Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonlik allomalarning musulmon jinoyat huquqining rivojiga
hissa qo‘shgan asarlari haqida gapiring.
2. Musulmon jinoyat huquqining o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring.
3. Islomda jazo va uning turlarini tushuntirib bering.
4. «Ta’zir» tushunchasi va turlarini ayting.
143
TO‘RTINCHI BO‘LIM
10-BOB. MUSULMON SUD HUQUQI
10.1. «Musulmon sud huquqi» tushunchasi
Musulmon huquqi to‘g‘risidagi asosiy adabiyotlarda sud huquqining
ma’nosi qazo (qozilik) haqidagi boblarda yoritib berilgan. Arab tilidagi
«qazo» so‘zi tayin qilish, hal qilish degan ma’nolarni ifodalab, mazkur
fe’l (harakat)ning bajaruvchisi «qozi» (tayin qiluvchi, hal qiluvchi), deb
nomlanadi. «Qozi» ham arabcha so‘z bo‘lib, «qazo» fe’li (amali)ning foili
(ya’ni ish bajaruvchisi, harakatni sodir qiluvchisi)dir. «Qazo» so‘zining
bir qancha lug‘aviy ma’nolari bo‘lib, hukm, ado qilish, nihoyasiga
yetkazish, komiliga yetkazish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Uni qo‘llash
borasida to‘rt mazhab ulamolari turlicha yondashganlar.
Hanafiylarning ta’rifiga ko‘ra, qazo bu – insonlar orasida haq bilan
hukm qilish.
Molikiy mazhabining tarafdorlari esa, qazo – majbur qilib qo‘yish
yo‘li orqali shar’iy hukmni bildirish, deganlar.
Shofi’iy mazhabining tarafdorlari qazo – voqelikda shar’iy hukmning
qozi bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshirilishidir, deganlar.
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, qazo – shar’iy hukmni va uning majburiy
bo‘lib qolganligini va muayyan bir nizoga aniqlik, oydinlik kiritilganini
bayon qilishdir.
Ulamolar qazo – hukm chiqarishning asosiy shartlari haqida ko‘plab
fikrlarni bildirganlar. Hanafiy mazhabining olimi ibn Obiddin qazo
qonuniy bo‘lishi uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi shart, deb ko‘rsatgan:
– birinchidan, qozining shaxsan mavjudligi (gohida hokim ham deb
yuritiladi);
– ikkinchidan, hukm chiqarilishi uchun sabab bo‘lgan voqea;
– uchinchidan, hukmni kutib turgan shaxs yoki jamoat;
– to‘rtinchidan, musulmon huquqiga muvofiq, hukmni qabul qilish,
o‘z navbatida, to‘rt maqsadni nazarda tutish:
a) Allohning haqi – zino yoki xamr (mast qiluvchi ichimlik)
ichganligi uchun had urishlik;
b) bandaning haqi – mol-mulkiga ega bo‘lish;
d) Alloh va bandaning haqlari birga, lekin Allohning haqi ustun
bo‘lgani bois, keskin chora ko‘rish, masalan, o‘g‘rilik uchun qo‘l
kesilishi;
144
f) Alloh va bandaning haqi birga, lekin bandaning haqi ko‘proq
bo‘lgani bois, banda tomonidan istasa, yengilroq jazo berilishi mumkin
bo‘lgan jinoyat turi – qasos yoki tuhmat uchun jazo;
– beshinchidan, isbot yo‘llari.
Ushbu o‘rinda qozining qarori va fatvo o‘rtasidagi farq to‘g‘risida
mufassal to‘xtalish o‘rinlidir.
Hukm chiqarish bilan fatvo shar’iy xabarni bildirish bir-biriga
o‘xshab ketsa ham, quyidagi farqlar mavjud.
Fatvo uni talab qilganlar yoki talab qilmaganlarga umumiy bajarilishi
shart bo‘lgan shar’iy qarordir. Qozining qarori esa muayyan masala
yuzasidan chiqqan bo‘lsa, o‘sha voqea ishtirokchilariga tegishli, xolos.
Fatvoga amal qilishda uni so‘rovchilar mazkur javob shar’iy dalilga yaqin
bo‘lsa, e’tiborga oladilar, agar shar’iy hujjatlarga muvofiq kelmasa, amal
qilmaydilar. Muftiy o‘z qarorini fatvo talabgorlarining birortasiga ham
zo‘rlab o‘tkaza olmaydi. Qozining esa majburlov apparati mavjud.
Fatvo fiqhning barcha sohalarida majburiy sanaladi, ya’ni ibodat,
muomalot, jinoyat va jazo – farqi yo‘q. Ammo qozining qarori ibodatga
taalluqli bo‘lmaydi. Qozi namozning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida
qaror chiqara olmaydi. Bir mazhabning fatvosini boshqa mazhab qabul
qilmasligi mumkin. Chunki fiqhiy mazhablar ba’zi masalalarda o‘z
dalillari bilan boshqa mazhabning fatvolarini rad qilishlari mumkin. Biroq
biror qozining chiqargan qarorini boshqa qozi bekor qila olmaydi. Misol
uchun, bir qozi «taloq tushgan» desa, o‘sha hukm o‘z kuchida qoladi.
Ulamolarning fikriga ko‘ra, fatvo erkakdan ham, ayoldan ham, ozod
quldan ham sodir bo‘ladi. Ammo qozi masalasida ozod, erkak odam
bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.
Islom sud huquqining asosiy manbai Qur’oni karim, sunna va ijmo
hisoblanadi. Sud huquqiga taalluqli oyatlar Qur’on karim «Baqara»
surasining 213, «Hadid» surasining 25, «Niso» surasining 58, 65, 105,
«Moida» surasining 44, 45, 47, 49, 250, «A’nom» surasining 82,
«Ahzob» surasining 36, «Nur» surasining 48, 51-oyatlari hisoblanadi.
Sunnatdan keltirilgan dalillar. Imom Buxoriyning hadislar to‘pla-
mida quyidagi hadis bor: «Amr ibn Os Muhammaddan rivoyat qiladilar:
Muhammad dedilar:
«Qachon hakim ijtihod qilib (ya’ni hukm
chiqarishda), to‘g‘ri hukm chiqarsa, unga ikkita ajr bor, agar ijtihod qilib
xatoga yo‘l qo‘ysa, unga bitta ajr bor».
Umuman, Abu Dovud, ibn Mojja, imom Termiziy kabilarning hadis
to‘plamlarida mazkur mavzuga dalolat qiluvchi 50 ga yaqin hadislar
mavjud.
145
Ijmoga ko‘ra dalil. Islom olimlari sahobalar davridan tortib, to shu
kungacha qazoning hukm jihatdan ham, taqlid jihatdan ham qonuniyligiga
ijmo qilganlar
1
.
Muhammad ibn Abdulloh (payg‘ambarimiz) Madinaga hijrat
qilganidan so‘ng, u yerda islom jamoasiga (ummaga) asos soldi.
Keyinchalik uning mazkur jamoa a’zolariga diniy-huquqiy masalalar
yuzasidan ko‘rsatmalar bergani, nizoli masalalarda hakamlik qilgani tarix
kitoblarida bayon qilingan. Islom tarixida birinchi qozi, albatta Muham-
mad (s.a.v.) hisoblanib, hayotlik vaqtida bir qancha ishlar yuzasidan
qozilik qilgani, sud jarayonida ishtirok etib, ayblanuvchilarning
iqrorlariga o‘zlari shohid bo‘lgani manbalarda bayon qilingan.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, bu vazifani davlat boshliqlari – Xulafoi
roshidinlar amalga oshirganlari. Hazrati Umar ibn Hattob Madina, Basra,
Kufa shaharlarining dastlabki qozilarni tayinlagan. Shundan keyin qozilar
yirik shaharlar va viloyatlarda, harbiy yurishlar vaqtida esa qo‘shinlarda
ham tayinlana boshlagan.
Ummaviylar xalifaligi davrida bosh sudya bu xalifa hisoblangan.
Xalifa olim, faqih musulmonlar ichidan tanlab olib, qozilik lavozimiga
qo‘ygan. Islom mamlakatlarida sudning uchta turi mavjud edi:
a) mazolim sudlar, ya’ni joylarda xalifaning buyrug‘iga ko‘ra tashkil
etiladigan sudlar;
b) musulmon normalari bo‘yicha tashkil etilgan oddiy sud;
d) zimmiylik sudlari. Musulmon bo‘lmagan fuqarolarning ishlari bilan
shug‘ullanuvchi davlat sudlari.
Abbosiylar xalifaligi davrida davlat sud organlarida bir qancha
o‘zgarishlar qilingan. Fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanuvchi sud jinoyat
sudidan ajratilgan. Eng yuqori sud – Devon un-nasr-al mazolim (ya’ni
mazlumlarga yordam beruvchi vazirlik, sud), deb nomlangan. Sudning
raisi xalifa yoki adliya vaziri bo‘lgan. Mazlumlar sudining raisi barcha
sudlar ustidan nazorat olib borgan. Zarurat tug‘ilganda, xalifa tomonidan
favqulodda sud (oliy sud) chaqirtirilishi ham mumkin bo‘lgan. Mazkur
sud tarkibiga xalifa, (bosh sudya) kotib, bosh qozi va faqihlar kiritilgan.
Oliy sudning qarorlari qatyiy bo‘lib, shikoyatga yo‘l qo‘yilmagan. Barcha
viloyat sudlari bosh qoziga hisobot topshirganlar. O‘z davrida Abu Yusuf
ham bosh qozi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘pchilik olimlar Abu
Yusufning «Xiroj» nomli qo‘llanmasini butun imperiya hududida yagona
qo‘llanma sifatida tarqatilganini va u birinchi manbaligini e’tirof etganlar.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-38-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 46-ɢɲ, 97-ɜɚɪɚԕ.
146
Dastlab qozi mayda xizmatchi bo‘lib, hokim unga sudlov
majburiyatlarini bajarishni buyurardi. Ma’lumki, jinoyat yoki ma’muriy
sudlar amaliy zarurat, ya’ni xalifalarning dunyoviy (diniy emas)
hokimiyatlari yo‘qolayotgan shart-sharoitlar ta’sirida shakllangan.
Fuqarolik ishlariga oid vazifalar musulmon bo‘lmaganlar (yahudiylar va
xristianlar)ga ham topshirilishi mumkin bo‘lgan, qozilik vazifasini faqat
musulmonlargina bajargan. Boshqa din vakillari uchun maxsus sud
muassasalari bo‘lgan. Ammo ular o‘z nizo va tortishuvlarini musulmon
qozisining hukmiga havola qilishlari zarur bo‘lgan. Qozining mahka-
masida qozilar kengashi (mashura) faoliyat ko‘rsatgan. Idoraning asosiy
vazifasi maslahat berish bo‘lgan, muhokamada qatnashmaydigan, biroq
rasmiy shohidlik vazifasini bajarib, sud jarayoni amalga oshganini
tasdiqlaydigan, notariusga o‘xshash ikki adul – uning ijrosini ta’min-
lagan.
Avvonlar – sud nozirlari, ularning vazifalari xabar berish va sud
jarayonida tartibni saqlab turish bo‘lgan. Muakkil – alohida topshiriqlarni
bajaruvchi himoyachi. Sunniylar ta’limotiga ko‘ra, o‘zga din vakillari
tomonidan tayinlangan qozining vakolatlari inkor etilmaydi.
Qozi savdo va jinoyat ishlar bo‘yicha to‘liq, fuqarolik ishlarida
ko‘char va ko‘chmas mulkka nisbatan, mol va xususiy huquq sohasida
muayyan yurisdiksiyaga ega bo‘lgan.
Sud va sud jarayoni juda sodda, og‘zaki tarzda amalga oshirilib
rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turgan. Javobgar va da’vogar
o‘rtasidagi kelishuvga asosan yoki chaqiriqqa binoan javobgar qozi
huzuriga kelgan. Agar joyning bir nechta mahalliy qozilari bo‘lsa,
Molikiy mazhabining qoidalariga ko‘ra, shikoyatchi tanlagan, Hanafiy
mazhabining talablariga ko‘ra, javobgar tanlagan qoziga murojaat
qilinadi. Agarda taraflar turli diniy-huquqiy mazhablarga e’tiqod qilsalar,
qozini tanlash huquqi javobgarga beriladi. Biroq, agar ishni ko‘rib
chiqishni bir mazhab qozisi boshlagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqishni
boshqa mazhabning qozisiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan. Sud ishi
taraflarning ishtiroki bilan yoki ularning ishtirokisiz ham ko‘rib chiqilishi
mumkin (ya’ni vakillarini ishtirok ettirish faqat layoqatsizlar, ayollar va
ish ko‘rilayotgan yerdan uzoq manzillarda bo‘lganlar uchun mumkin)
bo‘lgan. Ahamiyatga molik yagona rasmiyatchilik ishonarli dalillardan
yetarlicha keltira olmagan tarafga qozining: «Yana birorta daliling
bormi?», – degan so‘nggi savoli bo‘lgan. Shundan keyin chiqariladigan
qarorlarni yozma ravishda ifodalash shart bo‘lmagan.
147
Fiqh ishni sirtdan ko‘rib chiqish amaliyotini ma’qullamaydi.
Mahkamaga chaqirilgan javobgar u yerga borishdan bosh tortsa, nozir uni
mahkamaga kuch bilan olib keladi yoki itoatsizning uyiga muhrlar
urilgandan keyin, ish go‘yoki uning ishtirokida ko‘rib chiqilgan
hisoblanadi. Javobgar sud majlisda qozining savollariga javob berishdan
bosh tortsa, qozi javobgarni kaltak bilan jazolashi yoki qamoq jazosini
berishi, uning bosh tortishiga qaramay, ishni ko‘rishda davom etishi
mumkin. Javobgar qamalishdan cho‘chib, qozining so‘nggi savolini
kutmay, mahkamani tark etsa, unga mahkamaga qaytish uchun muhlat
beriladi. Ish yurituvchilar uchun sud uning ishtirokida bo‘layotgan
hisoblanaveradi. Sunniylik oqimining Molikiy mazhabi namoyandalari
ishda boy bergan taraf yutib chiqish imkoniyatini beradigan ma’lumotni
aniqlaganda, sud qaroriga e’tiroz bildirilishiga yo‘l qo‘yadilar, bunday
holatda ish qayta ko‘rib chiqiladi. Sud qarorini bajarish qozining
vazifasiga kiradi. Agarda to‘lovni to‘lash to‘g‘risidagi qarordan keyin
javobgar shaxs uni bajarishdan bosh tortsa, qozi uni ozodlikdan mahrum
qilishi shart. Keyinchalik zarurat tug‘ilsa, ishni boy bergan shaxsning
mulkini garov sifatida olib qo‘yishi va xatlashi (rahn) mumkin. Ushbu
barcha choralar ta’sir ko‘rsatmagan taqdirda, sud mulkni begona qilish va
sotishni boshlaydi.
Musulmon sud protsessiga xos xususiyat – sud chiqargan qarorning
so‘nggi qaror, deb tan olishning imkoni yo‘qligi hamon davom etib
kelmoqda. Qozi, agarda huquqiy xatoga yo‘l qo‘yganini anglab qolsa, o‘z
qarorini bekor qilish huquqiga ega. Qabul qilingan qarorni uning vorisi
yoki hamkasbi bekor qilishi mumkin. Qozi bunday qarorni chiqargan va
mahkum o‘rtasida adovat borligini aniqlashi yoki mahkum o‘ziga ilgari
ma’lum bo‘lmagan hujjatni taqdim etgani munosabati bilan har qanday
qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |