48
darajada yorug‗lik va qorong‗ulik fazalarini o‗tkazgandan keyin gullash hamda
urug‗lashga o‗tadi. Fotoperiodik reaksiya belgilariga qarab, o‗simliklar 3
guruhga bo‗linadi:
1. Qisqa kun o‗simliklari: bu o‗simliklarning gullash fazasiga o‗tishi uchun
sutkada 12 soat yoki undan kamroq yorug‗lik vaqti kerak (kanop, tamaki).
2. Uzun kun o‗simliklari: bularning gullash fazasida bir sutkada 12 soatdan
ko‗proq yorug‗lik vaqti kerak (bizdagi ko‗pgina madaniy va yovvoyi
o‗simliklar).
3. Fotoperiodik reaksiyasi bo‗yicha neytral o‗simliklar. Bu o‗simliklar
uchun kunning uzunligi gullash fazasiga o‗tishda farq qilmaydi. Bu guruhga
pamidor, qoqio‗t kabi o‗simliklar kiradi.
Yorug‗lik spektrining tarkibi ko‗p jihatdan geografik holatga bog‗liq
bo‗ladi. Shimolda yorug‗lik intensivligi kuchsiz bo‗lib, ammo yoritilish uzoq
vaqt davom etadi, asosan uzoq to‗lqindan iborat bo‗lgan nurlardan tarqalib
tushadigan yorug‗lik ustunlik qiladi, janubda esa kun qisqa. Yorug‗lik
intensivligi yuqori, qisqa to‗lqinli yorug‗lik ustunlik qiladi. Demak, shimolda
o‗simliklar
uzun kun, janubda qisqa kun sharoitida o‗sadi.
Har bir tun uchun o‗zining fotoperiodik yoki yorug‗lik davri xarakterli
bo‗ladi: xrizantema uchun gullash fazasiga o‗tishda sutkasiga 14 soat 40 minut
davomida yorug‗lik kerak, agar 13 soatu 50 minut davomida qabul qilinsa ham,
g‗unchalar hosil bo‗lmaydi. Fotoperiodik reaksiya ma‘lum geografik muhitga
moslasha olishi bilan birga o‗simliklarning yer yuzida
tarqalishida chegaralovchi
omil hamdir. Ma‘lum fotoperiodik reaksiyali o‗simliklar ularga to‗g‗ri
kelmaydigan yorug‗lik miqdorida o‗saolmaydi. Kunning uzunligi shimoldagi
uzun kun o‗simliklarining janubda tarqalishida; janubdagi qisqa kun
o‗simliklarning esa shimolga tarqalishiga xalaqit beradi. Neytral fotoperiodik
reaksiyaga ega bo‗lgan o‗simliklar keng tarqalgan bo‗lib, tropik o‗rmonlardan
tortib to arktik rayonlargacha uchraydi.
50
o‗simliklarda barglarning ko‗p qavatli joylashishi, yaruslab joylashishidir.
O‗simliklarning eng yuqori qismida barglar vertikal shaklda joylashsa,
o‗rtarog‗ida egilibroq ,eng pastida esa gorizontal shaklda joylashadi.
Hayvonlar uchun quyosh nuri yashil o‗simliklar kabi muhim omillardan
biri bo‗lib hisoblanmasa ham, ularning hayotida spektrning yorug‗lik qismi
muhim rol o‗ynaydi.
Yorug‗likni sevuvchi hayvonlarga
fotofillar, soyani sevuvchi hayvonlarga
esa
fotofoblar deb ataladi. Keng yorug‗lik diapazoniga moslashgan
hayvonlar –
Do'stlaringiz bilan baham: