Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Ekologiyada qo‗llaniladigan uslublar



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Ekologiyada qo‗llaniladigan uslublar  
 
Ekologik  ilmiy-tadqiqotda  ko‗pincha  tasviriy,  taqqoslash,  tajriba  hamda 
ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Ekologiyada tajriba va 
modellashtirish  uslublaridan  nisbatan  keng  foydalaniladi.  Tajriba-tadqiqotchi 
tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma‘lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. 
Tajribada ma‘lum obyektga (individ, populatsiya, biogeosenoz) ta‘sir etayotgan 
omil  kuchining  ortishi  yoki  kamayishi  namuna  bilan  taqqoslanadi.  Tajriba 


26 
 
natijalari  haqida  ko‗rsatkichlari  o‗zgarishiga  qarab  xulosa  qilinadi.  Buning 
uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur.  
Ilmiy  tadqiqot  ishlari  laboratoriya  va  dala  sharoitida  olib  boriladi.  Dala 
sharoitida  olib  boriladigan  tajribalarda  turli  qishloq  xo‗jaligi  ekinlarini 
sug‗orish,  o‗g‗itlash,  tuproqqa  har  xil  ishlov  berish,  ekologik  omillarning 
hayvonlar  mahsuldorligiga  ta‘siri  kabi  tadqiqotlar  o‗tkaziladi.  Ana  shunday 
tajribalar yovvoyi o‗simliklar va hayvonlarda ham olib boriladi.  
Ekologik  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  laboratoriya  eksperimenti  keng 
yoyilmagan, chunki laboratoriya ishlari tabiiy sharoitga to‗liq to‗g‗ri kelmaydi. 
Lekin  tirik  organizmdagi  hayotiy  jarayonlarning  ba‘zi  tomonlarini  laboratoriya 
sharoitida  aniqlash  mumkin. G.F.Gauze  infuzoriyalar ustida olib  borgan tajriba 
natijalari asosida turlar o‗rtasidagi raqobatni yo‗qotish prinsirini ishlab chiqqan.  
Modellashtirish  tabiatni  yaxlit  bir  tizimi  sifatida  qaralib,  uni  o‗rganishda 
tizimli  uslubdan  foydalaniladi.  Bu  uslubning  metodologik  asosi  shundan 
iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va shaklda bir-birlari bilan o‗zaro 
aloqada hamda rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o‗rganishdan asosiy maqsad 
uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir.  
Model  olamdagi  muayyan  hodisani  abstrakt  tasvirlashdan  iborat  bo‗lib, 
ushbu  hodisani  nisbatan  oldindan  aytib  berish  imkonini  beradi.  Odatda  model 
so‗z  bilan  yoki  grafik  tarzda  ifodalanadi.  Ammo  biz  uchun  aniq,  miqdoriy 
ma‘lumotlar  kerak  bo‗lsa,  unda  statistik  va  qat‘iy  matematik  model  bo‗lishi 
lozim.  Masalan,  hasharotlar  populatsiyasidagi  individlar  sonini  ma‘lum  vaqtda 
o‗zgarish  imkonini  beradigan  matematik  tasvirlash  biologik  nuqtayi  nazardan 
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Agarda  o‗rganilayotgan  populatsiyamiz 
zararkunanda  tur  bo‗lsa,  unda  modul  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  bo‗ladi.  Model 
ko‗rsatkichlarini EHMda ishlab chiqish unga ba‘zi o‗zgartirishlarni kiritish yoki 
avvalgilarini  olib  tashlash,  yangilash  kabi  imkoniyatlar  yaratadi.  Ya‘ni, 
matematik 
modellarni 
hisoblash 
mashinalari 
yordamida 
«sozlash», 
takomillashtirish va haqiqiy hodisaga yaqinlashtirish mumkin.  


27 
 
Modellashtirish  jarayoni  umumlashtirish  uchun  ancha  qulay  imkoniyat 
beradi, shuningdek hodisaning ba‘zi tomonlarini aniq ma‘lumot bilan to‗ldirish 
yoki  yangi  nazariy  xulosalar  chiqarishga  yordam  beradi.  Model  «ishlamay 
qolsa»,  ya‘ni  haqiqatga  uncha  to‗g‗ri  kelmasa,  EHM  tomonidan  o‗zgartirishlar 
kiritilishi  va  yaxshilash  zarurligini  aytib  beradi.  Model  haqiqatni  to‗g‗ri  aks 
ettirsa tajriba uchun keng imkoniyatlar ochib, tizimga yangi omillarni kiritish va 
ularning ta‘sirini aniqlash mumkin bo‗ladi.  
Matematik  va  konseptual  modellar  ajratilib, konseptual  model  ma‘lum  bir 
ekotizimni  ilmiy  tasvirlovchi  shakllar  majmuyi  yoki  tizimi,  jadval,  grafiklar  va 
boshqalardan  tashkil  topadi.  Masalan,  energetik  model  shakllardan  tashkil 
topgan  bo‗lib,  unda  bloklar  har  bir  blokdagi  enegriya  zaxirasi  hamda 
energiyaning harakat yo‗nalishi kabilar ifodalanadi.  
Matematik  modellar  bir  necha  differensial  tenglamalar  va  tengsizliklar 
yig‗indisidan  iborat  bo‗lib,  u  yoki  bu  omilning  ta‘sir  etuvchi  o‗zgarishini 
modelning o‗zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.  
Biz  populatsiyalardagi  murakkab  hodisalarni  matematik  modellar 
yordamida o‗rganmoqchimiz, ya‘ni populatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan 
tanishmoqchimiz.  Bu  yerda  populatsiyaning  miqdoriy  dinamikasi  uning  jinsiy 
va  yosh  tuzilmasi,  tashqi  muhit  ta‘siri,  evolutsiyaning  har  xil  natijalari  bilan 
bog‗lab  o‗rgatiladi.  Jonsiz  olamda  dinamik  jarayonlar  juda  ko‗p  uchratiladi. 
Ularni  modellashtirish  ham  oson.  Ammo  tirik  organizmlar  uchun  dinamik 
modellar  yaratish  nisbatan  qiyin.  Shuning  uchun  dinamik  modellar  yaratishdan 
avval  statistik  modellar  bilan  shug‗ullanilgan.  O‗simlik  barglarining  joylashish 
tartibini  yoki  moluska  chig‗anoqlarining  tuzilishini  spiral  chiziqlar  qonuniyati 
yordamida tushuntirishga harakat qilish statistik modellashtirishga misol bo‗ladi.  
Dinamik  modellar  shaxsning  o‗tmishiga  oid  bo‗lib, ularni  Belgiyalik  olim 
Adolf  Ketls  tuzgan  edi.  Model  voqelikni  aniq  aks  ettirish,  uning  kelib  chiqish 
qonuniyatlarini  saqlab  qolishi  kerak.  Model  tuzilgandagi  mushohada,  olingan 
model  bir-biriga  o‗xshash  juda  ko‗p  hodisalarning  ma‘nosini  ochishga,  ularni 


28 
 
tahlil  qilishga  imkon  beradigan  darajada  bo‗lishi  lozim.  Model  tuzganda  biz 
individlarning  turli  va  tirik  qolish  mexanizmlarini  populatsiyadagi  ichki 
aloqalarga  bog‗lashimiz,  populatsiya  ko‗rsatkichlarini  esa  biotik  va  abiotik 
muhit  orqali  aniqlashimiz  kerak.  Bundan  tashqari,  individlarning  genetik 
xususiyatlari ham muhim rol o‗ynaydi. Ma‘lumki, tabiatda bir jinsli populatsiya 
yo‗q.  Individlar  genotiri  nasllar  soniga,  ko‗payish  jarayoniga  katta  ta‘sir 
ko‗rsatadi.  Demak,  populatsiyaning  har  bir  guruhi  o‗ziga  xos  ko‗payish 
ko‗rsatkichlariga  ega  bo‗ladi.  Bu  omillarni  hisobga  olmay  turib  to‗g‗ri  model 
tuzish  mumkin  emas.  Matematik  modellash  biologik  va  ekologik  hodisalarni 
aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta 
ahamiyatga ega. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish