Relyefi.
Yevropa qismida asosan tekislik va ancha past balandlikdan iborat
bо‘lib, bu territoriyada daryo vodiylari va darasoylar, jarliklar bilan bulinib ketgan
maydonlar ham ancha.
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan turli mexanik tarkibli lyoss va
lyossimon qumoqlardan iborat.
О‘rmon dasht va dasht zonasi tuproq paydo qiluvchi jinslarining о‘ziga xos
xususiyati karbonatli bо‘lishidir.
О‘simliklari utmishda о‘rmon-dasht zonasining tabiiy о‘rmon uchastkalari
dasht о‘tloqlarining almashib turishi bilan xarakterlangan (YE.M.Lovrenko).
Dasht zonasi turli о‘tchil kovil va tipchokli kovil dasht о‘simliklaridan
iborat (.rasm). Birinchi gruppa о‘simliklar orasida chim hosil qiladigan utkir bargli
gallasimonlar - kovillar (Stipa stenophulla, S. Capillata), tipchok (Festuca Sullata),
dasht sulisi (Helictotrichon desertorum) tarqalgan bо‘lib, ular bilan shalfey,
sebarga, kolokolchik singarilar aralashgan.
Tipchok - kovilli dashtlarda uncha Qalin va xilma-xil bо‘lmagan
о‘simliklardan past buyli patsimon kovillar (S. Lessingeana), tirsa (S.capillata),
tipchok (Festika suleata),jitnyak (Agropyrum pect niforme),iloklar (Carex
stenophylla) asosiy rol о‘ynaydi. Tipchokli kovil о‘simliklari dashtlarida efemer
176
va efemeroidlar ham keng tarqalgan.Shuningdek, nam kam bо‘lgan joylarda
shuvoklar (Artemisia austriaca) usadi.
Xozirgi vaqtda qora tuproqli maydonlarning asosiy qismi xaydab
yuborilgan. Tabiiy о‘simliklar faqat ayrim uchastkalarda (balkalar, kiya
yonbag‘irlarda, kurikxona maydonlarida) gina saklanib kolgan.
2. Qora tuproqlar zonasi Rossiyaning asosiy gallachiliq о‘lkasi bо‘lganligi
sababli, aksariyat olimlarning tadkikotlari ham ana shu tuproqlarda olib borilgan.
V.V.Dokuchayev qora tuproqlarni xar tomonlama va batafsil urganib "Rus qora
tuproqlari" (1883) asarini yaratgan va unda qora tuproqlarning paydo bо‘lishi
xakidagi kator yangi ilmiy goyalarni bayon kildi.
Qora
tuproqlarning
kelib
chiqishi
xakidagi
dastlabki
nazariya
M.V.Lomonosovning "Yer qatlamlari xakida" (1763) asarida aks etgan bо‘lib,
unda olim qora tuproqlar birinchi materiya bulmay, balki о‘simlik va xayvonot
organizmlari qoldiqlarining vaqt utishi bilan chirishidan hosil bо‘lgan tabiiy jism
deb ta’riflaydi.
Qora tuproqlarning kelib chiqishi tugrisida keyinchalik yaratilgan kо‘plab
faraziya va nazariyalarni kuyidagi, ya’ni qora tuproqlarning dengizlardan kelib
chiqishi faraziyasi, qora tuproqlarning botqoqliklardan hosil bо‘lishi xakidagi
nazariya va uning quruqlikdagi о‘simliklardan kelib chiqishi xakidagi nazariya
kabi uch gruppaga ajratish mumkin.
Qora tuproqlarning dengizlardan hosil bо‘lishi xakidagi faraziyaga kо‘ra
qora tuproqlar bir vaqtlar suv bosib turadigan tekis dengiz sohillarida tо‘plangan
chо‘kindilar va ayniqsa Qora dengiz va Kaspiy dengizi chekingach, undan chukib
kolgan turli loykalardan paydo bо‘ladi.
Qora tuproqlarning paydo bо‘lishini geologik nuktai nazardan
tushuntiriladigan bu gipoteza, xozirgi vaqtda faqat tarixiy ahamiyatga ega.
Qora tuproqlarning botqoqliklardan kelib chiqishi xakidagi nazariya
paleontolog I. E. Eyxvald tomonidan uning "Rossiya poleontologiyasi" (1852)
asarida bayon etilgan bо‘lib, mashxur geolog I. D. Borisyak bu fikrlarni kо‘llab
kuvvatlaydi. Ancha keyin V. R. Vilyams bu nazariya asosida, о‘zining qora
tuproqlar torfli botqoqliklarning kurishidan hosil bо‘lgan degan fikrini aytadi.
Qora tuproqlarning quruqlikdagi usimlilardan kelib chiqishi xakidagi
nazariya M. V. Lomonosov (1763), R. German (1836), F. I.Ruprext(1866), P.A.
Kostichev, V.V. Dokuchayev va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
P.A.Kostichev о‘zining “Rossiya qora tuproqli viloyatlarining tuproqlari”
(1886) asarida qora tuproqlardagi chirindining tо‘planishida ut о‘simliklar ildiz
sistemasining muxim ahamiyatga ega ekanligini kursatdi.
177
Qora tuproqli dashtlarda о‘simliklar ostida koladigan moddalarning biologik
aylanishiga doir tо‘plangan xozirgi zamon materiallari qora tuproqlarning hosil
bulish moxiyatini tо‘liqrok tushunish imkonini beradi.
Qora tuproqli dashtlardagi tabiiy о‘simliklar xar yili yerda kо‘plab organik
massa koldiradi.Uning umumiy miqdori 100 -200 s/ga, yoki barcha biomassaning
40-60 foizini tashkil qiladi. Yerga tushadigan va tuplanadigan organik
qoldiqlarning 40-60 foizi о‘simliklarning ildizlaridan iborat. Yer yuzasida va
ildizlar xisobida tuplanadigan organik massa tarkibidagi kо‘l moddalari о‘tloq-
dasht о‘simliklarida kо‘p bо‘lib, 7-8, igna bargli о‘rmonlarda esa 0,7-1,7 va
yaproklik о‘rmonlarda 1,6 - 7,5 foizni tashkil etadi (Bazilevich, 1962).
Shuningdek, о‘tloq - dasht о‘simliklarining qoldiqlarida azot miqdori ham eng
kо‘p (1-1,4 foiz) bо‘ladi.
Qora tuproqli dashtlarning о‘simlik qoldiqlari kо‘l elementlari va azotga boy
xdmda uning umumiy massasining kо‘p bо‘lishi tuproqda x,am bu elementlarning
maksimal mikdorda tuplanish imkonini beradi. jumladan, azot va kо‘l elementlari
ignabargli о‘rmonlar ostida xar yili 30-40 kg/ga tuplanadigan bulsa, quruq
dashtlarda (kashtan tuproqlarda) 200-250 kg/ga, qora tuproqli dasht о‘simliklari
sharoitida esa bu kursatkich 600-1400 kg/ga ni tashkil etadi.
Demak, qora tuproqlar hosil bо‘lishidagi moddalarning biologik
aylanishining muxim xususiyati - о‘simlik qoldiqlari bilan birga xar yili tuproqqa
tushadigan azot va kо‘l moddalarining kо‘p tо‘planishidir.
О‘simlik qoldiqlarining chirib, parchalanishi va gumusga aylanishi ham
ishqoriy reaksiyada, xavo yaxshi kirib turadigan, namlik mо‘tadil bо‘lganda va
о‘simlik qoldiqlari oksilli azot moddalar va asoslar bilan boyigan sharoitda, yaxshi
kechadi. Tuproqda tuplanadigan gumus miqdori, gumus qatlamining qalinligi,
karbonatlarning tо‘planishi, tuproqdagi namlik, suv va issiklik rejimlarining
shakllanishida shu maydondagi tabiiy-iqlim sharoitlari muxim rol о‘ynaydi.
Qora tuproqlarning hosil bо‘lishidagi zonal va fassial xususiyatlariga kо‘ra
tuproqlar asosiy belgilarining ifodalanish darajasi ham konuniy ravishda uzgaradi.
qora tuproqlar uzlashtirilib, foydalanilganda kator uzgarishlar rо‘y beradi.
Jumladan, xaydalma qatlamning strukturasi ancha bо‘ziladi, gumus va azot qisman
kamayadi. kishlok xujaligida yerlardan foydalanishning birinchi yilida bu oziq
moddalar kamayishining miqdori ayniqsa kо‘proq bо‘ladi, keyinchalik gumus
miqdori, nisbatan barqarorlashadi.
Maxalliy, organik о‘g‘itlardan muntazam va samarali foydalanish gumus
miqdori kamayishining oldini olish imkonini beradi.
178
Qora tuproqlarni xar toionlama urganish natijasida tо‘plangan materiallar
xozir qora tuproqlar tipini kuyidagi tipchalarga va avlodlarga bulish imkonini
beradi
Barcha qora tuproqlar kator belgilari asosida turlarga ajratiladi: jumladan,
gumusli gorizont (A +V) ning qalinligiga kо‘ra: gumusli qatlami juda Qalin (> 120
sm), Qalin (120 -180 sm), о‘rtacha Qalinlikdagi (80-40 sm), kam Qalinlikdagi (40-
25) va juda kam Qalinlikdagi (yupka) (<25 cm); qora tuproqlarga: gumus
miqdoriga qarab: kо‘p gumusli (>9); о‘rtacha gumusli (9-6), oz gumusli (6-4) va
juda oz gumusli (4 foizdan kam) qora tuproqlarga ajratiladi. Bundan tashkari qora
tuproqlar kushimcha jarayonlarning ifodalanishi darajasiga kо‘ra (kam, о‘rtacha,
kuchli ishqorsizlangan, kam, о‘rtacha, kuchli shurtoblangan kabi) ham turlarga
bulinadi.
Qora tuproqlar tipchalarining geografik tarqalishida muayyan konuniyat
kuzatiladi. Shuning uchun qora tuproqlar zonasi shimoldan janubga qarab:
podzollashgan va ishqorsizlangan qora tuproqlar, tipik qora tuproqlar, oddiy qora
tuproqlar va janubiy qora tuproqlar kabi zonachalarga ajratiladi.
Podzollashgan qora tuproqlar. Bu tipchada qora tuproqlarning morfologik
belgilaridagi eng muxim farq - ular gumusli gorizontida podzollanish jarayonining
qoldiq
alomatlarini
ifodalovchi
kremnezyomning
kukunsimon,
oqish
sochilmalarining bо‘lishidir. Tuproq profilining gumusli A gorizonti sur buzgish,
kamdan - kam tо‘q tusli sur kо‘lrang. B - gorizonti ancha och sur tusli bо‘lishi
bilan xarakterlanadi.
Karbonatlar gumusli gorizontdan ancha pastda (odatda 1,3 - 1,5 m dan
chukurda) bо‘ladi. Shuning uchun podzollashgan qora tuproqlarning gumusli
qatlami ostida karbonatlardan yuvilgan qо‘ng‘ir yoki kizgish-qо‘ng‘ir rangli
yongoksimon yoki prizmatik stо‘qturali illyuvial gorizont joylashgan. Bu gorizont
asta-sekin karbonatli yangi yaralmalar tо‘plangan qatlamga utadi. Podzollashgan
qora tuproqlar: oddiy, kuchsiz differensiyalashgan, zichlashgan (kuyma) va
karbonatsiz qora tuproqlar kabi avlodlarga bulinadi.
Ishqorsizlangan qora tuproqlar. Bu tuproqlarning podzollashgan qora
tuproqlardan farqi, uning gumusli gorizontida kremnezyomning kukunsimon
sochilmalari bо‘lmasligidir. A - gorizonti tо‘q tusli sur yoki qoramtir rangli bо‘lib,
g‘ovak qovushmali donador- uvokli strukturaga ega. Qalinligi 30-40 dan 40-50sm
gacha va undan pastda 70-80 sm Qalinlikdagi B gorizonti joylashgan.
Ishqorsizlangan qora tuproqlarning B
1
gorizont ostida karbonatlardan
yuvilgan (ishqorsizlangan) B2 gorizontining bо‘lishi xarakterli. Bu gorizont
yaxshi ifodalangan qо‘ng‘ir tusli, gumusli oqmalari va primazkalarning yaxshi
ifodalanishi, yongoksimon- prizmatik yoki prizmatik strukturasi bilan ajralib
179
turadi. Bundan pastda BC yoki C gorizonti anik ifodalanib, oxakli-mogorli
karbonatlarning tо‘planishiga qarab, uni oson ajratish mumkin. Oddiy, kuchsiz
differensiyalashgan, karbonatsiz, chukur gleyli, zich (kuyma), ishqorsizlangan
qora tuproqlar kabi avlodlarga bulinadi.
Tipik qora tuproqlar. Odatda chukur gumusli (90-120sm va undan ortik)
profilga ega va gumusli gorizontida karbonatlar mitsellasi yoki oxak naychalari
xolidagi yangi yaralmalarning bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Karbonatlar kо‘pincha
60-70sm chukurlikda joylashadi. Morfologik jixatdan batafsilrok xarakterlash
maksadida gumusli A gorizonti о‘zining rangiga kо‘ra 2 gorizontgacha:AB
1
va B
1
ga ajratiladi.
AB
1
gorizonti tо‘q sur tusli, uning pastki qismi kuchsiz qо‘ng‘ir bо‘lib,
tovlanadi. B
1
- yaxshi ifodalangan qо‘ng‘ir tusli gorizont xisoblanadi. AB
1
gorizontining pastida yoki kо‘pincha B
1
gorizontida karbonatli yaralmalar yaxshi
kurinib turadi. B
2
(BC) gorizontida va undan ostki jinslarda mitsella shaklidagi
karbonatlar, oxakli naychalar yoki "turnachalar" shaklidagi yangi yaralmalar
uchraydi.
Tipik qora tuproqlar: oddiy, karbonatsiz, chukurdan kaynovchi karbonatli va
solodlashgan singari avlodlarga ajratiladi.
Dasht zonasining qora tuproqlari. Dasht zonasida oddiy va janubiy qora
tuproqlar tarqalgan. Bu zona qora tproklari shurtoblar kampleksi bilan 99 mln
gektarni tashkil etadi.
Oddiy qora tuproqlar A- gorizonti 30-40 sm bо‘lib, tо‘q tusli - sur yoki qora
rangli, yaxshi ifodalangan donador va uvokli - donador strukturali. Bu gorizont
asta - sekin, qо‘ng‘ir tusli yoki tо‘q sur tusli va uvokli, uvokli - prizmatik
strukturaga ega bо‘lgan, B1 - gorizontiga utadi. Oddiy qora tuproqlarda gumusli
qatlam qalinligi, kо‘pincha 65-80 sm ni tashkil etadi.
B1 gorizontidan pastda gumusli oqmalar bо‘lgan B2 gorizonti joylashgan
bо‘lib, aksariyat xolda bu illyuvial - karbonatli gorizontga tugri keladi yoki
osongina B
k
- karbonatli gorizontga utadi.
Karbonatlar ok kuzanaklar shaklida bо‘lib, shu xususiyati bilan boshqa
tipchalardan farq qiladi.
Oddiy qora tuproqlar: oddiy, karbonatli, shurtobsimon, chukurdan
(karbonatlar ta’sirida) kaynovchi, yaxshi differensiyalashgan (tabaqalashgan) va
solodlashgan qora tuproqlar singari avlodlarga bulinadi.
Janubiy qora tuproqlar. Dasht zonasining janubiy qismini egallaydi hamda
bevosita tо‘q tusli kashtan tuproqlari bilan chegaralangan.
A gorizonti 25 -40 sm Qalinlikda bо‘lib, tо‘q sur yoki tо‘q tusli qо‘ng‘ir
(kо‘pincha jigarrang toalanadi) , uvokli strukturaga ega.
180
B
1
gorizonti yaxshi ifodalangan jigarrang qо‘ng‘ir tusli va uvokli prizmatik
strukturalidir. Gumusli qatlam (A + B
1
) ning umumiy qalinligi 45-60 sm ni tashkil
qiladi.
Illyuvial karbonatli gorizontida, kо‘pincha karbonatlardan iborat ok
kuzanaklar yaxshi ifodalangan. Kislota ta’sirida kaynash chizigi V
1
gorizontdan
pastda yoki gumusli gorizont chegarasida joylashgan.
Janubiy qora tuproqlarning 1,5 - 2m chukurligida mayda kristallar (odatda
noziq tuproq bushliklarini tuldirib turadi) shaklidagi gips saklangan. Bu
chukurlikda ba’zan suvda oson eriydigan tuzlar ham tо‘plangan. Janubiy qora
tuproqlar: oddiy, shurtobsimon, karbonatli, chukurdan kaynovchi, kam
differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) va solodlashgan qora tuproqlar kabi
avlodlarga ajratladi.
Karbonatli, shurtobsimon va shurxoksimon tuproqlar oddiy qora tuproqlarga
nisbatan, bu yerda kо‘proq tarqalgan.
Mexanik va mineralogik tarkibi. Qora tuproqlarning mexanik tarkibi ona
jinslar tarkibiga kо‘ra xilma-xil. Og‘ir qumoq va soz tarkibli xillari kо‘proq
uchraydi. Tipik, oddiy va janubiy qora tuproqlar profilida mexanik elementlar
deyarli tekis tarqalgan. Podzollashgan va qisman ishqorsizlangan qora tuproqlarda
hamda shurtoblangan va solodlashgan qora tuproqlar profilining pastki qismida
<0.001 mm li loyka (il) zarrachalari ancha kо‘p bо‘lishi mumkin.
Yuqori dispers shakldagi minerallar tuproq profilida ancha tekis tarqalgan
bо‘ladi.
25> Do'stlaringiz bilan baham: |