Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

MOSLASHISH 
 
Sayyoramizda  tirik  organizmlar  bir-birlaridan  keskin  farq  qiluvchi  o‗ziga 
xos  to‗rtta  muhitda  tarqalgan  ekan,  ulardan  biri  hisoblangan  suv  muhitida 
dastlab  hayot  kelib  chiqqan.  Keyinchalik  tirik  organizmlar  quruqlikka  chiqib, 
tuproq hosil bo‗lishida qatnashadi va uni egallaydi. Shuningdek, havo va boshqa 
bir  tirik  organizmni  ichida  yoki  sirtida  ham  tarqaladi.  Demak,  bizga  ma‘lum 
bo‗lgan  tirik  tabiat  va  uning  tarkibiy  qismlari  hisoblangan  uvoqlilar, 
zamburug‗lar,  o‗simliklar  va  hayvonlar  ana  shu  muhitlarda  yashashga 
moslashganlar.  Xo‗sh,  moslashishning  o‗zini  qanday  tushunish  kerak? 
Moslashish  yoki  adaptatsiya  ayrim  individlar,  populatsiyalar,  tur  yoki 
jamoalarning  morfofiziologik  xulqiy  va  axborot  biosenotik  xususiyatlarining 
majmuyidan  iborat  bo‗lib,  boshqa  individlar,  populatsiyalar,  tur  yoki  jamoalar 
bilan yashash uchun kurashda g‗olib chiqishga sababchi bo‗ladigan, shuningdek, 
abiotik muhit omillarining ta‘siriga chidamliligini ifodalaydi.  


37 
 
Moslashish  turli  darajalarda  va  ko‗rinishlarda  namoyon  bo‗ladi.  Masalan, 
harorat  omiliga  moslashish  molekular  darajadan  boshlab  to  biosenotik 
darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko‗pchilik o‗simliklar ortiqcha qizib ketishdan 
saqlanish uchun boshqa o‗simlik turining soyasida o‗sadi. Bu yerda moslashish 
biosenotik darajada namoyon bo‗lmoqda. Asalarilarning uyalari haddan tashqari 
qizib  ketganda  qanotlarini  qoqib  uyani  sovutishi  jamoa  darajasidagi 
moslashishga misol bo‗ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi 
yoki  o‗simliklarni  transpirasiya  yordamida  barg  yuzasini  sovutishi  kabilar 
organizm 
darajasidagi 
moslanishlardir. 
Kuchli 
yorug‗lik 
ta‘sirida 
xloroplastlarning  hujayra  devori  ostida  ma‘lum  bir  tartibda  joy  olishi  hujayra 
darajasidagi,  termofil  mikroorganizmlarning  oqsillarini  yuqori  harorat  ta‘siriga 
chidamliligi esa molekular darajadagi moslashish hisoblanadi. 
Moslashishning 
ko‗rinishlari 
morfologik, 
fiziologik 
va 
xulqiy 
moslashishlarga ajratiladi. 
Morfologik  moslashishlarga  misol  qilib,  suv  muhitida  gidrobiontlarning 
suvning  qarshiligini  kesib  yurishga  mos  tana  tuzilishi,  shuningdek,  plankton 
organizmlarning  suvda  osilgan  holda  yashashi  kabilar  hisoblansa,  o‗simliklar 
dunyosida  cho‗l  sharoitida  minimum  suv  sarflashga  moslashish  sifatida 
barglarning  reduksiyalanishi  yoki  butunlay  bo‗lmasligi  kabilarni  ko‗rsatish 
mumkin. 
Fiziologik  moslanishlarga  hayvonlarda  ozuqa  tarkibiga  ko‗ra  ovqat  hazm 
qilish tizimida fermentlarning ma‘lum turlarini uchrashi yoki cho‗lda yashovchi 
hayvonlarning suvga bo‗lgan talabini qondirish uchun yog‗larning biokimyoviy 
oksidlanishdan  foydalanishi  kabilar  kiradi.  O‗simliklarda  kuzatiladigan 
fotosintez  jarayoni  ham  boshqa  biokimyoviy  jarayonlar  atmosferadagi  gazlar 
tarkibiga bog‗liqdir. 
Xulqiy  yoki  ekologik  moslashishlar  hayvonlar  uchun  xos  bo‗lib,  turli 
shakllarda namoyon bo‗ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o‗rtasida 
normal  issiq  almashinuvi  uchun  uya  qurish  (boshpana  topish),  qulay  sharoitli 


38 
 
joyni  izlab  topish,  shuningdek,  qushlar  va  sut  emizuvchilarda  sutkalik  va 
mavsumiy  ko‗chib  yurishlari  ma‘lum.  Hayvonlar  faqat  harorat  omiliga  xulqiy 
tomondan  moslashib  qolmay,  balki  namlik,  yorug‗lik  va  boshqa  ko‗pchilik 
ekologik omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o‗ljani 
izidan yurish, kuzatish kabilarda hamda o‗ljaning javob reaksiyalarida ko‗rinadi.  

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish