Chorva mollari go’nggi tarkibidagi quruq modda, azot va kul elementlar mivdori, %
(X. Q Asarov, 1989)
Hayvon turi
|
quruq
modda
|
N
|
R205
|
K20
|
SaO
|
MyoO
|
S04
|
Qattiq ajratmalarda
|
Yirik shoxli qoramol
Otlar
Qo’ylar
cho’chqa lar
|
16
24
35
18
|
0,29 0,44 0,55 0,60
|
0,17 0,35 0,31 0,41
|
0,10 0,35 015 0,26
|
0,35 015 0,46 0,09
|
0,13 0,12 0,15 0,10
|
0,04 0,06 0,14 0,04
|
Tushamalar bilan go’ng tarkibiga qo’shimcha oziq moddalar kiritiladi va ular mikroorganizmlar ishtirokida parchalangach, o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tadi
-jadval.
Tushamalar tarkibidagi oziq; moddalarning o’rtacha mivdori, %
(A. V. Peterburgskiy, 1989)
Tushama turi
|
Namlik
|
N
|
R205
|
K20
|
SaO
|
Bug’doy somoni
|
14,3
|
0,50
|
0,20
|
0,90
|
0,30
|
Javdar somoni
|
14,3
|
0,45
|
1,00
|
0,30
|
0,30
|
Suli somoni
|
14,0
|
0,65
|
0,35
|
1,60
|
0,40
|
Dunglik torfi
|
25,0
|
0,80
|
0,10
|
0,07
|
0,22
|
Botiqlik torfi
|
30,0
|
2,25
|
0,30
|
0,15
|
3,00
|
Daraxt bargi
|
14,0
|
1,10
|
0,25
|
0,30
|
2,00
|
Qipiq
|
25,0
|
0,20
|
0,30
|
0,74
|
1,08
|
Chorva mollarining suyuq, ajratmalari va ajralib chiqadigan ammiak tushama tomonidan yutiladi. Somon, dunglik va botiqlik torflarining bir qismi mos ravishda 2—3, 5—7 va 10—15 kiyem suknushkni shimadi.
Tushamalar go’ngning namligini kamaytiradi, g’ovakligini oshiradi va oson parchalanishiga yordam beradi. Tushamali go’nglarni tashish va tuproqda kiritish ancha yengil. Tushama sifatida somon va torfning ahamiyati katta. Ba’zan yog’och qipig’idan ham foydalanish mumkin, lekin bunda go’ngning sifati pasayadi. Qipiqli go’nglar kompost holatida ishlatilishi kerak.
Maydalangan somon va namligi 30—35%dan kam, 25—30% chirigan torf eng yaxshi tushama hisoblanadi.
Tushamani sarflash me’yori material sifatiga, chorva molining turi va ularga beriladigan yem-hashakning miqdori hamda tuyimliligiga bog’liq. Bir kecha-kunduzda bir bosh chorva moli uchun sarflanadigan tushama miqdori qo’yidagi jadvalda keltirilgan.
46-jadval.
Bir bosh chorva moli uchun bir kecha-kundo’zda sarflanadigan tushama miqdori, kg.
(D. A. Korenkov, 1980)
Chorva moli turi
|
Somon
|
Torf
|
Qipiq
|
Yetuk qoramollar Bo’zoklar
Otlar
Chuchkdlar
Qo’ylar
|
3-6
2-3
3-5
1-3
0,5-1
|
7-20
3-10
4-10
0,5-3
|
4-6
2-4
2-4
1-3
|
Saqlash jarayonida tushamali go’ng tarkibining o’zgarishi. Saqlash jarayonida mikroorganizmlar go’ng tarkibidagi qattiq va suyuq moddalarni oddiy mineral moddalarga qadar parchalaydi, ammiak shakldagi azotning bir qismi amid shakldagi azotga aylanadi. Saqlash jarayonida ammiak shakldagi azot ko’proq siydikning parchalanishi hisobiga yuqoladi.
Go’nglarni chirish darajasiga ko’ra ajratish.
Chirish darajasiga ko’ra yangi, chala chirigan, chirigan go’nglar va chirindi farqlanadi.
Tarkibidagi tushama sifatida ishlatilgan somon o’z tabiiy rangi va mustaxkamligini saqlab qolgan go’ng— yangi go’ng deb yuritiladi. Bunday go’ngdan tayyorlangan suvli surim kizgish-sariq yoki yashiltob tusda bo’ladi.
Chala chirigan go’ngda somon o’z mustaxkamligini yuqotib, tuq jigarrang tusga o’tadi. Suvli surimi kuyuq, qoramtir tusli. Massasi yangi go’ng massasiga nisbatan 20—30% kamayadi.
Chirigan go’ng — qora yopishkrq massa, tarkibida somon yoki boshqa tushama bor-yukdigi sezilmaydi. Suvli surimi rangsiz. Massasi yangi go’ng massasining yarmiga teng.
Chirindi — organik moddaga boy, qoramtir tusli, bir jinsli massa. Massasi yangi go’ng massasining 25% iga yaqin.
Go’ngni obdon chiritib, keyin tuproqda kiritish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda go’ng tarkibidagi organik moddalar va azotning ko’p qismi isrof bo’ladi.
Tushamali go’ngni saqlash usullari. Go’ngni saqlashning bir nechta usuli mavjud. Shulardan biri go’ngni bevosita chorva mollari ostida tuplashdir. Bunda mollarning ostiga 30—50 sm qalinlikda somon tushaladi. Ajratmalar va tushama aralashib, zichlashib yotaveradi. Shu usul bilan tuplangan go’ngni zich, g’ovak-zich va g’ovak usullarda saqlash mumkin.
Zich saqlash usulining moxiyati qo’yidagicha: go’ng eni 5—6 m, qalinligi 1 m (o’zunligi ixtiyoriy) qilib uyuladi va yaxshilab shibbalanadi. Ustiga yana 1 m qalinlikda go’ng tashlanadi va yana zichlanadi. Bu tadbir uyumning balandligi 2,5—3,0 m bo’lguncha davom ettiriladi. Oxirida uyumning usta 8—15 sm kdlinlikdagi somon yoki torf bilan qoplanadi va ustiga yupqa tuproq qatlami tashlanadi.
Zich saqlash usulida go’ng anaerob sharoitda parchalanadi. Uyum ichidagi harorat qishda 20—25, yozda esa 30— 35 darajani tashkil qiiadi. Go’ngning barcha g’ovaklari karbonat angidrid va suv bug’lari bilan tulganligi sababli ammoniy karbonatning ammiak va karbonat kislotaga aylanishi sodir bo’lmaydi. Zich saqlash usulini qullab, 3—4 oy o’tgach chala chirigan, 7—8 oydan keyin esa tula chirigan go’ng olish mumkin.
G’ovak — zich saqlash usulida esa go’ng 1 m qalinlikda tashlanadi va shu holatda 3—5 kun kqoldiriladi (bunda harorat 60—70 darajagacha kutariladi). Keyin yaxshilab shibbalanadi va ustiga yana shuncha go’ng tashlanadi va yuqorida aytilgan tadbir takrorlanadi.
Saklshning birinchi bosqichida (zichlashga qadar yermofil bakteriyalar ishtirokida jadal aerob jarayon ketadi. Yuzaga keladigan yuqori harorat oshqozxon-ichak xastaliklarini ko’zgatuvchi mikroorganizmlarni va begona o’t urug’larini nobud keladi.
Saqlashning ikkinchi bosqichida (zichlashdan keyin) tung massasining harorati 30—35 darajaga tushadi va chirish anaerob sharoitda davom etadi. G’ovak-zich saqlash usulida 1,5—2,0 oy ichida chala chirigan, 4—5 oy ichida esa tula chirigan go’ng hosil bo’ladi.
G’ovak saqlash usulida go’ng massasi zichlanmasdan, shundayligicha qoldiriladi. Aerob sharoitda chirish natijasida yuqori harorat yuzaga keladi va ko’p miqdorda azot, organik moddalar yo’qoladi, go’ng shaltog’i oqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |