Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


EKOLOGIK OMILLAR TASNIFI (Dajo, 1975)



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

EKOLOGIK OMILLAR TASNIFI (Dajo, 1975) 
 
 
 
                         Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta‘siri 
 
 (minimum) va kuchli (maksimum) ta‘sir etishi mumkin. Shunday qilib, har 
qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta‘siri bo‗lar ekan. 
Ekologik omillar
M onchadskiy  bo‘yicha
ekologik  omillar
A. I qlim omillari:
harorat,  yorug‘lik
Birlamchi davriy
Abiotik
omillar
Organizmlar
qalinligiga
bog‘liq
bo‘lmagan
omillar
N isbiy namlik:
yog‘inlar
I kkilamchi davriy
Boshqa  omillar
V. Fizikaviy
omillar: Suv
muhiti omillari
I kkilamchi davriy yoki
davriy bo‘lmagan
Edafik omillar
D avriy bo‘lmagan
Biotik omillar
Organizmlar
qalinligiga
bog‘liq
omillar
S. Oziqaviy omillar
D . Biotik omillar:
turlar  ichidagi
munosabatlar
Asosan ikkilamchi
davriy
H ar  xil turlar
ichidagi o‘zaro
ta’sir
D avriy bo‘lmagan


42 
 
Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan 
ortiq kuch ta‘sirida organizm nobud bo‗ladi (2-rasm). 
Omilning  kuchli  ta‘sir  etishi,  ya‘ni  optimum  qonunning  organizmlarga 
ta‘sirini  tushunib  olish  uchun  g‗o‗za  o‗simligini  havo  haroratiga  bo‗lgan 
munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari haqida to‗xtab 
o‗tamiz.  Ma‘lumki,  chigitning  unib  chiqishi  uchun  harorat  14–16°C  bo‗lishi 
zarur.  Bahorda  harorat  past  kelsa,  chigitning  unib  chiqishi  kechikadi.  Bizning 
sharoitda g‗o‗za nihollari paydo bo‗lgan vaqtda havo bilan tuproq harorati sekin-
asta  ko‗tariladi  va  odatda,  normal  darajada  bo‗ladi.  Harorat  38°C  dan  yuqori 
bo‗lganda,  ayniqsa,  nam  kam  bo‗lsa,  o‗simlik  qizib  ketadi.  Harorat  1–2°C 
bo‗lsa,  g‗o‗za  nihollarini  sovuq  uradi.  Kuzdagi  3–4°C  sovuq  ham  g‗o‗zani 
nobud  qiladi.  Shunday  qilib,  g‗o‗za  o‗simligining  vegetatsiya  davomida 
minimum nuqtadan haroratni 1–4°C pasayishi uni nobud bo‗lishiga olib keladi. 
14–16°C dan 38°C gacha oraliqdagi harorat o‗simlik o‗sishi uchun qulay, undan 
yuqorisi esa, noqulay hisoblanadi. G‗o‗za o‗simligi uchun maksimum nuqta 46–
47°C deb qarash mumkin. 
 
 
2-rasm. Ekologik omillar ta‘sir qilishining natijalari (Radkevich, 1983). 
 
Muhitning  biror  omiliga  keng  doirada  moslashgan  ekologik  turlarga  evri-
old  qo‗shimchasini  qo‗shib,  tor  doirada  moslashganlarga  steno-old 
qo‗shimchasini  qo‗shib  nomlanadi.  Haroratga  nisbatan  evriterm,  stenoterm, 
namlikka  nisbatan  evrigidrid,  stenogidrid,  sho‗rlanishga  nisbatan  evrigal, 


43 
 
stenogal  deb  nomlanadi.  Ekologik  omillarning  ta‘sir  etish  kuchi  bilan 
organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarning o‗zaro ta‘siri bosimga nisbatan evribat, 
stenobat ekologik guruhlar ajratiladi. 
Tashqi  muhitning  turli  omillarga  nisbatan  ekologik  valentliklar  yig‗indisi 
turning – ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‗lda o‗suvchi sho‗raklar 
tuproqning  sho‗rligiga,  qurg‗oqchilik  va  yuqori  haroratga  yaxshi  moslashgan. 
Ushbu  omillarga  moslanish  sho‗raklarning  ekologik  spektrini  tashkil  etadi. 
Boshqa turlar tuproq sho‗rlanishiga chidamsiz ekanligini ko‗rish mumkin. 
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to‗g‗ri kelmaydi. Hatto bir xil 
sharoitda  yashayotgan  va  moslashish  xususiyati  ham  o‗xshash  bo‗lgan  turlar 
ozmi-ko‗pmi  miqdorda  o‗zining  ekologik  imkoniyatiga  ega  bo‗ladi.  Izen  va 
teresken  o‗simliklari  qurg‗oqchil  va  issiq  sharoitga  moslashgan  turlar 
hisoblanib,  ulardan  birinchisi  nisbatan  qurg‗oqchilikka  ham,  yuqori  haroratga 
ham biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi. 
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga ham har xil ta‘sir etadi. 
Sovuq  qonli  hayvonlar  uchun  havo  haroratining  40–45°C  bo‗lishi  modda 
almashinuvi 
jarayonini 
tezlashtiradi,  ammo  ularning  faolligi,  ya‘ni 
harakatlanishi susayadi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o‗tadi. 
Ayrim  individlarning  tashqi  muhit  omillariga  chidamlilik  darajasi,  kritik 
nuqtalari, optimal zonasi ham to‗g‗ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, 
yosh  yoki  fiziologik  xususiyatlari  bilan  bog‗liq  bo‗lishi  mumkin.  Don 
mahsulotlari  va  unda  yashovchi  mita  kapalagining  g‗umbagi  uchun  kritik 
harorat  –  7°C  ni  tashkil  etsa,  katta  yoshdagilari  uchun  22°C,  tuxumlari  uchun 
esa  –  27°C.  –  10°C,  harorat  g‗umbakni  nobud  qiladi,  ammo  ularning  davri  va 
tuxumlariga ta‘sir etmaydi. 
Muhitning  ayrim  ekologik  omillari  organizmga  bir  vaqtda  ta‘sir  etadi. 
Ushbu  omillarning  ta‘siri  boshqa  omillarning  miqdoriga  bog‗liq  bo‗ladi.  Buni 
omillarning o‗zaro ta‘sir etish qonuniyati deyiladi.  


44 
 
Organizmning normal hayoti uchun ma‘lum darajada sharoit talab yetiladi. 
Agar  barcha  shart-sharoitlar  qulay  bo‗lib,  ulardan  biri  yetarli  miqdorda 
bo‗lmasa,  uni  cheklovchi  omil  deb  ataladi.  Cheklovchi  omil  organizmni  ushbu 
sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi. 
Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi ta‘sir 
etsa,  qurg‗oqchil  hududlarda  esa  namlik  yoki  yuqori  haroratning  ta‘siri 
cheklovchi  hisoblanadi.  Cheklovchi  omillar  faqatgina  abiotik  omillar  bo‗lib 
qolmay,  balki  biotik  omillar  ham  bo‗lishi  mumkin.  Gulli  o‗simliklar  turlarini 
biror  joyga  iqlimlashtirishda  ularni  changlatuvchi  hasharotlar  cheklovchi  omil 
buladi. Cheklovchi omillarnn aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. 
 
3-rasm. Ekologik omillar ta‘sir qilishining natijalari (Radkevich, 1983). 
 
Organizmning  yaxshi  o‗sishi,  rivojlanishi  abiotik  omillarning  optimal 
(zona) sharoiti ta‘sirida bo‗lsa, ularning yomon holati  (nobud bo‗lishi) minimal 
sharoitda,  ya‘ni  abiotik  omillarning  salbiy  ta‘siri  natijasida  yuzaga  keladi  (3-
rasm).  

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish