Xulosa
Personalni boshqarish — bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixo-logik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir.
„Personalni boshqarish" fani mehnat munosabatlari va insonning korxonadagi faoliyatini ilmiy tadqiqetib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi darajalarda olib boriladi: boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi va inson darajasi.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda, ham alohida menejerlar, ham umuman butun boshqaruv apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Xodimlar salohiyatini shakllantirish — bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga Sohibqiron Amir Temur va g‘arb olimlaridan A.Smit, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, G.Ford va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Personalni boshqarish zamonaviy yo‘nalishlari „inson resurslarini boshqarish" tushunchasini qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |