Guvohlik. Islomda guvohlik instituti mukammal ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, muqaddam yolg‘onchilik qilgani, yolg‘on ko‘rsatma
berganligi uchun jazolangan shaxslarning guvohliklari fuqarolik sudlarida
inobatga olinmaydi. Shuningdek, musulmon bo‘lmagan shaxslarning ham
musulmonlarga qarshi guvohlikka o‘tishi noqonuniy deb qaraladi. Faqat
musulmon, balog‘atga yetgan erkak va ayolning guvohligi inobatga
olinadi.
Qasam. Muhammad (s.a.v.)ning: «Da’vogarlardan guvoh keltirish,
gumondordan qasam ichish talab qilinadi», – degan ko‘rsatmasiga
asoslanib, gumondorga qasam ichiriladi. Sud jarayonida gumondorga va
guvohlarga ichiriladigan qasam so‘zlari murakkab matn emas (faqatgina
lion – er-xotinning bir-birini zinoda ayblab, la’natlab ichadigan qasamida
ba’zi maxsus so‘zlar bor). Qasamda asosan «vallohi», deb boshlanib,
so‘ng shaxs o‘z muddaosini yoki aybsizligini izhor qilgan. Qasam faqat
Allohning nomi bilan ichilganda, qonuniy hisoblanib, yuridik oqibatni
keltirib chiqaradi.
Alloh Qur’on karimda suddagi bahs-munozarali ishlarda garchi
qarindoshlarning zarariga bo‘lsa ham, adolat bilan to‘g‘ri ko‘rsatma
berishni buyurgan.
XIX asrning o‘rtalariga kelib, Usmonli turk saltanati va Misrda
Yevropa andozasidagi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning
150
tashkil etilgani tufayli qozilik sudlari o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlagan.
Chor Rossiyasining musulmonlar yashaydigan hududlarida (shu jumladan
Turkistonda) qozilarga keng vakolatlar berilgan. Oktabr to‘ntarishi
arafasida sobiq Turkiston general-gubernatorligida rusiyzabon aholi
uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, o‘zbeklar va tojiklar uchun
qozilik sudlari, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar va turkmanlar uchun biy sudlari
faoliyat ko‘rsatgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning sudyalari asosan
yuristlar bo‘lgan. Qozi lavozimiga zaruriy ma’lumotga ega, musulmon
huquqini yaxshi biluvchi ulamolar, biy lavozimiga odat huquqining
bilimdonlari tayinlanganlar.
1917-yilgi Oktabr to‘ntarishidan keyin, qozi sudlari avval tarqatib
yuborildi, biroq, keyinroq O‘rta Osiyo va Shimoliy Kavkazda qayta
tiklandi. Qozilar mahalliy aholi tomonidan saylanar va fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlar bilan bab-baravar faoliyat olib borar edilar.
Qozi sudlarining vakolatlari oila-nikoh, vorislik, shuningdek ikkala
tarafning roziligiga ko‘ra, ayrim fuqarolik va jinoyat ishlarini ko‘rib
chiqish bilangina cheklanardi. Ular qo‘llaydigan fiqh va odat me’yorlari
«sovet qonunchiligi»ning asosiy qoidalariga zid kelishi mumkin emas edi.
Turkiston Avtonom SSR (TASSR) hukumati qozilik sudlarini
birvarakayiga bekor qilmasdan, ularni asta-sekin tugatishga qaratilgan bir
qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Ularning faoliyati mahalliy sho‘rolar
(mahalliy hokimiyat organlari) va adliya xalq komissarligi nazoratiga
olindi. Qozi sudlariga taalluqli ishlarning doirasi cheklandi.
1919-yil 17-iyunda TASSR Xalq Komissarlari Kengashi qozi
sudlarini bekor qilish, ularni «millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar,
barcha Turkiston fuqarolari uchun yagona xalq sudi» bilan almashtirish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud shaklan o‘zgarib, faqat qozi hukmiga
asoslangan sud kollegial sudga aylandi. Ishlarni sudda ko‘rishning yangi
tartibi, ish yuritishning yangi shakli joriy etildi. Shunga qaramay, xalq
sudi mazmuni va ruhiga ko‘ra, qozi sudi ishining davomchisi bo‘lib qoldi.
Bu tabiiy bir holdir, chunki tub aholi musulmon huquqi qoidalari asosida
tarbiyalangan bo‘lib, aksariyat hollarda sobiq biy va qozilardan saylangan
xalq sudyalari faqat musulmon huquqi me’yorlarini qo‘llar edilar.
Xullas, sudlar xalq sudi, deb atalsa-da (ular sudyalar, xalq
maslahatchilaridan iborat bo‘lib, ish sho‘rocha andozaga ko‘ra yuritilar
edi), mohiyatan qozi va biy sudlaridan iborat bo‘lgan. O‘z-o‘zidan
ravshanki, xalq sudlari faoliyatida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan.
151
Masalan, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashining «Nikohni bekor qilish
to‘g‘risida»gi 1917-yil 12-dekabr dekreti qabul qilinganidan so‘ng, juda
ko‘p ziddiyatlar yuz berdi. Bu huquqiy hujjatga muvofiq, Turkiston
Respublikasining Adliya xalq komissarligi: «Bundan buyon faqat
dekretga muvofiq amalga oshirilgan nikohdan ajralish holatlari haqiqiy
deb hisoblanadi», – degan maxsus buyruq chiqardi. Biroq, shaklan xalq,
ruhan musulmon huquqi sudi er-xotinlarni musulmon huquqi me’yor-
lariga asoslanib ajratishda davom etdi. Gap shundaki, sudya er-xotinni
yuqorida zikr etilgan dekretga muvofiq ajratgan taqdirda ham, erdan
ajralgan ayol (turmush tarzi diniy qoidalarga asoslangani tufayli) garchi
erkinlik olsa ham, qayta erga tega olmas edi. Nikoh mulla yoki imom
tomonidan o‘qilar, ular ajralish musulmon huquqi qoidalariga ko‘ra
amalga oshirilgani haqidagi shahodatnomasiz nikoh o‘qishdan bosh
tortardilar. Albatta, mahalliy hokimiyat ijroqo‘mlar va boshqa ma’muriy
organlarga tegishli ko‘rsatmalar berib, sudyalar ishini «to‘g‘ri yo‘lga
solish»ga harakat qilgan, lekin bu natija bermagan. Ko‘rsatmalarni
bajarmagan xalq sudyalari qamoqqa ham olingan. Xalq sudi baribir
aholining e’tiborini qozona olmagan. Amaliyot qozi sudlarini bekor
qilishda shoshma-shosharlik bo‘lganini ko‘rsatgan. Turkiston Markaziy
Ijroiya Qo‘mitasi (TurkMIQ)ning 1921-yil 6-sentabrdagi dekreti bilan
qozi va biy sudlari qisman tiklandi. 26 mayda TASSR hukumati butun
respublika hududida qozi va biy sudlarini qonuniylashtirish to‘g‘risida
dekret qabul qildi. Musulmon sudi xodimlari qurultoyi tomonidan qabul
qilinib, TurkMIQning 1921-yil 25-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan
«Turkiston Respublikasi musulmon xalq sudlari to‘g‘risidagi nizom»ning
1-moddasiga muvofiq, Turkiston Respublikasi hududida tub musulmon
aholi uchun xalq sudi bilan bir qatorda, quyidagi tarkibda musulmon xalq
sudlari ham ta’sis etildi: a) o‘troq aholi uchun xalq qozisi (qozilar sudi);
b) ko‘chmanchi aholi uchun xalq biyi (biylar sudi).
Turkiston Respublikasida musulmon huquqi sudlariga doir huquqiy
hujjatlar qabul qilish huquqi berildi. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib,
qozi sudlarining faoliyati tugatildi.
Buxoro (BXSR) va Xorazm (XXSR) Respublikalarida bunday
sudlarning huquqiy holati boshqadir. TASSR sud tizimida darhol yagona
sovet xalq sudi asoslari yetakchilik qila boshlagan, qozi sudlari muvaqqat
institut hisoblangan. BXSRda musulmon huquqi sudining yangi shakldagi
152
xalq sudiga o‘tishi darhol yuz bermagan. Bunda mamlakat aholisiga
musulmon huquqi peshvolarining ta’siri kuchli bo‘lgani ham hisobga
olingan. Shu sababli xalq qozi sudlari BXSR va XXSRda sud tizimining
teng huquqli bo‘g‘inlariga aylangan. Xalq sudlari faqat BXSR va XXSR
hududida yashagan ruslarning manzilgohlarida amal qilgan, musulmon
huquqi esa xalq qozi sudlari faoliyatining huquqiy negizi bo‘lib qolgan
1
.
Shuni ta’kidlash zarurki, BXSR va XXSR hukumatlari mazkur sudlar
faoliyatining xususiyatlari va asoslarini hamda musulmon huquqi
me’yorlarini qo‘llash tartibini sezilarli darajada o‘zgartirgan. Bu
me’yorlar BXSR va XXSRda huquq manbalari sifatida tan olinib, ularni
inqilobiy hokimiyat dekretlari va qarorlariga zid kelmaydigan darajada
qo‘llanishi ta’kidlangan
2
.
Musulmon huquqining amal qilish doirasi ham ancha toraydi. Lekin
BXSR va XXSRdagi qozi sudlarining vakolatlari RSFSRning musulmon
aholi yashaydigan avtonom respublikalari va viloyatlaridagi qozi
sudlarining vakolatiga qaraganda ancha keng edi. Buxoroda qozi sudlari
BXSR Muvaqqat inqilobiy hukumatining 1920-yil 2-sentabrdagi
dekretiga muvofiq tugatildi. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida adliya
vaziri BXSR hukumatiga ma’lumotida shunday deb yozadi: «Ikkinchi
oktabrdan boshlab maxsus komissiya mahalliy inqilobiy qo‘mitalar
tavsiyasiga ko‘ra qozixonalar tashkil etib, qozilarni tayinlashga kirishdi.
Ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar belgilandi, shuningdek ularga sovet
qonunlari va musulmon huquqi qonunlariga asosan ish olib borish
majburiyati yuklandi»
3
.
1922-yil 27-mayda BXSR hukumati xalq qozilari to‘g‘risida
muvaqqat qonun qabul qildi, 1922-yil 19-dekabrda esa Umumbuxoro
MIQning II sessiyasida «BXSRda xalq qozi sudlari to‘g‘risidagi nizom»
tasdiqlandi. Ushbu Nizom BXSRda yagona sud tizimini tashkil etish
yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Nizomga muvofiq, xalq qozi
sudlari tumanlar va viloyatlar hududidagi barcha jinoyat va fuqarolik
ishlarini ko‘rib chiqar edi. Mansabdorlik jinoyatlari, davlat va uning
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ⱥɛɢɞɨɜɚ ɇ.ɂ. ɋɭɞɵ ɤɚɡɢɟɜ ɢ ɨɫɨɛɟɧɧɨɫɬɢ ɩɪɨɰɟɫɫɚ ɢɯ
ɥɢɤɜɢɞɚɰɢɢ ɜ ɍɡɛɟɤɫɤɨɣ ɋɋɊ: Ⱥɜɬɨɪɟɮ. ɞɢɫɫ. … ɤɚɧɞ. ɸɪɢɞ. ɧɚɭɤ. – Ɍ., 1974.
– 23 ɫ.
2
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-46-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 15-ɢɲ, 7-ɜɚɪɚԕ.
3
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-48-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 64-ɢɲ, 21-ɜɚɪɚԕ.
153
xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, shuningdek harbiy xizmatchilar, mansab-
dor shaxslar yoki hokimiyatga muxolifatda bo‘lgan fuqarolar tomonidan
sodir etilgan barcha qilmishlarga doir ishlar, bundan mustasno edi. Xalq
qozi sudlari Adliya nozirligining (vazirligi) qaroriga ko‘ra, belgilangan
sud uchastkalarida ish olib borardi. Nizomda birinchi marta uchastka va
viloyat sudlari alohida ajratildi. Viloyat xalq sudi yirik jinoyat ishlari,
chunonchi: odam o‘ldirish, badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga
tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘t qo‘yish, qalbaki pul yasash,
hujjatlarni soxtalashtirish, shuningdek ayollarni o‘g‘irlash to‘g‘risidagi
ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqardi. Ayni vaqtda, u
uchastka sudlariga nisbatan birinchi apellatsiya-kassatsiya, nazorat-taftish
instansiyasi hisoblanar edi. Adliya nozirligi huzuridagi Xalq qozilari
kengashi ikkinchi kassatsiya-nazorat instansiyasi vazifasini bajarar edi.
Viloyatlardagi shaharlar uchun xalq qozilari Adliya nozirligi
tomonidan bir yil muddatga saylangan va Umumbuxoro MIQ tasdig‘iga
kiritilgan. Tumanlar va kentlarning qozilari viloyat ijroqo‘mlari tomoni-
dan saylanib, Adliya nozirligi tomonidan tasdiqlangan. Xalq qozilariga
Adliya vazirligi ishlab chiqqan va Umumbuxoro MIQ tasdiqlagan tariflar
bo‘yicha maosh tayinlangan. Bunday tartib qozilarga ko‘rilgan ishlar
uchun tushgan pul hisobidan haq to‘lashdek an’anaviy musulmon
huquqidagi qoidaga zid edi. BXSRda qozi sudlari o‘sha davrdagi vaziyat
bilan hisoblashishga va shunga muvofiq, o‘z ish usullariga o‘zgartishlar
kiritishga majbur bo‘lgan. Nizomning 1-moddasiga muvofiq, ularga
quyidagi vazifalar yuklatilgan:
1) tergov olib borish sud tergovchisiga yuklatilmagan jinoyat ishlari
bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish;
2) jinoyat sodir etishda ayblanib, ushlangan shaxslarni so‘roq qilish;
3) ehtiyot chorasini tanlash;
4) xalq sudi kotibiyatining ishini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |