Savol va topshiriqlar
1. Islomda oila qurish shartlarini tushuntiring.
2. Nikohga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
3. Taloqning huquqiy oqibatlarini tushuntiring.
4. Islomda musulmonlar va nomusulmonlar o‘rtasidagi nikoh turlari qanday?
8-BOB. MUSULMON FUQAROLIK HUQUQI. MAJBURIYAT
8.1. «Musulmon fuqarolik huquqi» tushunchasi
Islom fuqarolik huquqi asosan arab xalifaligining ikkinchi asrida
shakllana boshlangan. Musulmon huquqining asosiy manbalari
hisoblangan Qur’oni karim va sunnada fuqarolik huquqiga oid normalar
keltirilgan. Biroq, ular muayyan bir tizimga solinmagan, alohida
guruhlarga ajratilmagan. Shuningdek, ushbu normalar hamma sohalardagi
113
huquqiy munosabatlarni to‘liq yoritib bermagan. Arab xalifaligi kengay-
gach, uning fuqarolarining soni ortdi, natijada fuqarolik huquqiga
taalluqli oyat va hadislarni bir tizimga solish, ularni takomillashtirish va
talab darajasida ishlab chiqish ehtiyoji tug‘ildi
1
. Ushbu sohada Abu
Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy samarali
mehnat qildilar. Ularning faoliyatlari mavjud huquqiy normalar va urf-
odatlarga asoslangan edi. Musulmon huquqi, ayniqsa, fuqarolik huquqini
ishlab chiqishda zabt etilgan xalqlarning huquqiy normalari ham hisobga
olindi. Islom fuqarolik huquqining rivojlanishi Abbosiylar xalifaligi
davrida, imom A’zam Abu Hanifaning shogirdi va maslakdoshi Abu
Yusufning bosh qozi lavozimiga tayinlanishi bilan boshlandi. Abu
Yusufning «Kitob ul-xiroj» asari butun xalifalik hududi bo‘ylab iqtisodiy
sohada yagona tizimni joriy qilish uchun tarqatilgani e’tiborga molikdir.
Musulmon oilasi patriarxal munosabatlar asosiga qurilgan bo‘lib, oila
boshlig‘i boshqa a’zolarga nisbatan ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Qur’oni karim «Niso» surasining 34-oyatida erkaklar ayollari ustidan
rahbar ekanliklari qayd etilgan. Zero, erkaklar jismonan baquvvat bo‘lib,
oilani himoya qilish, uning a’zolarini tartibga chaqirib, odob berish
vazifalarini bajarib, hissiyotga berilmaydigan xislati bilan boshqa
a’zolardan ajralib turadilar. Ayollar va bolalar erkaklarning qaramog‘ida
hisoblanadilar. Ko‘pincha oilaning barcha a’zolari biror qarindoshining
qilgan qilmishi uchun mas’ul bo‘lganlar. Balog‘atga yetmagan yoki
mehnatga layoqatsiz qarindoshlarini otaliqqa olganlar. Musulmon
huquqiga ko‘ra, oilalar o‘zaro quda bo‘lishdan avval, urug‘-nasablarning
mos kelishini ham o‘rganib chiqqanlar. Hanafiy mazhabi ulamolari nasab
diyonat (e’tiqod birligi), iqtisod, kasb-hunarda teng bo‘lsa, shu yetarli,
deb hisoblaganlar. Islom ta’limotida iymon keltirganlarning barchasi
«ummat» deb nomlanadi. Ular tug‘ilganidan boshlab huquqiy layoqat
egasi hisoblanadilar. Musulmon huquqiga asosan, shaxs ikki holatda
huquqiy layoqatini yo‘qotishi mumkin: tabiiy o‘lim topganda va bedarak
yo‘qolganda.
Shaxsning bedarak yo‘qolganligini sunniylik mazhablarida qozi,
shialik mazhablarida imom va hokim belgilaydilar. Shaxs bedarak
ketganda, uning xotini bilan nikohining bekor bo‘lishi haqida turli fikrlar
mavjud.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɯɚɤɨɜ ɋ.Ⱥ. ɂɫɥɨɦ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɚɫɨɫɥɚɪɢ. – Ɍ.:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɂɂȼ Ⱥɤɚɞɟɦɢɹɫɢ, 2005. – Ȼ. 18.
114
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, shaxs bedarak yo‘qolgandan so‘ng, oradan
yetmish yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, nikoh bekor bo‘ladi. Molikiy
mazhabida esa to‘rt yildan so‘ng nikoh bekor bo‘ladi.
Arab xalifaligining ilk davrlarida guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra
insonning shaxsini tasdiqlash mumkin bo‘lgan. Keyinchalik davlat
idoralarining vakillari, harbiy zobitlar, yuqori mansab egalarini ba’zi
shaharlarda ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yganlar.
Musulmon huquqiga ko‘ra, shaxs balog‘at yoshiga yetgandan so‘ng
muomala layoqatiga ega deb topiladi. Erkaklarda soqolning chiqishi yoki
15 yoshga to‘lish, ayollarda hayz kelishi yoki 9–10 yosh (ba’zi issiq
o‘lkalarda ushbu yoshda qizlar balog‘atga yetadilar)ga kirish muomala
layoqatini beradi. Abbosiylar xalifaligi davridan qullar ham huquq
subyektlari hisoblana boshlagan. Qullar xojasining ruxsati bilan turli
bitimlarni tuza olganlar, o‘zlariga bo‘lajak qalliqlarini tanlay olish
huquqiga ega bo‘lganlar. Undan tashqari, qullar meros qoldirish huquqiga
ham ega bo‘lganlar. Ozod qilingan qullar «mavolidlar» deb atalib, ular
ma’lum muddatgacha o‘z xojalari bilan aloqalarini bog‘lab turganlar.
Musulmon bo‘lmaganlarga nisbatan «zimmiylik» munosabatlari
qo‘llanilgan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, ular o‘zaro islom iste’mol qilishni
taqiqlangan narsalarni savdo qila olardilar. Ularning bir-birlariga qilgan
vasiyatlari qonuniy hisoblangan.
Musulmon huquqidagi «buyum» tushunchasi turli mazhablarda
turlicha talqin qilinadi. Ba’zi faqihlar buyum sanalishi uchun qiymatga
egaligi, iste’molga yaroqliligi, zaruriyligiga ko‘ra xususiy mulk bo‘la
olishi kerak, deganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari yuqoridagidan tashqari
yana jamg‘arilish xususiyatiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidlashgan.
Shofi’iy va Hanbaliy mazhablari tarafdorlari inson mehnati pul bilan
o‘lchanadigan bo‘lsa, uni ham buyum deyish mumkin, degan fikrni ilgari
surganlar. Ba’zilar arab tilida «shay» degan so‘z buyumni ifoda etadi,
desalar, ko‘pgina olimlar esa faqatgina «mol», «amvol» degan so‘zlar
buyumni anglatadi, chunki «shay» deb atalgan har qanday narsa buyum-
predmet bo‘la olmaydi, deganlar. Shia mazhabining huquqshunoslari
fikricha, buyum: xususiy bo‘la olishi, aylanma foyda predmeti bo‘lishi
hamda insonga foyda keltirishi kerak. Musulmon huquqiga ko‘ra, xususiy
mulk bo‘la olmaydigan buyumlar quyidagicha:
1) havo, dengiz, sahrolar;
2) ummu valad, ya’ni o‘z xojasidan farzand ko‘rgan cho‘ri;
3) umumjamoat foydalanadigan joylar, ya’ni quruqlikdagi va suvdagi
qatnov yo‘llari, masjidlar, madrasalar, maktablar.
115
Musulmon huquqida harom qilingan, musulmonlarni dindan qaytara-
digan va chalg‘itadigan narsalar, musulmonlarga tegishli buyumlar
quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
Ko‘char (manqul) va ko‘chmas (g‘ayri manqul) buyumlar. Ko‘char
buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi oson bo‘lgan, tortish va
o‘lchash orqali aniqlash mumkin bo‘lgan buyumlar hisoblangan. Hanafiy
mazhabining faqihlari ko‘chmas buyumlar sirasiga bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirib bo‘lmaydigan, ko‘chirilganda o‘z xususiyatini
yo‘qotadigan narsalarni kiritganlar. Yerga ishlov beriladigan barcha
buyumlar ham ko‘chmas buyumlarga kiritilgan. Musulmon huquqiga
ko‘ra, ko‘chmas mulk quyidagicha toifalanadi:
a) mamluka – xususiy shaxslarning qo‘lidagi mulk;
b) amiriya – davlat mulki.
Davlat yerlari bevosita mahalliy hokimiyat nazoratida bo‘lib,
xizmatchilarga iqto’ hisobida berilgan, dehqonlarga ijaraga ham berib
turilgan. Umumjamoat foydalanadigan yo‘llar, ko‘chalar, davlat muassa-
salari davlat nazoratida bo‘lgan. Arab xalifaligi zaiflashgach, mahalliy
zodagonlarning hokimiyati, nufuzi ortib borgan. Asta-sekinlik bilan
ko‘pgina yerlar xususiylashtirilgan:
d) matruka – tashlandiq yerlar bo‘lib, umum foydalanadigan yaylov,
o‘rmon maydonlaridir;
f) amvot – o‘lik yerlar.
Qur’on ta’limotiga ko‘ra, bunday yerlar xohlovchilarga ishlov berib,
ularni jonlashtirish uchun evazsiz foydalanishga topshirilgan. Yuqorida
sanab o‘tilgan barcha buyumlar shartnomaviy munosabatlarning
predmeti bo‘lishi mumkin. Mulkning asosiy belgisi uning foyda keltira
olish xususiyatidir. Shialikda esa, inson mehnati ham mulk va boylik
manbai hisoblangan. Mulkka bo‘lgan huquqni egallash yoki huquqni
yo‘qotish qozilar tomonidan amalga oshirilgan.
Islomda ikki xil qaror mavjud: birinchisi – vaz’iy, ya’ni shartli;
ikkinchisi – majburiy. Ushbu qarorlar orqali jamiyat manfaatlari
ko‘zlanib, biror xatti-harakat taqiqlangan yoki unga ruxsat berilgan.
Shartli qarorlar foydalanishdan olib qo‘yilgan narsalar xususida bo‘lgan.
Misol uchun, davlat nazoratida bo‘lgan yerlardan foydalanuvchilarga
ularni ijaraga berish yoki sotib yuborish taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |