164
normalar davlat hokimiyati (rasmiy ma’nodagi huquq manbai) tomonidan
bevosita ishlab chiqiladi yoki tasdiqlanadi.
Iqtisod bilan bevosita
bog‘lanmagan va istalgan tarixiy turdagi huquqning shakllanishi va
rivojiga sezilarli ta’sir etadigan omillar orasida vorislik muhim aha-
miyatga molikdir. Ko‘rib chiqilgan mamlakatlarda eski huquqiy
ustqurmaning unsurlari qatorida «vorislik» maqomini belgilovchi musul-
mon huquqini ham kiritish mumkin. Zotan, u uzoq asrlar mobaynida
dunyoning mazkur mintaqasida
asosiy mavqeni egallab, yangi tarixiy
sharoitlarda huquqiy normalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Ayni paytda huquqiy vorisiylikka xos ayrim eski jihatlarning tugatilgani
yoki qisman saqlab qolingani oila huquqi sohasida namoyon bo‘ladi
1
.
Har qanday mamlakatning huquqiga huquqiy madaniyat, huquqiy
ong, huquqiy mafkura va ruhiyat ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy sabablar,
qarashlar, g‘oyalar huquqiy normalarni shakllantirishning bevosita
mafkuraviy va ruhiy manbaidir. Shundan
kelib chiqib, musulmon huquqi
o‘ziga xos mavqega ega. Musulmon huquqining normalari ham huquqiy,
ham axloqiy, ham diniy mazmunda namoyon bo‘lmoqda. Musulmon
huquqi, eng avvalo, umumiy diniy-axloqiy ta’minot, har qanday qilmishni
baholashning mezoni, rasmiy ma’noda esa yirik huquqiy tariqatlar
asoschilari va ular tarafdorlari fikrlarining majmui, yuzlab huquqiy
adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etilgan asosiy huquqiy tamoyillar va
muayyan vazifaning yechimidir.
Musulmon huquqi hozirgi kungacha ommaga katta ta’sir o‘tka-
zayotgan din bilan uzviydir. Hozirgi
zamon dinlari orasida, islom siyosat,
davlat va huquq bilan juda yaqin aloqadadir. Bu o‘rinda musulmon
huquqining vazifasi ushbu tuzilmalarni bir-biriga bog‘lashdan iborat.
Ayni paytda u hozirgi zamon Sharq mamlakatlarining huquqiy rivojiga
huquqiy mafkura va ruhiyat vositasida ta’sir etadi. Aytish mumkinki,
musulmon huquqining mafkuraviy ta’siri uning muayyan normativ
yo‘riqlarini qo‘llash doirasidan ancha kengdir. Hozirgi tadqiqotchilarning
tasdig‘icha, muayyan xulq-atvor qoidalari emas, balki norma – tamoyillar
musulmon huquqining tag-zamini va eng barqaror qismidir. Ular barcha
davr va xalqlar uchun musulmon huquqining amal qilishini kafolatlaydi.
Inson huquqlarini tartibga solish va himoya qilish milliy huquqda
ham, xalqaro huquqda ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda islom inson huquqlarini himoya qilish tizimi e’tibordan
chetda qolib kelmoqda va deyarli o‘rganilmagan. Holbuki, dunyoviy va
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
ɇɟɧɨɜɫɤɢ ɇ. ɉɪɟɟɦɫɬɜɟɧɨɫɬɶ ɜ ɩɪɚɜɟ. – Ɇ., 1977. – ɋ. 154.
165
musulmon huquqiy tizimlarini ilmiy va amaliy jihatdan taqqoslash,
ularning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish musulmon
olami fuqarolariga o‘zlarini, deylik, yevropaliklardan kam bo‘lmagan
darajada himoyalangan, deb his qilish borasidagi huquqiy mexanizmni
aniqlash va uni obyektiv tavsiflashga imkoniyat yaratadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, jahonda asosiy xalqaro huquqiy tizimni
yaratish «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» (1948-yil)da
belgilangan prinsiplar va normalarni mustahkamlashdan boshlandi.
Insoniyat bu vaqtgacha to‘plagan tarixiy-huquqiy tajriba AQSHning
1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi, Fransiyaning 1789-yilgi Inson va
fuqaro huquqlari deklaratsiyasi, AQSHning 1787-yilgi Konstitutsiyasi va
ikki jahon urushi tajribasini o‘zida to‘pladi.
Hozirgi vaqtda «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ga
ijtimoiy-huquqiy ongning
rivojlanish bosqichi, umume’tirof etilgan
prinsiplar asosida huquq normalarini umumiylashtirish, huquq tizimining
yetishmayotgan unsurlarini topish va uning mazmunini belgilash imko-
nini bergan huquqiy ta’limot sifatida qaraladi. «Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi»ning prinsiplari va normalari juda ko‘p
davlatlar uchun milliy huquq tizimi va qonunchilikni rivojlantirishda
dasturulamal bo‘lib xizmat qildi.
Deklaratsiyada ifoda topgan inson huquqlari xalqaro doktrinasiga
asosan huquq tizimida bir necha yo‘nalish rivojlandi:
Do'stlaringiz bilan baham: