Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

birinchi yo‘nalish inson va fuqaro siyosiy huquqlarini ishlab chiqish 
va qabul qilish bilan bog‘liq. Shaxs manfaatlarining ustun, deb e’lon 
qilinishi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitim», 
ushbu bitimga ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qilinishiga asos 
bo‘ldi; 
ikkinchi yo‘nalishning rivojiga turmush sharoitini yaxshilash 
obyektiv zarurati turtki berdi. Shu bois «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitim» qabul qilindi, inson huquqlariga oid 
ikkala xalqaro huquqiy hujjat ham 1966-yilda qabul qilindi; 
uchinchi yo‘nalish milliy konstitutsiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, 
ularning aksariyati yangi xalqaro huquqiy prinsiplarga asoslana boshladi; 
to‘rtinchi yo‘nalish musulmon mamlakatlari tomonidan «Islom inson 
huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bog‘liq. U 
Yevropa uchun Islom kengashi tomonidan tayyorlandi va 1981-yil 19-
sentabrda Parijda imzolandi (Islom kengashi davlatlararo tashkilot 
hisoblanmaydi, lekin «Islom birdamligi» harakati tan olingan).  


166
Shuni ta’kidlash zarurki, «Islom inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasi» («Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» kabi) 
majburiy yuridik xususiyatga ega emas, u davlatlar oldiga kafolatlar 
berish va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish 
vazifasini qo‘ymaydi.  
«Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da e’lon qilingan 
huquqlar va asosiy erkinliklar Qur’on, musulmon huquqi va ular 
asosidagi qonun hujjatlari bog‘liq. Shu sababli bu hujjat an’anaviy 
xususiyat kasb etgan. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning 
qoidalari insonga daxlsiz va uzviy huquqlar Alloh tomonidan berilgan, 
ularni hurmat qilish majburiydir, degan prinsipni nazarda tutadi.  
Xullas, ushbu hujjat mohiyatida Allohning huquqi inson huquqlari va 
asosiy erkinliklariga nisbatan birlamchi va oliydir, degan g‘oya yotadi.  
«Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning I–XXIII mod-
dalari «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», 1966-yilgi xalqaro 
bitimlar, Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konven-
siyasi va boshqa hujjatlarning moddalariga hamohangdir. Moddalar 
mazmunan mos kelsa-da, manbalar va shakllarga ko‘ra har xildir. 
Olimlarning ta’kidlashicha, musulmon huquqi diniy-an’anaviy ta’limot-
dan XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan islohotlar tufayli 
Misr Arab Respublikasi, Yaman Respublikasi va boshqa musulmon 
mamlakatlarining milliy hujjatlaridagi xalqaro huquqiy normalarning 
o‘zlashtirilishiga qadar bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Bundan 
tashqari, musulmon huquqi me’yorlarining tiklanishi va ularning Eron, 
Pokiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning amaldagi qonun 
hujjatlarida mustahkamlanishi kuzatilmoqda. 
Musulmon huquqi tadqiqotchilari jinoyat huquqi sohasidagi huquq-
buzarliklarning bir qancha tasniflarini ishlab chiqqanlar. Aksariyat 
tasniflar zamirida quyidagi ikki mezon yotadi: 
1) u yoki bu qilmish uchun jazo belgilash darajasi; 
2) buzilgan huquqlar xususiyati.  
Ushbu mezonlarga ko‘ra, barcha huquqbuzarliklar uch guruhga 
bo‘linadi: 
a) birinchi guruh – had jazosiga loyiq Allohga qarshi jinoyatlar; 
b) ikkinchi guruh – diya jazosiga mustahiq bo‘lgan ayrim 
shaxslarning huquqlariga qarshi jinoyatlar; 
d) uchinchi guruhga ta’zir jazosi nazarda tutilgan boshqa huquq-
buzarliklar kiradi.  


167
Shuni ta’kidlash lozimki, musulmon huquqining ommaviy-huquqiy 
institutlari (hisba – maxsus islom nazorat organlari, politsiya, «sho‘ro», 
dunyoviy sud) Qur’on qoidalaridan ham ko‘ra, ko‘proq davlat normativ-
huquqiy hujjatlariga asoslangan. Masalan, «dunyoviy sudlar» o‘z 
faoliyatida G‘arbiy Yevropa sudlari amaliyotidan o‘zlashtirilgan 
normativ-huquqiy hujjatlarga suyanildi (o‘rta asrlarda «dunyoviy sudlar» 
o‘z hukmdorlarining jinoyatga oid huquqiy hujjatlariga tayangan).  
Shunday qilib, «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da aks 
etgan inson huquqlari jahonning ko‘pgina mamlakatlari hujjatlarida 
mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarning vorisiyligidan dalolat beradi. 
Biroq bu huquqlar musulmon xalqlariga nisbatan hozircha irrelevant 
(lotincha irrealis – noreal, ya’ni amalda emas, faqat g‘oyada mavjud) 
bo‘lib qolayotir. 
Islom konsepsiyasi, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da 
va «Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi 
konvensiya»da ifodalangan erkinlik konsepsiyasi o‘rtasida jiddiy farq 
mavjud emas. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da 
belgilangan asosiy erkinliklar musulmon huquqi tizimini xalqaro huquq 
tizimi bilan yaqinlashtirish yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.  
Bundan tashqari, «Islom inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasi»ning normalari inson va fuqaro huquqlari hamda 
erkinliklari borasida davlat huquqi normalaridan ustunlikka da’vogar 
bo‘lishi mumkin. Islomda inson huquqlari birdan-bir maqsad 
hisoblanmaydi, lekin hayotdagi muayyan vazifalarni bajarishning vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘zining ma’naviy mavjudot ekanligini 
anglashi va jamiyat ravnaqi yo‘lida bunyodkorona mehnat qilishi bilan 
hayvondan farq qiladi. Inson Allohning irodasiga ko‘ra uning yerdagi 
xalifasi (noibi) hisoblanadi.  
Insonga yashash huquqi u bundan butun insoniyat foydasi va ravnaqi 
yo‘lida foydalanishi uchun berilgan. U o‘z ixtiyoricha  harakat qilishi 
uchun unga erkinlik hadya etilgan. Biroq inson Allohning irodasiga 
bo‘ysunish yo‘lini tanlasa, u ongli ravishda hayotining har bir lahzasi 
uchun o‘ziga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi.  
Islomga e’tiqod qiluvchi shaxsning huquqlari quyidagicha: 
1) yashash; 
2) tenglik; 
3) erkinlik; 
4) erkin fikrlash; 
5) siyosiy erkinlik; 


168
6) chet mamlakatlarga chiqish va ulardan boshpana topish; 
7) munosib hayot kechirishni ta’minlovchi mehnat qilish; 
8) odil sudlov; 
9) qonun oldida tenglik; 
10) o‘z sha’nini himoya qilish; 
11) ijtimoiy ta’minot olish; 
12) nikoh tuzish; 
13) shaxsiy hayot va xavfsizlik; 
14) o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan himoyalanish; 
15) ta’lim olish; 
16) jabr-zulmga qarshi norozilik bildirish; 
17) so‘z erkinligi; 
18) namoyishlar o‘tkazish erkinligi; 
19) vijdon va e’tiqod erkinligi; 
20) diniy tuyg‘ularni himoya qilish; 
21) davlat ishlarida ishtirok etish; 
22) munosib hayot kechirish.  
Qur’on va hadislarda inson huquqlari haqida fikrlar mavjud: 
«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va: 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish