Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Islom davlatlarining huquqiy tizimi, amaldagi qonunchiligi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

11.2. Islom davlatlarining huquqiy tizimi, amaldagi qonunchiligi 
 va ularning musulmon manbalari bilan nisbati 
Hozirgi kunda musulmon huquqi zikr etilgan mamlakatlarning 
birortasida ham amal qiladigan yagona huquq maqomida emas. Faqat XX 
asrning 20-yillarida xalifalikning rasmiy ravishda bekor qilingani tufayli 
Turkiyada musulmon huquqi barcha tarmoqlarda (jumladan, oila-nikoh 
munosabatlarini mutanosiblashtirishda ham) G‘arbiy Yevropadan 
o‘zlashtirilgan qonunchilik bilan almashtirildi. 
Bevosita amaldagi musulmon huquqi miqyosini, shuningdek uning 
qonun chiqarishga nisbatan ta’sir darajasini asos qilib, islom mamlakatlari 
hozirgi huquqiy tizimining quyidagi tasnifini keltirish mumkin. Birinchi 
guruhni  musulmon huquqi keng qo‘llanib kelinayotgan Saudiya 
Arabistoni, Ummon va Eron huquqiy tizimlari tashkil etadi. Uning 
normalari va tamoyillari, eng avvalo, mazkur mamlakatlardagi 
konstitutsiyaviy va shakllangan boshqaruv tizimiga chuqur ta’sir etadi. 
Masalan, Saudiya Arabistonida davlat boshlig‘i – qirol hokimiyatni 
ravishda meros sifatida olmaydi, balki u nufuzli diniy arboblar va 
hukmron sulola vakillarining rasmiy saylovidan so‘ng taxtga o‘tiradi. 
Rasmiy ravishda u qonun chiqarish vakolatiga ega emas. Bu vazifani, 
ya’ni Qur’on va sunnada ifodasini topmagan masalalar to‘g‘risida 
normativ-huquqiy hujjatlar chiqarishni, basharti ular Hanbaliy 
mazhabining asosiy tamoyillariga muvofiq kelsa, Vazirlar Kengashi 
amalga oshiradi (bunday hujjatlar qonunlar deb emas, balki «nizomlar» – 


156
qarorlar deb ataladi). Qirol eng muhim qarorlarni «maslahat» tamoyiliga 
qat’iy rioya qilgan holda, Saudlar urug‘-jamoasining obro‘li a’zolari, 
davlatning yirik olimlari, katta qabilalarning shayxlari, asosiy 
viloyatlarning boshliqlari bilan kengashib, qabul qiladi.  
Bugun musulmon huquqiy nazariyasi Erondagi boshqarish tizimiga 
chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir asosan shoh rejimi qulaganidan 
so‘ng, ya’ni 1979-yildan sezila boshladi. Mamlakatning 1979-yilning 
noyabrida qabul qilingan yangi konstitutsiyasi shia huquqshunoslarining 
faol ishtiroki bilan tayyorlandi. Konstitutsiyaning 1-moddasida: «Eronda 
boshqarish shakli – islom respublikasidir», – deb e’lon qilindi. Shia 
huquqiy nazariyasining ta’siri yangi tuzilma – Konstitutsiyada umrbod 
rahbar – faqih qo‘lida oliy davlat va oliy hokimiyatni tutib turuvchi 
mansabning ta’sis etilishida ko‘rinadi. 5-moddada mamlakat boshqaruvi 
hamma narsadan voqif, xalq tan olgan faqih zimmasida ekanligi qayd 
etilgan. Garchi Eron davlat boshqaruvining shakli tashqi jihatdan 
Parlament va Prezident Respublikasi xususiyatlarini birlashtirsa ham, 
amaldagi siyosiy tuzum hokimiyatning haqiqiy jilovini shia ruhoniylari 
qo‘lida to‘pladi. Faqih tomonidan tayinlanadigan, tarkibi 12 kishidan 
iborat kengash a’zolarining yarmi shia huquqshunoslaridir. Faqih 
majlisning (parlament) faoliyatini, shuningdek ular tomonidan qabul 
qilinadigan qonunlarni Konstitutsiyaga, ayni paytda islom tamoyillariga 
ham muvofiq kelishini nazorat qiladi. 
Zikr etilgan mamlakatlarda musulmon huquqi amaldagi huquqning 
boshqa tarmoqlarida ham muhim mavqega ega. Bu konstitutsiya 
mazmunida ham o‘zining tasdig‘ini topgan. Eron Konstitutsiyasi barcha 
qabul qilinadigan qonunlarning musulmon huquqiga mutanosib bo‘lishini 
mustahkamlaydi (Saudiyaning 1926-yildagi asosiy qonuni ham 
davlatning normativ hujjatlari musulmon huquqi tamoyillariga muvofiq 
kelishini nazarda tutgan edi). Ushbu qoidaga amal qilinib, u yoki bu 
mazhabning (Hanbaliylar – Saudiya Arabistonida va Ja’fariylar – Eronda) 
umumiy tamoyillari va muayyan normalarini mustahkamlashga yo‘nalgan 
qonunlar chiqarilgan. Chunonchi, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida 
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va jinsiy buzuqlik uchun jazo tayinlash 
to‘g‘risidagi qonunchilik amal qiladi. Shuningdek, bu mamlakatda 
qasddan qotillik sodir etganlik uchun qon to‘lovi (diya 45 ming rialga 
teng) rasmiy ravishda belgilangan. O‘g‘rilik uchun qo‘lni chopib 
tashlashdek had jazosi ham saqlanib qolgan. Ayni paytda bunday jazo 
hatto 2001-yilning boshlarida ham amalda qo‘llanilgan. 


157
Shaxsiy maqom borasida musulmon huquqi umuman an’anaviy tusda 
amal qilib kelmoqda. Bu sudlov tamoyillariga, 1975-yilda qonunlar bilan 
mustahkamlangan jarayonga ham taalluqlidir. Basharti, Saudiya 
Arabistonida musulmon huquqi hech qachon huquqning manbai sifatidagi 
imtiyozli mavqeini yo‘qotmagan bo‘lsa-da, Eronda esa u yetakchi o‘rinni 
faqat shoh tuzumi qulatilganidan so‘ng, respublika rahbariyatining 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, xullas, barcha jabhalarini, hatto 
fuqarolarning shaxsiy manfaatlari sohalarini ham islomlashtirishga 
qaratilgan siyosati tufayli egalladi. Mazkur fikrni tasdiqlash uchun 
nafaqat huquqiy, balki axloqiy, jumladan, musulmonlarga kiyim-kechak, 
bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlari to‘g‘risida belgilangan normalarni 
buzganliklari uchun ba’zida ayovsiz jazolar tizimi joriy qilinganini eslash 
kifoyadir. Mavjud tuzumga salbiy munosabatlari tufayli tahdid 
uyg‘otayotganlar ta’qib ostiga olinadi. Bundan tashqari, 1981-yilning 
aprelidan qasos to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi, u musulmon huquqida 
jinoiy jazolarning murosasiz tizimini nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash 
zarurki, Eron va Saudiya Arabistonida musulmon nazorati va nozirlik 
«hisba»si degan maxsus muassasalar faoliyat ko‘rsatib, ular tijorat, 
jamoat yoki axloq qoidalarini buzganlik uchun jazo tayinlash vazifasini 
bajaradi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish