Fosforli o’g’itlarning ahamiyati. Fosfor o’simliklar ozislanishida umuman yer yuzidagi hamma mavjudotlar hayotida juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun uning tuproqdagi miqdori, o’zgarishi hamda fosforni tabiiy jarayonlar natijasi va ta’sirida tuproqdagi dolati, undan o’simliklar foydalanishi va boshqa masalalar dehqonchilikda, shu jumladan paxtachilikdagi muammolar doim mutaxassislar diqqatini jalb qilib kelgan.
Fosfor kislotasi bo’lmagan sharoitda birorta tirik xujayra hayot kechdira olmaydi. Hujayra yadrosidagi eng ahamiyatli modda bo’lgan nukleoproteidlar o’z tarkibida fosfor kislotasini sadlaydi. Nukleoproteidlar oqsilning nuklein kislotasi bilan qo’shilmasidir. Demak fosfor o’simliklarning organik va mineral moddalari tarkibida bo’ladi. O’simliklardagi mineral shakldagi fosfor ko’proq ortafosfor kislotasining kalsiy, kaliy va magniy tuzlaridan tashkil topgan. O’simlik tarkibidagi fosforning eng asosiysi organik birikmalarga kiruvchi fosforddir. Ular orasida nuklein kislotalari birinchi o’rinda turadi. Nuklein kislotalari yuqori molekulyar murakkab moddalar bo’lib, ular o’simlik hayotining asosiy jarayonlarida — o’sishi hamda rivojlanish, oqsil hosil qilish va irsiyat xususiyatlarini berishda qatnashadi. Nuklein kislotalari tarkibidagi fosfor 20 foiyaga yaqinddir.
O’simliklarda asosan ikki turdagi ya’ni ribonuklein (RNK) va dezoksdiribonuklein (DNK) kislotalari mavjudddir. Bu ikki nuklein kislotasining bir-biridan farki ulardagi karbon suvlarining (uglevodlar) tarkibi va azot asosining tarkibining xar xilligidadir. O’simlik tarkibidagi boshqa organik moddalar ham (linoidlar, fosfatidlar, fitin va boshqalar) fosfor saqlaydilar.
Ma’lumki, fosfatidlar o’zlarining fizik va kimyo-viy xossalari bilan moylarga uxshaydi va ular tarkibida fosfor, azot yoki faqat fosfor borligi bilan farq qiladi. Fosfatidlar o’simlikning hamma qismpda mavjud bo’lib, ular protoplazma strukturalarini hosil qilishda ishtirok etadilar. Fosfatidlar gruppasining asosiy vakili letsitin bo’lib u hujayralarning sitoplazmasida uchraydi va asosan, uruglarda tuplanadi.
Letsitin tarkibida 1,37 foiz fosfatid P2 O5 bor. O’simlikni fosfor bilan ozislantirish kuchaytirilsa, uning tarkibida fosfatidlar ko’payadi. Ular protoplazmaga ijobiy ta’sir ko’rsatib, o’simlik suv rejimini va modda almashuv jarayonini ijobiy tomonga o’zgartdiradi. O’sish davrida tuproqda fosfor solinsa, g’o’zaning' rivojlanishi tezlashadi.
Fitin bu inozitfosfor kislotasining kalsiili — magniyli — kaliyli tuziddir. U olti atomli inozit spirti va olti molekulali fosfor kislotasi bo’lib efirsimon birikmaddir. Uning tarkibida 27,5% P2O5 bor. Fitin o’simlikning yosh organ va tusimalarida, asosan uruglarida ko’proq bo’ladi. Chigit tarkibida 1,13 — 2,64 foiz fitin borligi aniqlangan. Fitin oson gidrolizlanib, fosfor kislotasini ozod qilishi mumkin. O’simlik bu fosfordan, ayniqsa, uruglar unib chiqish va nihol hosil qilish paytida yaxshi foydalanadi. O’simlik to’qimalarida doimo mavjud bo’lgan fosfor birikmalarining gruppalaridan biri fosfor efirlarining qandlari yoki qand fosfatlaridir. Bu birikmalar o’simlikning nafas olishida, fotosintez jarayonida, oddiy moddalardan murakkab uglevodlarni sintez qilishda, uglevodlarning o’zgarishida va boshqa hayotiy hodisalarda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda o’simliklar tarkibida o’ndan ortiq shunday birikmalar borligi aniqlanib, ular modda almashinuv jarayonida ishtirok etadilar. Qand fosfatlarning miqdori o’simlik yoshiga oziqlanish sharoiti va boshqa sabablarga qarab 0,1— 1.5 foizgacha o’zgarib turadi. Fosfor yetishmagan taqdirda o’simlikda mavjud bo’lgan barcha jarayonlar — fotosintez va nafas olish, modda almashinuv hodisalari buziladi.
G’o’zadagi organik moddalar tarkibida fosfordan tashqari anorganik fosfatlar ham bo’ladi. Agar o’simlik fosfor bilan ko’p miqdorda ta’minlangan bo’lsa, uning tarkibidagi anorganik fosfor ko’payib ketadi. G’o’zaning barglarida, poyasi va shoxlarida anorganik fosfor miqdori organik fosforga nisbatan ko’payib ketish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Anorganik fosfor ham organik fosforga o’xshash har bir o’simlik hujayrasining zarur moddasi hisoblanadi.
Juda ko’p ilmiy tadqiqotlarning natijasiga qaraganda hamma tirik mavjudotlarning organizmidagi azot moddalarining almashuvida fosfor kislotasining ahamiyati beqiyos kattaddir. Bu esa o’simliklarni oziqlantirishda azot bilan fosforning nisbati ma’lum miqdorda bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Agar mana shu nisbatda fosfor yetarli bo’lmasa, o’simlikda modda almashinuv jarayoni keskin bo’znladi. Demak fosfor o’simlik hayotidagi juda ko’p biologik jarayonlarda bevosita ishtdirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |