbiy asirlar ham kiradi. G‘animatning beshdan
biri baytulmolga jo‘natilib, qolgan qismi barcha ishtirokchilar orasida
bo‘lingan. Arablar keyinchalik Saudiya hududidan chiqishgach, fath
qilgan yerlaridan ko‘char buyumlarni ko‘pincha g‘animat sifatida olib,
anfol qilib esa ko‘chmas mulklarni, asosan ekin maydonlarini egalarida
qoldirganlar. Ikkinchi xalifa Umar davrida Eron bosib olinganda, ekin
maydonlari va bog‘larga fotihlarni egalik qilishdan qaytarib, ularni o‘z
egalarida qoldirganlar.
Shia mazhabidagilarning fikriga ko‘ra, dushmanlardan qo‘lga
kiritilgan barcha mulklar: tashlandiq yerlar, buzilgan imoratlar, tog‘lar,
o‘rmonlar, daryolar, xullas, mag‘lub podshohlar mulkidagi barcha
narsalar musulmonlar imomi (rahbar)ning ixtiyoriga o‘tadi.
Luqota topilma. Ushbu guruhga har qanday topilma buyumlar,
topilgan bolalar, kishilar kiradi. Mazkur topilmalarni o‘zlashtirish uning
130
topilgan vaqti, joyiga bog‘liq. Deylik, o‘z shaxsiy tomorqasidan xazina
topib olgan shaxs uning egasi bo‘ladi. Ushbu xazinani o‘zgalar yeridan
qazib olish unga egalik huquqini bermaydi. Biror joydan topib olingan
buyum xususida ulamolarning fikriga ko‘ra, topilgan buyumni bir yil
davomida xalq orasida e’lon qilib turish shart. Ushbu muddat o‘tgandan
so‘ng egasi topilmasa, topib olgan odam uni o‘zlashtirishi mumkin.
O‘zlashtirish buyum yo‘qolgan vaqt bilan bog‘liq. Faqihlar bu borada
shunday holatlarni ham ko‘rib chiqqanlar. Agar buyum islomning kirib
kelishidan oldin yo‘qotilgan bo‘lsa-yu, so‘ng o‘sha buyumni o‘zga shaxs
islom dini qabul qilingandan so‘ng topib olgan bo‘lsa, uni o‘zlashtirishi
mumkin. Aksar ulamolarning fikricha, islom dini kirib kelgandan so‘ng
yo‘qolgan buyumni topib olgan shaxs uni o‘zlashtirishi mumkin emas. Bu
fikrni ular mulk huquqining shaxsda doim saqlanib qolishi bilan
asoslaydilar. Mulk egasi mulkini xohlagan vaqtida talab qilishi mumkin,
topilmani iste’mol qilib tugatgan, ishlatib yuborgan shaxs esa uni o‘z
mulki hisobidan to‘lagan.
Hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, shartnoma (bitim) ikki va undan
ortiq kishilarning o‘zaro kelishuvidir. Mazkur shartnoma muayyan
manfaat evaziga yoki hech bir evazsiz tuziladi. Islomda bitim predmeti
sanalishi uchun biror-bir harakatning bo‘lishi shart emas, balki unga
harakatsizlik yoki biror-bir harakatni sodir etishdan to‘xtash ham kiradi.
Musulmon huquqida nazr qilish (biror-bir xatti-harakatning oqibatiga
bog‘lab, Alloh nomi bilan ichilgan qasamga rioya qilish. Misol uchun
«O‘qishga kirsam, shu maskanga bir qo‘y atadim», – desa, o‘qishga
kirishi bilan unga atab bir qo‘y so‘yish yoki mazkur maskanga hadya
qilish vojib bo‘ladi) kabi bir tomonlama bitim, ichgan qasamiga ko‘ra, o‘z
mulkini sadaqa yoki vaqfga berib yuborish kabi bitim ham uchraydi.
Islomda bitimlar tomonlarning o‘zaro roziliklari asosida tuziladi.
Islom faqihlari bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlar xususida
ham to‘xtab o‘tganlar. Islomdagi majburiyat huquqi rim yoki boshqa
huquq tizimlaridan tamomila farq qiladi. Islomning majburiyat
ta’limotiga ko‘ra, insonning Allohning oldidagi majburiyati eng asosiy
majburiyat hisoblanadi. Fuqarolik majburiyatlari ikkinchi o‘rinda turadi.
Musulmon huquqiga ko‘ra, majburiyatlar cheklanmagan va cheklanganga
ajratiladi.
Cheklanmagan majburiyatlar, garchi qonun bilan
belgilanmagan bo‘lsa-da, kishilar ularni bajarishga majburdirlar. Misol
uchun halokatga uchrayotgan shaxsga yordam ko‘rsatish, kambag‘allarga
moddiy va ma’naviy yordam berish kabilar. Cheklangan majburiyatlarga
qonun bilan belgilangan majburiyatlar kiradi. Bu majburiyatlar, o‘z
131
navbatida, ikki tur: haqqulloh (ya’ni insonning Alloh oldidagi majbu-
riyatlari) va haqqunnos (shaxsning fuqarolik bitimlaridan kelib chiqadi-
gan, o‘zgalar oldidagi majburiyatlari)ga ajratiladi.
Shartnomaning predmeti. Islom olimlarining fikriga ko‘ra, shartnoma
predmeti, eng avvalo, birovga erkin o‘tish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Havodagi qush, cho‘kkan kema, arqonini uzib qochgan chorva moli
shartnomaning predmeti bo‘la olmaydi. Shartnoma predmeti muayyan,
aniq narsa bo‘lib, tomonlar u haqida yetarlicha ma’lumot olishlari kerak.
Shartnoma predmeti asosan naqd bo‘lishi, shuningdek shartnomaning
predmeti va maqsadi musulmon huquqi nuqtai nazaridan ruxsat etilgan
bo‘lishi kerak.
Shartnomaning shartlari. Eng avvalo, tomonlarning roziliklari va
xohishlarini erkin bildirishlariga monelik qilinmasligi lozim. Majburlov
ostida yuzaga kelgan bitim noqonuniy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |