5-mavzu.
Yashil o’g’itlarning ekologiyaga ta’siri
REJA.
Yashil o’g’itlar va ularning turlari.
Yashil o’g’itlarning tuproq unumdorligi va ekologiyasiga ta’siri.
Yashil o’g’itlarning ekinlar hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’siri.
Tayanch tushunchalar:Yashil o’g’it, siderat, shabdar, bersim, perko, vika, kuzgi javdar, kuzgi goroh xantal, raps, tuproq, xossa, unumdorliq rejim, ekologiya, suv, havo, issiqliq oziq, agrofiziq agrokimyoviy, mikrobiologiq gumus, gumus balansi, guruhiy tarkib, fraksion tarkib, eroziya, nitrat, yuvilish, ekin, hosildorliq mahsulot sifati.
Respublikamizda yil davomida jamg’ariladigan go’ngning barchasi fan tavsiyasi asosida ishlatilganida ham 10 dalali almashlab ekishning bitta dalasini gektariga 20 t mahalliy o’g’it bilan, ta’minlash imkonini beradi, xolos. Paxtachilikda mineral o’g’itlar yuqori me’yorlarda ishlatilayotgan hozirgi davrda tuproqlarni organik moddalar bilan ta’minlash birinchi galdagi vazifa bo’lib qolmokda. Bu muammoni hal etishning eng samarali usuli ko’kat o’g’itlardan foydalanishdir.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqda qo’shib haydab yuboriladigan o’simliklarga ko’kat o’g’itlar deyiladi.
Ko’kat o’g’itlar sifatida mosh, kuzgi no’xat, lyupin, seradella, qashqar beda, yovvoyi loviya, burchoq, shabdor (Eron bedasi) kabi dukkakli ekinlardan, shuningdek respublikamizda kuzgi javdar, suli, raygras, bersim kabi o’simliklardan keng foydalaniladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqni azot va organik moddalarga boyitadi, chunki ularning tarkibidagi azot miqdori go’ngdagidan ko’p bo’lib, nisbatan kamroq miqdorda fosfor va kaliy tutadi ( -jadval).
-jadval.
Ko’kat o’g’itlar va go’ng tarkibidagi oziq, moddalar miqdori, %
(B. A. Yagodin, 1989; X. X. Zokirov, 1998)
O’g’it
|
N
|
RA
|
K20
|
SaO
|
Ko’k massa, s/ga
|
Azot, kg/ga
|
Go’ng
Lyupin Qashqar beda
No’xat Shabdor
|
0,50 0,45 0,77 0,50 0,50
|
0,24 0,10 0,05 0,15 0,14
|
0,55 0,17 0,19 0,50 0,50
|
0,70 0,47 0,97 0,30 0,40
|
130-250 180-350
|
75-130
70-140
|
Ko’kat o’g’it sifatida yetishtiriladigan ekinlardan 350-400 s/ga ko’k poya olinganda, ular tarkibidagi 150-200 kg azot 35-40 t go’ngga ekvivalent bo’ladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproqdagi 0,25 mm dan katta bo’lgan agregatlar miqdori o’tloqi botqoq tuproqlarda 3-7, og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda 4-9% ga ortadi. Haydalma qatlamdagi tuproq zichligi 0,05-0,1 g/sm3 ga kamayadi. Ular ta’sirida tuproqning o’simlik ildiz tizimi tarqaladigan qatlamidagi harorat 2-4°S ga oshadi, mikroorganizmlar soni ko’payadi va faolligi 45-50 kun davomida maksimal darajada saqlanadi.
Mustaqil hamda oraliq ekin sifatida eqiladigan ko’kat o’g’itlar farqlanadi.
Foydalanish usuliga ko’ra ko’kat o’g’itlarni 3 guruhga bo’lish mumkin: a) yer usti va ildiz qismi joyida haydab yuboriladigan; b) ko’k poyasi chorva uchun o’riladigan, ildiz va angiz qoldiqlari tuproqda aralashtiriladigan; v) yer ustki qismi o’rib, boshqa paykalga sochiladigan.
Ko’kat o’g’itlar odatda sentyabr-oktyabr oylarida eqiladi, kelasi yil bahorda chorva mollari uchun 400-500 s gacha ko’k massa olinadi va qoladigan ildiz hamda angiz qoldiqlari tuproqda qo’shib haydab yuboriladi. Tuproqda tegishlicha ishlov berilgandan keyin sabzavot yoki texnikaviy ekinlar eqiladi. Ko’kat o’g’itlar hisobiga qumoq tuproqli yerlarda sulidan 4,0-7,7, paxtadan 3-4 s/ga atrofida qo’shimcha hosil olish mumkin.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, yozgi siderat ekinlar oktyabr oyining 2-dekadasi oxirida gorox va raps gullash, arpa boshoqlash fazasiga, moyli turp tupbarg hosil qilib o’sib, rivojlandi ( -jadval). Yozgi siderat ekinlarni 1 m2 dagi tup son qalinligi rapsda – 556,0, moyli turpda – 466,5, arpada – 478,3, goroxda – 102,9, gorox+arpada – 412,0 va gorox+moyli turpda 416,0 donani, o’simlik bo’yi rapsda – 64,6, moyli turpda – 59,6, arpada – 70,0, goroxda – 61,3, gorox+arpada – 69,2 va gorox+moyli turpda 65,3 sm ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |