O’g’itlarning xossa va sifatlarini yaxshilash — ekologik muammolarni yechishda muhim tadbir
Mineral o’g’itlarning agrokimyoviy, fizikaviy va mexanikaviy xossalaridagi nomukammallik salbiy oqibatlarga olib keladi.. Masalan, o’g’itlar (ayniqsa, mochevina) tuproqda yuza kiritilsa, isrofgarchilik oshadi. Hindiston va Fransiyada amalga oshirilgan tajribalarda rN va tuproq haroratining kutarilishi o’g’itlar nobudgarchiligining oshishiga sabab bo’lishi aniqlangan.
Ma’lumki, azotli o’g’itlar tarkibidagi nitratlar juda harakatchan bo’lib, yuvilishga moyildir. Lekin azotning barcha shakllari oxir-oqibat nitrat shaklga o’tadi. Mazkur jarayon ayrim omillar ta’sirida tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Jarayonni sekinlatishning asosiy yullaridan biri o’g’itlarni nitrifikasiya ingibitorlari(N-Serve, Extend, Am, ATG, nitropirin va boshqalar) bilan qo’llashdir. Tadkiqotlarning natijalariga ko’ra ingibitorlar ta’sirida o’g’itlar tarkibidagi azotning foydalanish koeffisiyenti 10—15% ga oshadi, isrof bo’lishi esa 1,5—2,0 marta kamayadi.
N-Serve ingibitoridan foydalanishda paxtadan 3,2, kartoshkadan 34,0, kuzgi bug’doydan 1,7 s/ga qo’shimcha hosil olingan.
Tuproqqa azotli o’g’itlar me’yoridan ortiq kiritilsa, ingibitorlarning ta’siri kamayadi yoki umuman yuqoladi.
Zamonaviy agrokimyo oldida turgan asosiy muammolardan biri sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlardan foydalanishdir. Lekin bu masalada mutaxassislar yakdil fikrga kelmaganlar. Masalan, inglizlar bunday o’g’itlar ishlatilganda, tuproqning azot rejimi boshqarish mushkullashadi, shu bois ingibitorli o’g’itlar istiqbolsiz deb hisoblasalar, Germaniyada bu borada jiddiy tadkiqotlar amalga oshirilmokda. Sekin ta’sir etishni ta’minlash uchun o’g’itlar kapsula qilinadi, kapron, polietilen, parafin yoki elementar oltingugurt bilan qoplanadi, qaysiki ular oziq moddalarni o’simliklar tomonidan uzoq muddat o’zlashtirilishiga sabab bo’ladi. AQSh da o’tkazilgan tadqiqotlar asosida kapsulalangan o’g’itlardan kaliyning yo’qolishi kapsula qilinmagan o’g’itlarga nisbatan 86% kam bo’lgan. Chexoslovakiyada makkajuxori kapsula qilingan o’g’itlar bilan oziqlantirilganda, o’simlikning azot, fosfor va kaliydan foydalanish koeffisiyenta 47, 19 va 50%ni tashkil qilgan .
Mineral o’g’itlar kimyoviy tarkibini yaxshilash ham ekologik muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, aksariyat o’g’itlar tarkibida ftor, xlor, natriy va boshqa ballast moddalar mavjud bo’lib, muntazam ishlatilganda, ularning tuproqdagi miqdori oshib boradi va atrof-muhitga sezilarli ta’sir qiladi. Fosforli o’g’itlar olishda xom ashyo hisoblanadigan apatit va fosforitlarni taqqoslab kursaq tarkibidagi ftor miqdori bo’yicha sezilarli farq qiladi.
O’g’it bilan tuproqda tushadigan ftor chorva mollari maxsuddorligini pasaytiradi, rivojlanishini sekin-lashtiradi, nimjon qilib kuyadi. Insonlar salomat-ligiga ham salbiy ta’sir kursatadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida ishlab chiqariladigan fosforli o’g’itlar tarkibidagi zararli elementlar miqdori bilan farqlanadi. Masalan, Avstraliya superfosfata 170 mg/kg gacha kadmiy elementni tutsa, bu elementning miqdori Xibin apatitlaridan olinadigan o’g’it tarkibida 1,5—30 mg/kg tashkil etadi. Shu bois tarkibi yaxshilangan mineral o’g’itlarni yaratish, ishlab chiqish va dehqonchilikda qo’llash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Atmosfera asosan sanoat va transport chiqindilari bilan ifloslanadi. Mineral o’g’itlarning atmosfera tarkibiga ta’siri uncha kuchli bo’lmasada, baribir namoyon bo’ladi.
Tuproqda o’g’it kiritilgandan keyin ma’lum fursat o’tgach, atmosferada azot, fosfor va oltingugurt birikmalari uchraydi.
Atmosferaga azotli birikmalarning chiqshi ko’proq denitrifikasiya va azotli o’g’itlarning tuproqdagi karbonatlar bilan ta’sirlashishi natijasida sodir bo’ladi. Denitrifikasiyada asosan N2 va N2O, kamroq N0 va N02 birikmalari hosil bo’ladi.
Sobiq Ittifokda amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida o’g’itlar tarkibidagi azotning denitrifikasiya natijasida isrof bo’lishi o’rtacha 24%ni tashkil etish aniqlangan.
Denitrifikasiya jadalligi ko’proq azotli o’g’it turiga bog’liq bo’lib, selitralar tarkibidagi azot bu jarayonga nisbatan osonroq chalinadi. Shuningdek tuproqni sifatsiz ishlash, o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash va boshqa omillar denitrifikasiya jarayonini tezlashtiradi.
Azot o’g’itlarni boshqa turdagi o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash denitrifikasiya jadalligini kamaytiradi.
Atmosferaga mahalliy o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash va saqlash kuchli ta’sir kursatadi. Tushamasiz go’ngni ochiq-sochiq saqlash atmosferaga ko’p miqdorda NN3 va N2ni chiqishga sabab bo’ladi. Atrof-muhit yokimsiz hid bilan tuyinadi.
Yirik shoxli qoramol va cho’chqa larning tushamasiz go’ngti noto’g’ri saqlanganda kuchli bakterial zararlanishlar yuzaga keladi. Masalan, cho’chqa xonalardan 100 m olisda, 1 m3 havo tarkibida 8263 ta mikrob mavjud bo’lib, ammiak miqdori 3—4 mg (konsentrasiyaning me’yoriy chegarasi 0,2 mg/m3), vodorod sulfid miqdori 0,112 mg (KMCh—0,008 mg/m3)ni tashkil etadi. 400 m .olisda bu raqamlar 2 marta kamayadi. cho’chqa chilik xo’jaligi tuproqdarining yuza 15—25 sm qatlami zararli bakteriyalarga juda boy. Ma’lumotlarga ko’ra, 108 ming bosh cho’chqa mavjud bo’lgan chorvachilik majmuidan soatiga 1,5 mlrd, mikrob, 159 kg ammiak 14,5 kg vodorod sulfid va 25,9 kg chang atmosferaga kutariladi. Shuning uchun ham 400—500 ming bosh parrandasi bor fermalar atrofida 2,5 km, 10 ming bosh qoramoli mavjud molxonalar atrofida 3,0 km, cho’chqaxonalar atrofida esa 5 km lik sanitar-himoya zonalari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |