Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


Islomda jazo va uning turlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

9.2. Islomda jazo va uning turlari 
Jinoyatlar ularga belgilangan jazolardan kelib chiqib, quyidagi 
turlarga bo‘linadi: a) hudud; b) qasos; d) diya; f) ta’zir. 
Birinchi tur – hudud jinoyatlari bo‘lib, bunday jinoyatlarga had 
jazolari belgilanadi, u Alloh haqi uchun beriladigan jazolardir. Had jazosi 
muayyan belgilangan jazo bo‘lib, uning quyi yoki yuqorisi bo‘lmaydi. 
Alloh haqining ma’nosi belgilangan jazodan hech bir shaxs yoki jamoat 
ozod etilmasligidir. Ushbu jinoyatlar jamiyat qoidalariga xilof 
bo‘lganidan jazo Alloh haqini bajarish uchun beriladi. Had jinoyatlari 
aniq belgilangan bo‘lib, ular zino, yolg‘on guvohlik berish, mast qiluvchi 
ichimlik iste’moli, o‘g‘rilik, qaroqchilik, dindan chiqish, qo‘zg‘olon 
ko‘tarishdir. Ushbu jinoyatlarga beriladigan jazolar had jazolari, deb 
ataladi. Har qaysi jinoyatning jazosi farqlanishi uchun ular zino hadi, 
ichkilik hadi va boshqalarga bo‘linadi. 
Ikkinchi tur – qasos jinoyatlari bo‘lib, ular qasos yoki diya 
jinoyatlariga mustahiq, deyiladi. Qasos va diya jinoyatlari had jazolari 
kabi aniq belgilangan bo‘lib, shaxs haqi uchun bajariladi. Shaxs haqida 
jabrlanuvchiga (agar u hayot bo‘lmasa, uning qarindoshlariga) 
jinoyatchini afv etish huquqi beriladi. Bunday holda jinoyatchi jazodan 
ozod etiladi.  
Qasos va diya jazolari besh  xil bo‘ladi: qasddan odam o‘ldirish; 
qasdga o‘xshash; xatolik orqasidan yuz bergan qotillik; qasddan 
keltirilgan zarar; xatolik orqasidan qilingan jinoyat. 
Uchinchi tur – ta’zir jinoyatlari bo‘lib, bunday jinoyatlar uchun ta’zir 
uqubatlari belgilangandir. Ta’zir uqubatlarining ma’nosi odobga chaqirish 
bo‘lib, u qozining hukmi bilan amalga oshiriladi. Ta’zir jinoyatlari uchun 
aniq jazolar belgilangan bo‘lmay, yengil yoki og‘ir uqubatlar bilan 
jazolash mumkin bo‘lgan. Bunda, albatta, jinoyatlarning tafsilotlarini aniq 
o‘rganib chiqish talab qilingan. Ta’zir jinoyatlari ribo, g‘iybatchilik, 
poraxo‘rlik va shunga o‘xshagan jinoyatlardan iborat. 


135
Had, qasos va diya jinoyatlarining ta’zir jinoyatlaridan farqi shuki
ularga hukmlar aniq, yozma belgilangan bo‘lib, o‘zgartirmay ijro etiladi. 
Ta’zir jinoyatlariga hukm chiqaruvchi qozidir. U jinoyat uchun jazo 
belgilayotganda, jamiyatdagi ahvolni ham hisobga oladi. Jamiyatdagi 
ahvol deganda, uning kechagi hayoti bilan bugungisi o‘rtasida farq bo‘lsa, 
uni e’tiborga olish ko‘zda tutiladi. 
Jinoyatlarning had, qasos, diya, ta’zir kabilarga bo‘lish quyidagi 
sabablarga asoslangan: 
– birinchidan, afv etish masalasi bo‘lib, had jinoyatlari afv 
etilmaydigan jinoyatlar hisoblanadi. Bunday jinoyatni sodir etgan kimsani 
jabrlanuvchi ham, hakam ham jazodan ozod etolmaydi. Ulardan biri afv 
etgan taqdirda ham, uning afv hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi. Qasos 
jinoyatlarida esa jinoyatchini uqubatdan faqat jabrlanuvchi, agar u hayot 
bo‘lmasa, uning qarindoshlari ozod etadilar. Ushbu jinoyatda jabrlanuvchi 
olamdan o‘tsa-yu, uning yaqinlari bo‘lmasa, u holda davlat hokimi 
jinoyatchini jazodan ozod etish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’zir jinoyatlarida 
afv etish huquqi qozi kalonga beriladi. Ammo undan jabrlanuvchining 
haqiga to‘liq rioya etgan holda afv etish talab qilinadi; 
– ikkinchidan, qozining hudud jinoyatlaridagi huquqi. Hudud 
jinoyatlari sodir etilganda, jazolar qozi tarafidan musulmon huquqida 
belgilanganidek, nuqsonsiz berilishi lozim bo‘ladi. Qozining hudud 
jinoyatlari jazolarini kechiktirishi mumkin emas. Uning hudud masala-
laridagi huquqi juda cheklangan bo‘ladi. Qasos jinoyatlari bo‘yicha ham 
qozi cheklangan huquqqa ega bo‘ladi. Agar jinoyatchi jabrlanuvchi 
tarafidan afv etilsa, qozi unga diya jazosini belgilaydi. Jinoyatchi dildan 
ham afv etilsa, qozi unga ta’zir jazosini belgilaydi. Bunday jazoda esa 
unga katta huquq berilgan bo‘ladi. 
Ta’zir jinoyatlarida qoziga katta huquq berilgan. U o‘z hukmi bilan 
jazo turlarini belgilaydi. Uning og‘ir yoki yengil bo‘lishini ham ko‘rsatib 
beradi. Jinoyatchini ozod etish ham uning hukmida bo‘ladi; 
– uchinchidan, yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olish. Hudud, 
qasos, diya jinoyatlarida yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmaydi. 
Ularga beriladigan jazolar muqarrar bo‘lib, ko‘rsatilgan hech qanday 
sabablar inobatga olinmaydi. Ammo ta’zir jinoyatlarida yengillashtiruvchi 
holatlar mavjud bo‘lib, qozidan yengilroq jazoni tanlash talab qilinadi; 
– to‘rtinchidan, jinoyatning isboti masalasi. Musulmon huquqida 
hudud, qasos jinoyatlarining isboti uchun muayyan guvohlar talab 
qilinadi. Masalan, zino jinoyati uchun to‘rtta guvohni shahodat qilish 


136
talab qilinadi. Boshqa turdagi jinoyatlar uchun ikkita guvoh talab etiladi. 
Ta’zir jinoyatlarida esa bitta guvohning shahodati ham joiz, deb qaraladi. 
Jinoyatlar maqsadiga ko‘ra, qasddan  va  ehtiyotsizlik  natijasida sodir 
etilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar deganda
jinoyatchining bir amalni bajarish mumkin emasligini bila turib, uni 
bajarishi tushuniladi. Ushbu nisbat jinoyatning umumiy sifati, deb 
qaraladi. Endi uning xususiy jihatiga qaralsa, jinoyatchi bajaradigan 
amalining natijasini oldindan belgilab olishidir. Bunday umumiy va 
xususiy jihatlar e’tiborga olinadigan jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat, 
deb ko‘rsatiladi. 
Agar jinoyatchi jinoyatining natijasini oldindan belgilab olmagan 
bo‘lsa, shubhali qasd, deb yuritiladi.  
Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyatga uni sodir etgan shaxs 
taqiqlangan amalni bajarishni niyat qilmagan, balki xatolik yuzasidan 
sodir etgan, deb yuritiladi. Xatolik ikki turga bo‘linadi: 
 jinoyatchi bir ishni bajarayotgan bo‘lib, bu ish tufayli jinoyat sodir 
etishi. Masalan, bir kishi yo‘lni toshlardan tozalayotib, ularni to‘g‘ri 
kelgan tomonlarga otayotganda, bir tosh bir odamga tegib, uni o‘ldirib 
qo‘ysa yoki ovchi mo‘ljalni noto‘g‘ri olib, bir kishini nobud qilsa, mazkur 
amallar xatolik yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar, deb hisoblangan; 
 kishining hech bir ishni oxirigacha bajarmay, ehtiyotsizlik oqiba-
tida jinoyat sodir etishi. Masalan, bir kishi quduq qazib, uning yon-
atrofini to‘sib qo‘ymay, tashlab ketsa va boshqa kishining unga tushib, 
cho‘kishi natijasida o‘lishi. 
Ushbu bo‘linishdan maqsad jinoyatchiga jazo belgilash uchundir. 
Agar jinoyatning qasddan bajarilganligini isbotlashga dalillar yetishmasa, 
jinoyatchi jazodan ozod etiladi. Jinoyatchi jinoyatni ehtiyotsizligi tufayli 
sodir etgan bo‘lsa, u jazoni faqat ehtiyotsizlik qilgani uchun oladi. 
Qasddan sodir etilgan jinoyat qasdsiz jinoyatdan tubdan farq qilib, ba’zi 
vaqtda kishi qasdsiz jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jazodan umuman xalos 
qilinmasligi ham mumkin. 
Jinoyatlar sodir etilgan vaqtiga qarab, ochiq, noaniq va mujmal 
jinoyatlarga bo‘linadi. Agarda jinoyat sodir etilganiga ko‘p vaqt 
o‘tmagan, shuningdek uni aniq ko‘rgan guvohlar mavjud bo‘lsa, mazkur 
hodisa ochiq, aniq jinoyat, deb yuritiladi. 
Jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlari aniq bo‘lmasa, noaniq jinoyatlar, 
deyiladi. Ushbu ajratish musulmon huquqida ikki maqsadni ko‘zda tutadi: 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish