Go’ng shaltog’i
Go’ng shaltog’i — chorva mollarining achigan siydigidir. Go’ng turli usullar bilan saqlanganda turli miqdorda go’ng shaltog’i ajralib chiqadi. Masalan, 10 ot tushamali go’ng turt oy davomida zich usulda saqlanganda 170 l, g’ovakzich usulda saqlanganda 450 l va g’ovak usulda saqlanganda esa 1000 l go’ng shaltog’i ajralib chiqadi. Umuman olganda, yangi go’ng massasining 10— 15% i go’ng shaltog’idan iborat.
Go’ng shaltog’i tarkibida 0,25—0,30% azot, 0,03— 0,06% fosfor (R2O5) va 0,4—0,5% kaliy (K2O) mavjud. Demak go’ng shaltog’ini shartli ravishda azotli-kaliyli o’g’it deb hisoblash mumkin. Tarkibidagi azot va kaliyning o’zlashtirilishi bo’yicha (60—70%) go’ng shaltog’i mineral o’g’itlarga tenglashib boradi.
Azotning bekorga isrof bo’lishini oldini olish uchun go’ng shaltog’i uchun maxsus hovuzchalar quriladi. Tushamalarga shimdiriladi yoki ko’kunsimon superfosfat qo’shiladi (go’ng shaltog’i massasining 3—5% i miqdorida). Go’ng shaltog’i va superfosfatning o’zaro ta’siri natijasida parchalanishi birmuncha qiyinroq bo’lgan tuzlar hosil bo’ladi. Hovuz tubiga chukadigan barcha fosfat to’zlaridan o’g’it sifatida (yaxshisi madalliy o’g’itlar bilan kompostlangan holatda) foydalanish mumkin.
Go’ng shaltog’ini tuplash uchun maxsus hovuzchalar bo’lmasa, torfdan foydalanish yaxshi natija beradi. Bir kg botiqlik torfi (namligi 40—50%) 2 kg ga yaqin, dunglik torfi esa 5 kg gacha go’ng shaltog’ini shimib oladi. Go’ng shaltog’ining beti yupqa neft yoki ishlatilgan texnika moyi bilan qoplansa, azotning isrof bo’lishi yanada kamayadi.
Uni to’g’ridan-to’g’ri asosiy o’g’it sifatida hamda ekinlarni qo’shimcha oziqlantirishda qo’llash mumkin. Har ikki holda ham tuproqda sochilgan go’ng shaltog’i tuproq bilan aralashtirilishi yoki kumilishi shart.
Asosiy ug’it sifatida ekin turi va rejalashtirilgan hosilga qarab gektariga 20 t dan 50 t gacha ishlatish mumkin.
Don ekinlari, kartoshka va ildizmevalilar uchun go’ng shaltog’i gektariga 15—20 t, sabzavot ekinlari uchun esa 20—30 t miqdorida ishlatiladi. Kuzgi bug’doyga go’ng shaltog’i erta bahorda, tirmalash oldidan kiritilsa, yaxshi natija beradi. Go’ng shaltog’i tarkibida fosfor juda kam.
Chopiqtalab ekinlarga 8—10 t/ga miqdordagi go’ng shaltog’i maxsus moslamalar yordamida nihollarni birinchi qo’shimcha oziqlantirishda pushtaning yon tomonidan, ikkinchi qo’shimcha oziqlantirishda esa qator oralarining o’rtasiga 10—15 sm chuqurlikda beriladi.
Parranda axlati
Parranda axlati — qimmatli, nisbatan konsentrlangan va tez ta’sir etuvchi mahalliy o’g’it. Go’ng singari parranda axlati ham tarkibida o’simliklarning me’yorida o’sib-rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalarni tutadi ( -jadval).
52-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |