148
Guvohlik ko‘rsatmalarining haqqoniyligi guvohga qo‘yilgan quyidagi
talablarga ko‘ra aniqlanadi: musulmon bo‘lish, bid’atchi bo‘lmaslik,
aqlan
sog‘lom bo‘lish, huquqiy layoqatga ega bo‘lish, obro‘-e’tiborga ega
bo‘lish; zarurat tug‘ilganda, qozining surishtiruv ishlarini o‘tkazishi. Ayni
paytda fiqh, agarda qotillik yoki tan jarohati yetkazish to‘g‘risidagi ish
ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, guvoh sifatida jinsiy yetuk bo‘lmagan o‘g‘il
bolalarning ham jalb etilishiga yo‘l qo‘yadi. Sudda ikki erkak shaxsning
qasam ichmasdan bergan ko‘rsatmalari, odatda, qonuniy dalil hisoblanadi.
Ayollarning guvohlik ko‘rsatmalari ularga aloqador alohida ishlar
(masalan, tug‘ruq to‘g‘risida)ni ko‘rib chiqishda inobatga olinadi. Oila
mulki to‘g‘risidagi ishlarda bir erkak guvoh
ikkita ayol guvoh bilan
almashtirilishi mumkin (oila huquqiga kelsak, bunday holatga faqat
Hanafiy mazhabida ruxsat berilishi mumkin).
Guvohlik ko‘rsatmalarining uch turi mavjud:
bevosita, bilvosita va
barchaga ma’lum bo‘lgan guvohlik ko‘rsatmalari (ilgari bo‘lib o‘tgan
faktlarga nisbatan). Ziddiyatli holatlar yuzaga kelganda, ko‘rsatmalarning
birinchi turi ustunlik qiladi.
Da’vo qiluvchi bir erkak yoki ikkita ayol guvohni keltirgan taqdirda,
qasam qo‘llanadi va u dalilni to‘ldiradi. Qasam yana boshqa ishonarli
dalillar mavjud bo‘lmaganda, tugal
dalil hisoblanib, ont sifatida
qo‘llanishi mumkin. Bunda javobgardan ont ichish talab qilinadi yoki arz
qiluvchiga qasam ichish taklif etiladi.
Musulmon huquqidagi yozma hujjatlarning isbotlash kuchi to‘g‘ri-
sidagi manbalar musulmon huquqiy tizimining nazariyasi va amaliyoti
o‘rtasida ziddiyat mavjudligini ko‘rsatadi. Ruh va hatto o‘zining o‘tmish
qoldiqlariga o‘ralib qolgan pozitiv huquq
belgilarining ahamiyati
nisbiyligini ko‘rsatadi. Musulmon huquq tizimi rivojining ilk bosqichida
sudlov faoliyati faqat og‘zaki guvohlik ko‘rsatmalari bilan cheklangan
edi. Biroq, qonunga asoslanib dalillarni ko‘rib chiqish jarayoni ularni har
qanday huquqiy hujjatning ajralmas atributi (sifati) bo‘lgan
yozma
hujjatlarning ahamiyatiga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatdi. Fiqh esa yozma
dalillarni inkor etishda davom etaverdi, biroq xizmatchi guvohlar
jamoat
notariuslari vazifalarini amalga oshiradigan bo‘ldilar. Shu tariqa sud
jarayoni og‘zaki shakldan yozmaga o‘tdi, adullar sud kotiblariga
aylandilar. Ular o‘zlari yozib borgan har bir javob yoki shikoyat bo‘yicha
hujjat taqdim etilishi faktlari va qozi chiqargan qarorlardan bayonnoma
matnini ishlab chiqardilar. Qozi mazkur bayonnomani tasdiqlab berishi,
unga maxsus guvohnoma qo‘shib qo‘yishi zarur hisoblangan. Hujjat
149
yozilib, rasmiylashtirilgach, hattoki boshqa viloyatlarning qozilariga ham
uning mazmunini o‘zgartirishga ruxsat berilmagan.
Islom sud faoliyatida «Musulmon shaxsning xatti-harakatlari asosan
to‘g‘rilikka asoslangan», degan qarash ustunlik qiladi. Ushbu fikrga
ko‘ra, dalil va ashyolar ko‘rsatilmaguncha, gumondor o‘z
aybiga iqror
bo‘lmaguncha, guvohlar guvohlik bermaguncha qozi hech kimdan gumon
qilmaydi, biror-bir harakatni jinoiy sanab, unga nisbatan ayb qo‘ymaydi.
Musulmon huquqida qozining huzuriga kelgan yoki keltirilgan
tomonning biridan o‘z so‘ziga to‘rtta guvoh keltirishi talab qilinsa,
ikkinchi tomonning esa garchi hech guvohi bo‘lmagan holda ham, adolat
yuzasidan, qasam ichib aytgan so‘zlari e’tiborga olinadi.
Sud faoliyatida isbotning uchta turi mavjud: a)
iqror; b)
guvohlik;
d)
qasam.
Iqror – tan olish bo‘lib, gumondor o‘z
aybiga guvohlar ishtirokida
uch marotaba iqror bo‘lmagunicha, unga nisbatan chora qo‘llanilmaydi.
Masalan, Muhammad (s.a.v.)ning davrida bir ayol huzuriga kelib, zino
qilganiga iqror bo‘lgan, mazkur ayol uch bora o‘z aybiga iqror bo‘lga-
nidan so‘ng, unga nisbatan chora ko‘rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: