O’g’itlarning tuproq, xossalariga salbiy ta’siri
Tuproq biosfera zanjirining muhim xalqasi bo’lib, u kiritiladigan o’g’itlarnig murakkab ta’siriga uchraydi va qo’yidagi o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin:
1) tuproq muhitning nordonlashuvi yoki ishqoriylashishi;
2) agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarining o’zgarishi;
3) ionlarning almashinib yutilishi yoki tuproq eritmasiga siqib chiqarilishi;
4) biogen va zaharli elementlarning yutilishi;
5) gumusning parchalanishi yoki tutshanishi;
6) tuproq va o’g’it tarkibidagi oziq, moddalarning yutilishiga kumaklashish yoki qarshilik qilish;
7) elementlar mobilizasiyasi yoki immobilizasiyasining o’zgarishi;
8) ionlar antagonizmi yoki sinergizmining namoyon bo’lishi va shu asosda o’simliklar oziqlanishiga ta’sir kursatishi.
Tuproqda ohak kiritilishi nordon tuproqlar muhitini mu’tadillashtiradi, muntazam ravishda fiziologik nordon yoki ishqoriy o’g’itlarni qo’llash tuproq muhitining o’zgarishiga sezilarli ta’sir kursatadi.
Mineral o’g’itlar tuproqdagi ayrim elementlarning holatiga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, tuproqda fiksasiyalangan fosfor undagi ruxning harakatchanligini cheklaydi. Lekin shu bilan bir qatorda fosforli o’g’itlar marganes, mishyaq qo’rg’oshin, vanadiy va stronsiy kabi elementlarning harakatchanligini oshiradi. Mazkur elementlarning, jumladan qo’rg’oshinning yem-hashak tarkibidagi miqdori 10—15 mg/kg dan oshib ketsa, chorva mollariga salbiy ta’sir kursatadi.
Fosforli o’g’itlar o’z tarkibida turli miqdorda rux tutadi. Avstraliyada tayyorlanadigan fosforli o’g’itlardagi rux miqdori 182—300 mg/kg ga yetadi. (Tuproqdagi rux miqdori 100—300 mg/kg dan oshsa, o’simliklarga zarar qiladi).
Avtomobil yullari, aeroportlar va yirik metallurgiya korxonalariga yaqin maydonlarda og’ir metallarning miqdori keskin oshadi.
Ma’lumki, har bir oziq elementi o’simlik tanasida, ma’lum funksiyani bajaradi va tabiiyki ularning tanqisligi yoki me’yoridan ko’pligi o’simlikning tashqi belgilarida namoyon bo’ladi. Lekin shu bilan bir qatorda oziq moddalar o’simliklarga bilvosita yul bilan ham ta’sir kursatadi. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra o’g’it tarkibidagi azot o’simliklardagi zamburug’ kasalliklarning kuchayishiga yordam beradi. Masalan, R.funiculosum zambururining faolligi azotli o’g’itlar ta’sirida kuchayadi. Ammiakli selitra vilt kasalligining jadalligiga boshqa azotli o’g’itlarga nisbatan ko’proq yordam beradi. Shuningdek ammoniy sulfat Fusarium OphiobolusVerticullium kabi bir kator kasallik tug’diruvchilarning faolligini susaytirishi ham tadqiqotlar asosida isbotlangan.
O’simliklarning oziq elementlari bilan ta’minlanganligi va ularga zarar yetkazadigan hasharotlar soni o’rtasida ham. muayyan bog’liqlik mavjud. O’simliklar kaliy bilan yaxshi ta’minlanmagan sharoitlarda ularga hasharotlar katta zarar yetkazadi.
Tuproq hosil bo’lishi va unumdorligida mikroorga-nizmlarning roli katta. 1 g soglom va unumdor tuproq tarkibida 3 mlrd, ga yaqin mikroorganizm bo’lib, ular plazmasining massasi yarim metrli tuproq qatlamida 8—12 t/ga ni tashkil etadi. Ular ekinlarning vegetasiya davrida 18-27 marta urchiydi. 1 ga maydonda 5—6 mln. dona yomg’ir chuvalchanggi uchraidi. Tuproqdagi tirik organizmlar turli-tuman vazifalarni bajaradi: ona jins va organik moddalarni o’z tanalaridan o’tkazadi, tuproqni yumshatadi va donadorlashtiradi, atmosferadagi molekulyar azotni fiksasiyalaydi, fiziologik faol moddalarni sintezlaydi. Lekin tuproqlarni noto’g’ri ishlash, ayniqsa, kimyoviy moddalar (mineral o’g’itlar va pestisidlar) ga haddan tashqari ruju qo’yish oqibatida tuproqdagi mikroorganizmlar soni keyingi 50 yil ichida 3 marta kamayib. 1 g tuproqda o’rtacha 0,7— 1,0 mlrd, donani tashkil etmokda.
Sug’oriladigan dehqonchiligida tuproq qoplamining mineral o’g’itlar va pestisidlar bilan ifloslanish jarayonlarining xossa va xususiyati, kimyoviy, biologik tarkibi hamda unumdorlikka ta’siri masalalar.
Pestisidlar zaharli moddalar bo’lib, yovvoyi va zararkunanda o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan gerbisidlar, hashoratlarga qarshi ko’rashda — zoosidlar, insektisidlar, okarisidlar va o’simlik kasalliklariga qarshi ishlatiladigan fungisidlar deyiladi. O’zbekiston va boshqa paxta eqiladigan mamlakatlarda yetishtdirilgan paxta hosilini terishda mexanizmlarni ishlatilishi uchun g’o’za barglari defoliantlar yordamida tuqiladi. Zararkunanda o’simlik va hashoratlar qishloq xo’jaligida yetishtdiriladigan hosilni 35-40% ga kamaytirib yuboradi, ya’ni 75 milliard dollardan oshiq zarar keltiradi.
Pestisidlar zararli hashorat va o’simlik rivojlanishiga ta’sir qilish bilan birga tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarga fiziologik ta’sir etib uning faoliyatini pasaytirib yuboradi. Pestisidlarning organizmlarga ta’siri iklim, yer —suv sharoiti va tuproqka solinadigan miqdoriga bog’liqdir.
Pestisidlar tarkibi, kelib chiqishi va o’simlik hamda hayvonot dunyosiga ta’siri bilan birnecha qismga bo’linadi:
1. O’simlik mahsulotidan tayyorlangan biosidlar, ularga pdiretrum va nikotin moddalari kiradi. Kuchsiz ta’sir qilishi tufayli ular kam ishlatiladi.
2. Ftor va mishyakning neorganik birikmalari qishloq xo’jaligida juda kuchli zahar moddasi bo’lganligi uchun kam ishlatiladi.
3. Organik moddalar 1) xlorlangan uglevodorodli— dixlorifenil uchxloretan (DDT), geksoxloran, taksofan natriyning uchxlorasetati, dolopan va boshqa birikmalar, 2) diyenlar ya’ni geksoxlor siklopentodiyenxlordan, gektaxlor, aldrin, dieldrin, sevin va boshqa lar, 3) fosforli organik birikmalar — fosfor kislotaning murakkab efirlari (FOS) — metafos, metilmerkaptofos, metilnitrofos, soyfos va boshqa lar.
4. Korbonatlar — karbamid kislotasining efirlari, ularga karbation, karbin, polikarbazin, betanol, triallat, tillam va boshqalar.
5. Almashilgan mochevinalar — fenuron, manuron, diuron, arezin, kataran va boshqalar.
Pestisidlar hayvonot va o’simlik dunyosiga yoppasiga va tanlab ta’sir etishiga binoan bir necha qismga ajratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |