3-mavzu
Fosforli o’g’itlarning ekologik ta’siri
REJA
Fosfor saqlovchi o’g’itlar, ularning ekologiya va fosfor aylanishiga ta’siri.
Fosforli o’g’itlardagi oziq moddalarning o’zlashtirish koeffisenti va yo’qolishi
Fosforli o’g’itlardan foydalanish koeffisentini oshdirish muommolari va ekologiya.
Tayanch tushunchalar: Fosforli o’g’it, supdirfosfat, presipetat, qo’sh superfosfat, ammofos, suyak talqoni, tomosshlaq fosforit uni, evtrofikasiya, yuvilish, eroziya sug’orish, og’dir metall, ftor, mineral, fosfor, organik fosfor, o’zlashtirish koeffisenti, oziq modda, yo’qolish, qo’llash me’yori, usuli, muddati, shakl, chuqurliq kislotaliq ishqoriyliq singddirish, kimyoviy singddirish, o’simlik turi, lyupin, xantal, grechixa, fosforli bakterial o’g’it, fosforobakterin, mikroza.
Fosforli o’g’itlar havo va tuproqdan olingan anorganik moddalardan aminokislota, oqsil, yog’, kraxmal, shakar va boshqa bir qator maxsulotlarini sintez qilishda ishtdirok etadi. O’simliklar usib rivojlanishining bir me’yorda bo’lishini ta’minlaydi, hosildorlikni oshdiradi va uning sifatini yaxshilaydi. Ayni paytda fosfor muammosi ham yuzaga kelmokdaki, uning tabiiy zahiralari kundan kunga kamayib tugab bormokda. Ma’lumki, tuproqqa beriladigan NPK ning miqdoriy nisbati buzilsa, qishloq xo’jalik mahsulotlarida qayta tiklangan azot misdori orta borib, uning kuchi zahar darajagacha yetish mumkin. Biologik jarayonlarda to’plangan fosforiing uchdan ikki qismini qishloq xo’jalik maxsulotlari sifatida inson iste’mol qiladi. Tuproqsa esa uchdan bir qismi qaytadi. AQSh olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, chorva yem-xashagi uchun sarflangan fosforning bir qismini inson oziq mahsulotlar bilan iste’mol qilsa, uch qismi tuproqqa singsa, qolgan 6 qismi suv va chiqindilar orsali suv havzalariga yuvilib ketadi. Shu sababli aholi zich joylashgan joylar fosfor bilan ko’proq ifloslanadi. Disoblarga ko’ra, har yili o’rtacha 4 mln t fosfor geokimyoviy aylanma harakatlar tufayli tuproqdan dengiz va okeanlarga yuvilib ketadi. Masalan, Shvesiyada 40 yil mobaynida shahar oqindi suvlari tarkibidagi fosfor birikmalarining umumiy miqdori 30 barovar, azot birikmalari miqdori esa 10 baravar ko’paygan yoki Venera ko’liga oqindi suv bilan yiliga 1500 tonna fosfor kelib tushmokda. Bu o’z navbatida dengiz suv o’tlarinyng tez o’sishiga sabab bo’ladi va suv yuzasini suv o’tlari bosib ketadi va dengiz qayvonlarining zaharlanishiga sabab bo’ladi.
Suvda biomassasining ko’payishi kislorodning kamayishiga sabab bo’ladi, anaerob jarayon kuchayadi. Na-tijada oltingugurt, ammiak kabi bir qator kimyoviy element va moddalar tuplanadiki, oqibatda baliq va boshqa suvda yashovchi jonivorlarning yashash sharoiti ordirlashadi.
Atrof-muqitni ifloslantdiruvchi yana bir manba detergentlar bo’lib, ular orqali har yili atrof-muhitga 5 mln t ga yaqin fosfor utib, u atrof-muhitga chiquvchi fosforning 46% ini tashkil etadi. Detergentlar neft distillyasiyasining mahsuloti bo’lib, tozalash inshoot-lari orqali osongina utib, suv va tuproqlarni ifloslantdiradi. Ular fermentlar ta’sirida parchalanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |