Agrokimyoning ekologik muommolari


Kaliyli o’g’itlarning ishlatshshshi



Download 0,99 Mb.
bet13/38
Sana01.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#476328
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
маъруза матни

Kaliyli o’g’itlarning ishlatshshshi. O’simliklar uchun zarur bo’lgan ozuqa elementlari ichida kaliy elementi azot va fosfordan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Kaliy ajoyib metallddir. U hamma tirik mavjudotlar uchun juda zarur bo’lib, uning o’rnini boshqa hech narsa almashtira olmaydi. Kaliy tabiatda juda harakatchandir. U bir necha yuz minerallar tarkibiga kiradi, tuproqda, odamlar hayvonlar va o’simliklar organizmida uchraydi. O’simlikdagi kaliy ion shaklida bo’lib, ho’jayraning organik birikmalari tarkibiga kirmaydi. U asosan sitoplazma va vakuolalarda bo’lib, hujayra yadrosida mavjudir.. Kaliyning asosiy qismi (80 foizi) o’simlikning hujayra suyuqligi tarkibida bo’ladi. Kaliy o’simliklar uchun shubhasiz eng kerakli elementlardan hisoblanadi. O’simliq tuproq va o’g’itlar tarkibidagi kaliyni uning oksidi, ya’ni K2 O sifatida ta’riflash qabo’l qilingan.
Kaliy asosan, faol modda almashinuv jarayoni mavjud bo’lgan organ va to’qimalarda, yon shoxlar, o’sish nuqtasi, meva hosil qilish organlarida, ya’ni hujayra hamda o’simtalar atrofida ko’proq bo’ladi.
Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayonining me’yorida borishini ta’minlaydi, uglevodlarning barglardan boshqa organlarga o’tishini jadallashtiradi hamda ba’zi bir vitaminlarni sintez qilishda, ularni o’simlikda to’plashda vositachi hisoblanadi. Kaliy fermentlar tarkibiga kirmasa ham ular faoliyatini tezlashtiradi. O’simlikda yetarli darajada kaliy bo’lgan taqdirda hujayralar ko’p suv saqlaydi, natijada organizm suvni unchalik talab qilmaydi. O’simlik qisqa muddatli suvsizlikka chidamli bo’ladi. Kaliyning yana bir xususiyati- oqsilning o’zgarishiga ta’siriddir. Agar oziqlanish jarayonida kaliy yetarli bo’lmasa, barglarda oqsil kamayibg uning o’rniga amid va nitrat azoti ko’payadi. O’simliklarga beriladigan kaliy miqdori oshirilsa, ildizlar azotni yaxshi o’zlashitirnb, organizmda organik moddalar ko’payadi. Bu esa ekinlarning hosildorligini oshishiga olib keladi hamda ekologik vaziyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kaliyning g’o’za xayotidagi ahamiyati. Boshqa o’simliklarga nisbatan g’o’za kaliyga talabchan hisoblanadtg. Kaliyning g’o’za hayotidagi ahampyati hamda uni tuproqqa berish masalalari juda ko’p olimlar o’rganganlar. Bu sohada S. A. Kudrin, Ye. A. Jorikov, P. V. Protasov va ayniksa, I. I. Madragimov tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar paxtachilikni rivojlantdirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ularning ma’lumotlariga qaraganda g’o’zaning oziq elementlarini o’zlashtirishdagi azot bilan kaliyning bir-biriga bo’lgan miqdor nisbatini solishtdirib ko’rilsa, 1:1ga to’g’ri keladi. G’o’za rivojlanishining birinchi davrida kaliy azotga nisbatan kam o’zlashtirilsa ham, keyinroq o’simlik o’sib rivojlangan sari kaliyni ko’p iste’mol qiladi. Chigitdan endi barglar paydo bo’lib, ildizlar hali kuchsiz rivojlangan paytda, o’simlik oson o’zlashtiruvchan kaliy birikmalarini talab etadi. Ildiz rivojlanishi bilan o’simlik kuchsiz eritmalardan ham kaliyni o’zlashtirishi mumkin. So’nggi yillarda paxtachilikda kaliyga etibor kuchaydi. Kaliy o’g’itlarini ishlatish, tuproqqa solish miqdori va muddatlari batafsil o’rganildi.
Tajribalardan ma’lum bo’lishicha, bir tonna paxta hosilini olish uchun 30 kg dan 80 kg gacha kaliy sarflanishi aniqlangan.
O’simlik xo’jayralarining optimal suv saqlashi va shu orqali organizmda mavjud bo’lgan bioximik jarayonlarning me’yorida borishini ta’minlashda ham kaliyning ahamiyati juda kattaddir.
I. I. Madraimov olib borgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha g’o’zani kaliy bilan oziqlantirishning ahamiyati o’simliklarning serhosil bo’lishi va kusaklarning yetilishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab g’o’za hosili ko’saklarga uglevodlar hamda boshqa organik va mineral moddalarning vegetativ organlardan oqib kela boshlaydi. Mana shu jarayonda o’simliklarni kaliy bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim. Agar mana shu davrda g’o’za uchun kaliy yetishmasa, ko’saklar tarkibiga o’tadigan uglevodlar kamlik qilib, hosildorlik ozayadi. Ko’saklar mayda, rivojlanmagan va tolasi sifatsiz bo’lib qoladi. Kaliy yetishmagan tavddirda g’o’za barglari to’qimalarida 3—4 barobar ko’p qand va kraxmal to’planadi. Shuni ham aytish kerakki, barg va poyada uglevodlarning ko’payib ketishi kaliy me’yoridan ortiqcha bo’lganida ham ro’y berishi mumkin. Dala sharoitida o’tkazilgan tajriba natijalaridan aniqlanishicha, kaliy yetishmagan ekin maydonlaridagi g’o’zalarga kaliy xlori berilganda paxta hosili gektariga 3 sentnerdan 6 sentnergacha oshgan. Tuproq tarkibida kaliy kam bo’lganda g’o’za barglari sargayib so/liydi. Kaliyni kamligi g’o’zaning vilt kasalligiga duchor bo’lishiga olib keladi. Keyingi izlanishlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’simliklar tarkibidagi azot va fosfor middori va o’zlashtirilishi g’o’zani kaliy bi­lan ta’minlanishiga chambarchas bog’liqdir. Kaliy o’simliklar tomonidan azot, fosfor va boshqa moddalarning o’zlashtirilishini tezlashtdiradi. Shu bilan bir qatorda, o’simliklar kaliyni yetarli darajada o’zlashtirishi tuproqdagi fosfor miqdoriga ham aloqadorddir.
Juda ko’p tajribalar natijasida asoslanib aytish qumkinki, har gektar yerdan olinadigan o’rtacha paxta 30—35 sentnerni tashkil etsa, shu hosilni yetishtirish uchun sharoitga darab 200 kg gacha kaliy sarflanadi. Shuningdek o’simlikning qancha kaliyni tuproqdan o’zi bilan olib ketishini bilish uchun hosilning daladan chiqadigan va qoladigan qismini aniq bilish kerak
I. I. Madraimovning tadqiqotlarida daladan hosil bilan chiqib ketadigan g’o’zapoya tarkibida ham kaliy bo’lib, ular o’simlikdagi kaliy umumiy miqdorini yarmidan ko’p qismini tashkil qiladi. Dalada qolgan barglar, g’o’za ildizlari va boshqa qoldiqlar o’zlari bilan birga o’rtacha 30 foiz miqdordagi kaliyni olib qoladilar. Demak daladan hosil bilan mutlaqo chidib ketadigan kaliy uning umumiy middoridan 70 foizini tashkil qiladi. Bu ma’lumotlardan xulosa qilib shuni aytish kerakki, g’o’zaning boshqa o’simliklardan farqi tuproqdagi kaliy miqdorini juda kamaytdiradigan ekinlardan xisoblanadi. Agar biz paxta yakkaziroatchiligining oldini olish uchun beda almashtirib ekishni qo’llab, kaliy bermasadan tuproqda harakatchan kaliy shakllari borgan sari kamayadi, hatto u mutlaqo tamom bo’lib qolishi ham mumkin. Dala sharoitida o’tkazilgan bir tajribada g’o’zaga faqat azot o’g’itlari solinganda o’simlik bilan chidib ketgan kaliy azot solinmagan variantga nisbatan 24 kg ko’p bo’ldi. Azot, fosfor va kaliy bilan o’g’itlangan maydonda o’simlik o’ziga 124 kg kaliy tuplagan. Albatta, bu ko’rsatgichlar o’simlikning o’sish va rivojlanish davrida mavjud bo’lgan har xil sabablarga ham borliq. Vegetativ organlari yaxshi rivojlangan sershoh serbarg, bo’liq g’o’zalar o’zlari bilan ko’p miqdorda azot, fosfor va kaliyni o’zlashtira oladilar. Hozirgi vaqtda paxtachilikda qabul qilingan almashlab ekish tavsiyanomalarida beda va makkajuxori asosiy o’rin tutadi. Ular ham kaliy o’g’itiga talabchan va yahshi iste’mol qiluvchi o’simliklardan hisoblanadi. O’tkazil­gan tajribalardan ma’lum bo’lishicha, beda uch yil davomida ustdirilganda har gektar yerdan xashagi bilan 80S kilogrammdan 950 kilogrammgacha darakatchan kaliynv olib chikib ketadi. Makkajuxori donining hosili qar gektar yerdan 60 sentner bo’lib, 700 sentner kukpoya (silo< massasi) olinganda esa tuproqdan 150—180 kg kalyu, ttiqib ketadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish