39
darajasi yoki suv havzasining chuqurligi kabilar ham ana shunday xususiyatga
ega. Ular tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmay, balki bevosita ta‘sir
etgan holda boshqa omillar, ya‘ni harorat, bosim va hokazolarni ta‘rif etish
xususiyatini o‗zgartiradi.
Muhit keng ma‘noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‗rsatuvchi omillar
mavjud. Omillarni ta‘sir etuvchi va hayot sharoiti uchun zarur guruhlarga
ajratish mumkin. Ta‘sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta‘sir
etib, ularning hatto irsiy xususiyatlari yoki boshqa ko‗rinishlardagi
o‗zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga misol sifatida har xil mutagen
omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‗rsatish mumkin.
Hayot sharoiti uchun zarur bo‗lgan omillar o‗z navbatida tirik
organizmlarning yashashi uchun zarur bo‗lgan hayoti va o‗sishini ta‘minlovchi
omillar hamda rivojlanish sharoiti (ontogenezni ta‘minlovchi) omillariga
bo‗linadi.
Yashil o‗simliklarning hayoti uchun zarur bo‗lgan omillar kosmik
(yorug‗lik, harorat) va Yerdagi suv hamda ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu
omillar mavqeyi jihatidan bir-biri bilan barobar, shuningdek, boshqa omil bilan
almashtirib bo‗lmaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli inson yashil o‗simliklar
uchun, zarur bo‗lgan kosmik omillarni boshqara olish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt
bo‗yicha, muhitga, xarakteriga, obyektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini
hisobga olib tasniflanadi.
Ekologik omillarni abiotik (o‗lik tabiatning ta‘siri), biotik (tirik
organizmlar bilan bog‗liq bo‗lgan ta‘sir) va antropogen (insonning faoliyati
natijasida kelib chiqadigan ta‘sir) omillarga bo‗lib o‗rganiladi.
Abiotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iqlim, yorug‗lik, harorat, havo, namlik (har xil shakllardagi
yog‗ingarchiliklar, tuproq va
havoning namligi, qor qoplami).
40
2. Edafik (yoki tuproq gurunt) – tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi,
uning fizik xossalari va boshqalar.
3. Topografik (yoki orografik) – relef sharoiti.
Biotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Fitogen –birgalikda yashayotgan o‗simliklarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri
(mexanik ta‘sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng yashashi) va bilvosita (tirik
organizmlar yashayotgan muhitni o‗zgartirishi) kabi ta‘sirlari;
2. Zoogen – hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik
ta‘sirlar, changlatish, meva va urug‗larni tarqatishi, muhitga ta‘sir etishi kabi
ta‘sirlar;
3. Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizmlar va zamburug‗larning
(parazitlilik, tashqi muhitni o‗zgartirish) ta‘siri.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan
omillardir. Antropogen ta‘sir natijasida tirik organizmlar yashash muhitining
o‗zgarishi o‗z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‗rtasidagi
bog‗lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga (cho‗llarni o‗zlashtirish,
o‗rmonlarni kesib yuborish, pichan o‗rish va mol boqish, suv, tuproq va havoni
sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan iflos-
lantirish va zaharlashga olib keladi. Ba‘zi hollarda biosenozlarning butunlay
yo‗q bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi (1-jadval).
Ma‘lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha
ta‘sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‗lmasin,
ularning tirik organizmlarga ta‘sir etish xarakteri nuqtayi nazardan umumiy
bo‗lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun
ma‘lum darajada qulay ekologik omillar majmuyi talab etiladi.Har bir omilning
organizmga ta‘sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta‘sir etish chegaralari
bo‗ladi. Omilning kuchli ta‘sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki
optimum deb ataladi. Ekologik omil organizmga
haddan tashqari kuchsiz