Fosforli o’g’itlarni ishlatishda ekologik muammolar. Dehqonchilikda har xil fosforli o’g’itlarni keng qullanishiga qaramasdan ularning paxtachilikdagi samaradorligi yuqori darajada emas. Tuproqda solingan fosforli o’g’itlarning faqat 20 foizi paxta hosilini vujudga kelishiga sarflanadi, qolgan 80 foizi tuproq zarrachalari bilan yopishib, birikib shu yerda to’planadi, o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shaklga aylanadi. Olimlarning fikricha bu hodisa ijobiy baholanadi. Chunki mana shunday yerlarda kelgusida yuqori me’yorda azotli va kaliyli o’g’itlarni ishlatib o’simliklardan mo’l hosil olish mumkin.
Demak, tuproqdagi fosforli, azotli va kaliyli o’g’itlarning nisbatini o’zgartdirib paxtachilikda ijobiy natija olish mumkin. Shu bilan bir qatorda tuproqda yig’ilib qolgan fosfatlarni o’simliklar oson o’zlashtirishi mumkin bo’lgan shaklga aylantirish uchun ma’lum tadbirlar qo’llash va maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Tuproqdagi yigilgan fosfatlarni osimliklar uchun foydali shaklga aylantdirish masalasida bir qancha ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan. Tuproqdagi fosforga ta’sir ko’rsatish maqsadida biologik va kimyoviy vositalardan ko’plab foydalanish mumkin. Tuproqdagi yig’ilgan fosforlardan biologik usul bilan foydalanish uchun oraliq ekinlar ekib ularni ko’k o’g’it sifatida haydab yuborish madsadga muvofiqdir.
Oraliq ekinlar ichida ildizidan nordon moddalar chiqa-rib tuproqdagi qiyin eruvchi fosfatlarni eritib g’o’za ildizi o’zlashtirishi mumkin holga keltiradiganlari bor. Bunday oraliq ekinlar sifatida hantal, javda'r va raps tanlab olinishi mumkin Raps o’simligi oraliq ekin sifatida kalsiy elementiga talabchandir. D. N. Pryanishnikov ma’lumotlariga ko’ra rapsdan har gektar yerdan 20—30 sentnerdan hosil olinganda o’zi bi.lan 25 kg dan ko’proq kalsiy olib ketadn. Shu tufayli raps bizning karbonatli tuproqqlarimizda yaxshi o’sadi hamda ildizidan chiqqan suyqliklari bilan kalsiy birikmalarini, shu jumladan kalsiy fosfatni eritadi. Rapsning yana bir ijobiy xususiyati u tuproqda juda ko’p ildiz chiqindilarini qolddiradi. Rapsning ildiz qoldiqlari ayrim dukkaqli o’simliklar (hatto serbargadan ham) ildizlaridan qam ko’proq bo’ladi.
Oraliq ekinlardan so’ng paxta yetishtdirishda fosforli o’git bermasdan yoki kamroq ishlatib ham yuqori hosil olish mumkin. Raps hamda xantaldan keyin ekilgan g’o’zada vilt kasalligi 30—40 foiz kam uchraydi. Lekin bu tadqiqotlar va tajribalarni davom etirish va ayrim aniqliklarlar kiritilishi lozim.
Bu sohada Razzoq Oripov oraliq ekinlar ekib ko’k o’g’it sifatida haydab yuborilgandan keyin fosforli o’g’itlarning paxta hosiliga ta’sirini o/rgandi. Zarafshon vohasining o’tloq-bo’z tuproqlarida o’tkazilgan bu tajribalar natijasi zaminning biologik faoliyati keskin o’zgarishini ko’rsatdi. Bunda tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar va chuvalchanglar miqdori bir necha barobar ko’paydi. Ko’k o’g’it ta’sirida tuproqda o’simliklar oson o’zlashtira oladigan harakatchan fosfatlar miqdori oshdi. Tuproqdagi fosforni yaxshi eritadigan oraliq ekinlar xantalt hamda uning shabdar bilan aralashmasi yaxshi samara berdi. Shunday oraliq ekinlardan keyin paxta hosili o’rtacha 6 sentnerga oshib, g’o’zaning vilt bilan kakasallanishi ancha kamaydi. Oraliq ekinlar ekib tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini ko’paytdirish yo’li aniqlangan bo’lsa qam bu muammo oxirigacha hal qilingan deb bo’lmaydi. Bu masalani oxiriga yetkazishda bir qancha ilmiy va tashkiliy ishlarni bajarish talab qilinadi. Tuproqdagi fosfatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi yana bir o’simlik bu beda hisoblanadi. T. P. Piroxunov ma’lumotlariga qaraganda bedaning ildiz qoldiqari chirishi natijasida tuproqda juda ko’p miqdorda karbonat kislotasi vujudga keladi. U tuproqdagi kalsiy bilan aloqaga kiradi hamda shu bois tuproqda fosfor ionlarini ko’paytdiradi. Albatta, bedaning o’sishi va rivojlanishi jarayonida fosforli o’g’itlar ahamiyatga ega. Fosforli o’g’itlar hisobiga uch yillik beda gektariga 500 kg gacha har xil organik fosfatlarni tuproqda to’plashi mumkin. Tuproq tarkibidagi bu organik fosfatlar minerallashgandan so’ng kelgusida uni g’o’za o’zlashtirib foydalanishi mumkin. Bedapoyadan chiqqan ekin maydonlarida har xil organik kislotalar, shovul, qahrabo, chumoli va boshqa kislotalar hamda aminokislotalar ko’payib ketadi. Organik kislotalar tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini ko’paytdiradi. Demak paxta-beda almashlab ekish natijasida o’simliklarni fosfor bilan ta’minlash masalasi ham hal bo’ladi. Mana shu tadqiqotlardan kelib chiqqan yana bir xulosa ayrim organik kislotalar ta’sirida tuproqdagi fosfatlar harakatchanligi o’zgaradi. Ilgariroq D. N. Pryanishnikov o’z tadqiqotlarida azotli o’g’itlarning nordon shakllari tuproqda solinganda fosforning harakatchanligi o’zgarishi isbotlagan edi. Masalan, kalsiy selitrasi bilan o’simlik o’g’itlanganda tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 6,2 mg/kg bo’lgan, shu selitraga ammoniy sulfati qo’shilganda fosfor miqdory 10—25 mg/gacha ko’paygan. Ammoniy sulfati nordon bo’lganligy tufayli u tuproqda harakatchan fosfor miqdorini 5—6 marotaba ko’paytirishi mumkin.
Tuproqdagi kam eruvchi fosforga ta’siri buyicha ammoniy sulfati samarador hisoblanadi. Hozirgi ekologik sharoitda, tuproqda fosforning o’zgarishi, uning harakatchan shakli ko’payishi hamda azot bilan yaxshi ta’minlanishi natijasida paxta hosildorligi mo’l bo’ladi. Tuproqda ammoniy sulfati solinganda o’simliklarni oltingugurt va kalsiy bilan ta’minlanishi ijobiy tomonga o’zgarib g’o’zaning rivojlanishi jadallashadi. Hosil tugunchalari to’kilmasdan ko’saklar bo’liq rivojlanadi. Ayrim vaqtlarda tuproqdagi fosforning harakatchashshgi ortganda, u o’simlik ildizlaridan chetlashrtb ketishi mumkin. Bunday hodisa ayniqsa, yuviladigan sho’r tuproqdarda ro’y berishi mumkin.
Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini ko’paytirishda boshqa mineral o’g’itlardan ammoniy sulfatiga nisbatan kaliy sulfati ham juda yaxshi natija beradi. Lekin bu o’g’it dehqonchilikda deyarli ishlatilmaydi. Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorinp ko’paytdirishda va umuman tuproq unumdorligini oshdirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan omil, bu organik o’g’itlarni keng qullanish zarurligi hisoblanadi. Organik o’g’itlar tuproqning agroximik va agrofizik xususiyatlarini ijobiy tomonga o’zgartdiradi. Ayniqsa kamquvvat, kambagal tuproqlarda organik o’g’itlar ta’sirida paxta hosildorligi gektariga 4—5 sentnerga ortadi.
Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori yetarli bo’lgan yerlar juda kamddir. Shuning uchun ko’pchilik dalalarda yuqori me’yorda fosforli o’g’itlarni ishlatish talab qiliiadi. Fosforli o’g’itning samaradorligini belgilashda hamda uning tuproqdagi o’zgaruvchanligi shu o’g’itning shakliga va xususiyatlariga bog’liqdir. Ilgarilari (60-yillargacha) paxtachilikda ishlatiladigan asosiy fosfor o’g’iti oddiy talqonsimon superfosfat bo’lib, uning tarkibida juda oz sof modda (fosfat angidrid—14—19 foiz) bo’lardi.
Dehqonchilik hamda kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida yangi, sof moddasi ko’p bo’lgan fosforli o’g’itlar ishlab chikilmovda. Shunday o’g’itlardan ammofos (tarkibida 44 foiz fosfat angidrid bor) paxtachilikda keng ishlatilmoqda. Ammofosni boshqa fosforli o’g’itlarga nisbatan g’o’zaning o’sish va rivojlanishiga hamda paxta hosiliga ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Kelgusida yanada yangi polifosfatli fosforli o’g’itlar ishlab chisarilib dehqonchilikka, shu jumladan paxtachilikka joriy qilish mo’ljallanmoqda.