Qishloq xo’jalik ekinlari ko’g’itilgan parranda axlati tarkibidan qo’llappshng birinchi yilida 30—40% azot, 35-45% fosfor (R2O5) va 60-80% kaliy (K2O)ni o’zlashtiradi.
Shahar chiqindilari
Shahar chiqindilariga oshxona axlatlari, qog’oz, latta-puttalar, kul, loyqa va chang kabilar kiradi. Tarkibidagi oziq moddalarning miqdori bo’yicha go’ngga yaqin turadi. Shahar chiqindilarining parchalanish tezligi tarkibiy qismiga bog’liq.
Quruq moddaga aylantirib hisoblaganda shahar chiqindilari o’z tarkibida o’rta hisobda 0,6-0,7% azot, 0,5-0,6% fosfor va 0,6-0,8% kaliy tutadi.
Odatda shahar chiqindilari tarkibidagi temir bo’laklari, shisha siniqlari terib tashlanadi va maxsus uralar kovlanib, kompost tayyorlanadi. 8-9 oy ichida kompost tayyor bo’ladi va uni sabzavot va yopiq gruntda yetishtiriladigan ekinlarga kuzgi shudgor oldidan 15-20 t/ga hisobida kiritish mumkin. Texnikaviy ekinlar yetishtiriladigan paykallarda o’g’it me’yori 30-60 t/ga yetkaziladi.
Sanoat chiqindilari (teri oshlash, pivo pishirish, tamaki va baliqni qayta ishlash va h.k) tarkibida azot, fosfor va kaliyning miqdori shahar chiqindilari tarkibidagidan bir necha baravar ko’p. Bu chiqindilardan foydalanish natijasida birinchidan, ekinlar arzon o’g’it bilan ta’minlanadi, ikkinchidan shahar va shahar atrofidagi ekologik muhit yaxshilanadi.
Kompostlar
Mahalliy o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalar isrof bo’lishining oldini olish va fosforli o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarni o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladigan shaklga o’tkazish uchun turli-tuman kompostlar tayyorlanadi. Kompostlar juda turli-tuman bo’lib, bizning sharoitimizda ko’proq go’ng-fosforli, najas-tuproqli, go’ng-sapropelli va aralash kompostlar keng tarqalgan.
Go’ng-fosforli kompost. Bu turdagi kompost bevosita ekin maydonlariga yaqin yerlarda tayyorlanadi. Buning uchun 50-60 sm chuqurlikda kompost tayyorlash urasi kovlanadi. Uraga 30-40 sm qalinlikda go’ng tashlanadi (go’ng quruq holatda bo’lsa, ma’lum miqdorda suv olib namlanadi) va ustiga 200-300 kg superfosfat sochiladi. Superfosfatning yirik kesakchalari albatta oldindan maydalanishi lozim. So’ngra 15-20 sm qalinlikda tuproq bilan ko’miladi. Bu maqsadda ura kovlash paytida olingan tuproqdan foydalaniladi. Agar ko’hna devor qoldiqlari yoki uzoq muddat Quyosh ta’sirida qizib yotgan zovur tuproqlari ishlatilsa, kompostning sifati yanada yaxshilanadi. Tuproq ustidan bir qatlam go’ng shaltog’i qo’yiladi. Shu taxlit uyum 2,0-2,5 m ga yetkaziladi va usti 10-15 sm qalinlikda somon va yupqa (10 sm chamasi) tuproq bilan qoplanadi.
Kompost tayyorlash jarayonida uyumdagi jinslarni aralashtirishga alohida e’tibor beriladi. Aralashtirilmagan kompost yaxshi chirimaydi, tabiiyki, fosfor o’simliklar uchun kam layoqatliligicha qolib ketadi. Aralashtirish chizel yoki yuklash mexanizmining cho’michi yordamida bajarilish mumkin. Aralashma 100-120 kundan keyin belkurak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Yetilgan kompost sochiluvchan, bir jinsli bo’lib, qoramtir-jigarrang tusda bo’ladi.
Najasli-tuproqli kompost. Dexqonchilikda najasdan tayyorlanadigan kompostlardan ham keng foydalaniladi. Najasning o’zini ko’p ekinlarga to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish sanitariya-gigiyena nuqtai-nazaridan tavsiya etilmaydi. Najasli-tuproqli kompost tayyorlash uchun eni va bo’yi 2,0-2,5, chuqurligi 0,5-0,7m bo’lgan handak kovlanadi. Unga bir qatlam najas, bir qatlam tuproq navbat bilan tashlanadi (1t najasga 1 t tuproq to’g’ri kelishi kerak). Usti somon, torf yoki hashak bilan ko’miladi. Ko’mma har 3 haftada yaxshilab aralashtirib turiladi. Ikki-uch oy ichida najasning badbo’y hididan holi, qoramtir tusli, donador va sochiluvchan kompost tayyor bo’ladi.
Najasli-tuproqli kompost a’lo sifatli mahalliy o’g’it, 12-15 t/ga me’yorida qo’llaniladi.
Aralash kompostlar tayyorlashda, go’ng, somon, xazonlar, chuchuk suv havzalarining loyqalari, fosforli o’g’it, shahar chiqindilari va boshqa axlatlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |