1. Ekologik muammo deganda, insonning tabiatga ko‗rsatayotgan ta‘siri
bilan bog‗liq holda tabiatning insonga aks ta‘siri, ya‘ni uning iqtisodiyotida,
hayotida xo‗jalik ahamiyatiga molik bo‗lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan
bog‗liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o‗zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‗chib
ketishi va b.) har qanday hodisa tushuniladi.
Ekologik muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Umumbashariy (global).
2. Mintaqaviy (regional).
3. Mahalliy (lokal).
Dunyo bo‗yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof
antropogen hodisalar – umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday
muammolarga ba‘zi bir misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |