Ajiniyoz nomidagi ndpi pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yo'nalishi 2-l guruh talabasi Jangabayeva Malikaning Maktabda personalni boshqarish fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Personaldi boshqarish fan sifatida
«Personalni boshqarish» fan sifatida Reja: 1.Personalni boshqarish — fan sifatida, personalni boshqarishning asosiy funktsiyalari
2.Korxona personalining tarkibi. Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o‘rni.
3.Personalni boshqarish tamoyillari, mohiyati va maqsadlari, asosiy tushunchalari va konsepttsiyasi. Xodimlar saloxiyatini shakllantirish.
4.Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi, personalni boshqarish vazifalari
1. Personalni boshqarish — fan sifatida, personalni boshqarishning asosiy funktsiyalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, mas’uliyati kabi juda ko‘pg‘ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus shug‘ullanuvchi „Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda.
G‘arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida „Personalni boshqarish” ko‘proq „menejment" atamasi bilan nomlanadi.
Menejment (inglizcha “management”so‘zidan) — bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo‘llagan holda moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga belgilangan1 maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir.
Menejment aslida „boshqaruv" so‘zining sinonimi hisoblanib, asosan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi.
Menejment deyilganda quyidagi ma’nolar anglanadi:
1. Korxonaning boshqaruv xodimlari boshqaruv apparati sifatida.
Boshqaruv apparati korxonada bajaradigan funktsiyalar.
Menejment korxonani ilmiy asosda boshqarish sifatida.
Menejment funktsiyalari tizimida personalni boshqarish vazifalari qanday o‘ringa egaligi eng muhim masaladir. Menejment funktsiyalaridan personalni boshqarish funktsiyalari farklanadi.
Menejmentning umumiy funktsiyalarideyilganda korxona ko‘lamida maxsus funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo‘linma faoliyati tushuniladi. Boshqaruv xodimlari menejmentining barcha funktsiyalarini, shuningdek, korxonalarni boshqarishning maxsus funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Xuddi mana shu menejmentning maxsus funktsiyasi hisoblangan personalni boshqarish alohida o‘ziga xos xususiyatga ega.