Ekologiyaning boshqa fanlari bilan aloqadorligi
Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda tez rivojlanayotgan
tarmog‗i bo‗lib, tabiatda uchraydigan jonli organizmning bir-birlari va ular
yashayotgan muhit bilan bo‗layotgan munosabatlarni o‗rganadi. Shuningdek,
ekologiya jonli organizmlarning rivojlanishi, ko‗payishi, tarqalishi, o‗zgarishi
hamda ular hosil qiladigan murakkab ekologik birikmalar qonunlarini ham
o‗rganadi.
Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiat o‗rtasidagi munosabatlarning
o‗zgarishiga olib keladi. Salbiy kuchlar ta‘sirida tabiatning holati o‗zgara boradi.
Buning natijasida tabiiy voqelikni o‗rganadigan ekologiya fani turli biologik va
nobilogik fanlar bilan tabiiy ravishda bog‗lana boshlaydi. Masalan, u o‗simlik va
hayvonlarning soni hamda sifati, tashqi qiyofasini, yashash joylarini, tarqalishini
o‗rganadigan botanika, zoologiya, sistematika, morfologiya, floristika, biogeog-
rafiya kabi fanlarga bog‗liqdir (1-rasm).
Ekologiya o‗simliklar, hayvonlar va odamlarning fiziologik holatini
o‗rganuvchi fiziologiya fani bilan ham chambarchas bog‗lanadi va natijada
29
«Fiziologik ekologiya» yo‗nalishi vujudga kelib, bu ikki fan yutuqlari bir-birini
to‗ldiradi.
1-rasm. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ekologiya o‗simlik va hayvonlarning turli joylarga moslashishi,
mintaqalarga xosligini aniqlashda geografiya fani bilan, turlarning nasliy
belgilarini nasldan-naslga o‗tishi, ularga muhit ta‘sirini o‗rganish jarayonida
ekologiya o‗z navbatida genetika fani bilan aloqada bo‗ladi.
Organizmlarni o‗rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari
ta‘sirini aniqlashni ekologiya nobiologik fanlarga, ya‘ni iqlimshunoslik,
landshaftshunoslik, meteorologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik kabi
fanlarga bog‗lanadi, chunki organizmning o‗sish, rivojlanish va ko‗payish
jarayonlari iqlim, yerning tuzilishi, tuproqning tabiiy va kimyoviy holatlari bilan
bog‗liqdir.
Hozirgi vaqtda turli shahar va qishloqlarda aholi uchun uy-joylarni, sanoat
markazlarini tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurishni rejalashtiradigan
«me‘morchilik ekologiyasi», tabiatdagi salbiy holatlarni aniqlaydigan, turli
30
ekologik chora-tadbirlarni ishlab chiqaradigan, muhitning ifloslanishini,
zararlanishini to‗xtatadigan «ekologik ekspertiza» kabi yo‗nalishi, EHM
apparatlari hisoblari asosida matematik yo‗llar bilan ekologik modullar yaratish
kabi yo‗nalishlar ham rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |