4-mavzu
Meniral bilan maxalliy ogitlarni birgalikda kimyolashtirishning ekologik muommolari.
REJA
Mahalliy o’g’itlarning turlari, tarkibi va hossalari
Mahalliy o’g’itlarning tuproq va o’simlik ekologiyasiga ta’siri.
Organik o’g’itlar va og’ir metallar.
Tayanch tushunchalar: mahalliy o’g’it, ekologiya, organik o’g’it, go’ng, to’shamali, to’shamasiz, kompost, chiqindi, saqlash, yo’qolish, azot, ammiak, parranda axlati, gigiyenik asoslar, tuproq, o’simlik unumdorlik, xossa, gumus, oziq modda, mikroelement, agrokimyoviy, fizik, mikrobiologik, og’ir metall.
Mahalliy o’g’itlar jumlasiga go’ng, go’ng shaltog’i, torf, najas, parranda axlati, kompostlar, sapropel, xo’jalik va maishiy chiqindilar, sideratlarni kiritish mumkin. Mahalliy o’g’itlar ichida eng keng tarqalgani go’ng hisoblanadi. Mahalliy o’g’itlar bilan birga tuproqda o’simliklarning me’yorida o’sib-rivojlanishi uchun zarur barcha makro va mikroelementlar tushadi. Koramol go’ngining bir t quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor (R2O5), 24 kg kaliy (K2O), 28 kg (SaO), 6 kg magniy (MgO), 4 kg oltingu-gurt (SO3), 25 g bo’r (V), 230 g marganes (Mn), 20-30 g mis (Su), 100 g rux (Zp), 2 g kobalt (So), 2 g molibden (Mo) va 0,4 g yod (J) mavjud.
Tarkibida o’simliklarning rivojlanishi uchun zarur barcha elementlarni tutgani sababli go’ng tulis o’g’it deb yuritiladi. Ayrim mahalliy o’g’itlar tarkibidagi asosiy oziq elementlarining miqdori 41-jadvalda kel-tirilgan.
-jadval.
Ayrim mahalliy o’g’itlar tarkibidagi oziq elementlar misdori, %
(X. Q Asarov, 1989)
-
Mahalliy o’g’it turi
|
N
|
P2O5
|
K20
|
CaO
|
Chala chirigan go’ng (namligi 75%)
Go’ng shaltog’i
Do`nglik torfi (namligi 60%)
Botqoqlik torfi (namligi 60 %)
Najas
|
0,50
0,25
0,35
1,05
0,67
|
0,25
0,06
0,03
0,14
0,33
|
0,60
0,36
0,03
0,07
0,20
|
0,70
0,06
0,04
0,14
0,10
|
20 t chala chirigan tushamali go’ng tarkibidagi oziq moddalar miqdori 0,3 t ammiakli selitra, 0,25 t oddiy superfosfat va 0,2 t kaliy xloriddagi oziq moddalarga barobar.
Go’ngning mineral o’g’itlar odsidagi eng asosiy kam-chiligi tarkibidagi oziq moddalarning % larda ifo-dalanadigan miqdorining kamligidir (ayrim hollar-dagina bir % dan oshadi).
Go’ng, go’ng shaltog’i, parranda axlati kabi mahalliy o’g’itlar ishlatilganda, hosil bilan olib ketilgan oziq moddalarning bir qismi tuproqda qaytadi. Dukkakli va dukkakli-don ekinlarning doni va hashagi bilan oziqlantirilgan chorva mollarining go’ngi azotga boydir.
'Shahar chiqindilari, torf, sapropel (chuchuk suv havzalarining loyqasi) kabi mahalliy o’g’itlar dehqonchilikda moddalar uramini yangi oziq moddalar bilan boyitadi. Mahalliy o’g’itlar tuproqning oziq rejimiga bilvosita yul bilan ham ta’sir kursatadi. Masalan, mikroorganizmlar azotni o’zlashtirib, o’z tanasida tuplaydi. Go’ngning fosforli o’g’itlarga kursatadigan ta’siri alohida ahamiyatga ega. Bunda birinchidan, mikroorganizmlar o’g’it tarkibidagi fosforni o’zlashtirib, uni tuproqdagi to’zlarning kimyoviy ta’siridan, binobarin fosforli o’g’itlarning asosiy qismini qiyin eriydigan shaklga o’tib qolishdan saqlaydi. Ikkinchidan, mahalliy o’g’itlar va ular asosida hosil bo’ladigan gumus fosforni qamrab olib, uni o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan shaklga o’tib qolishiga yul quymaydi. Uchinchidan, tuproq fermentlari va mikroorganizmlarining nafas olishi jarayonida ajralib chiqadigan SO2 gazi hamda mahalliy o’g’itlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan organik kislotalar ta’sirida tuproqdagi fosforning eruvchanligi kuchayib, o’simlik oson o’zlashtiradigan shaklga o’tadi. Go’ng va boshqa mahalliy o’g’itlar ekinlar uchun faqat mineral moddalarning manbai bo’lib qolmay, ularni karbonat angidrid bilan ham ta’minlaydi. Go’ng va boshqa mahalliy o’g’itlar ko’p ishlatilganda, ulardan ajraladigan SO2ning miqdori 10—20 marta va undan ham ko’proq ortadi. Gektariga 30—40 t go’ng kiritilganda go’ng qo’llanilmagan maydondagiga nisbatan bir kecha-kunduzda 100—200 kg ko’p karbonat angidrid ajraladi. Agar donli ekinlar 2,5 t/ga, kartoshka va sabzavot ekinlari 40—50 t/ga hosilni shakllantirish uchun kuniga mos ravishda 100 va 200 (300) kg karbonat angidrid sarflaydi.
Tuproqning haydalma qatlamida o’simliklarning me’yorida o’sishi uchun sharoit yaratadigan mikroorganizmlar miqdori 6—7 t/ga ni tashkil etadi. Najas va go’ng mikrofloraga juda boy bo’lib, ular bilan tup-rokda ko’p miqdorda mikroorganizmlar kelib tushadi.
Tuproqqa mahalliy o’g’itlar kiritilganda, mikroorganizmlar hayot faoliyatining jadallashishi evaziga biologik faol moddalarning turi va miqdori ko’payadi. Shunday moddalardan hisoblangan auksinlar, geteroauksinlar va vitaminlar o’simliklar tomonidan juda oz miqdorda o’zlashtirilishiga qaramasdan ularda kechadigan modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi.
Tuproqda penisillin va boshqa antibiotiklarning bo’lishi, birinchidan, undagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni yuqotsa, ikkinchidan, o’simliklarni turli xil kasalliklarga duchor bo’lishdan asraydi.
Mahalliy o’g’itlar ayniqsa unumdorligi past tuproqlarga kiritilganda yaxshi samara beradi. Tuproqda go’ng muntazam kiritilsa, gumus miqdori ko’payadi, singdirish sig’imi va buferligi ortadi. Shu bilan bir katorda tuproqning biologiq fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda suv va xavo rejimlari yaxshilanadi. Mahalliy o’g’itlar ta’sirida og’ir tuproqdarning mexanikaviy tarkibi yengillashadi, yengil tuproqdarning nam sig’imi va suv o’tkazuvchanligi ijobiy tomonga siljiydi.
Ma’lumki, faqat mineral yoki mahalliy o’g’it qo’llash yuli bilan ham ekinlardan mul hosil olish mumkin. Lekin ular tarkibidagi oziq moddalarning ikki xil tabiatli ekanligini (mineral o’g’itlardagi oziq moddalar oson eriydi, go’ngdagi organik moddalar sekin parchalanadi), hisobga olsaq ularni birga qo’llash naqadar katta ahamiyatga egaligi ayon bo’ladi. Tadqiqotlarda mineral o’g’itlarning turli me’yorlari go’ngli (20 t/ga) va go’ngsiz variantlarda sinab kurilgan
-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |