181
Fizik- kimyoviy xossalari. Qora tuproqlarda gumusning kо‘pligi, biogen
kalsiyning intensiv xarakati va boshqa sabablarga kkra kо‘ra bu tuproq singdirish
kompleksi yuqoriligi (30-70 mg.ekv)ning, asoslar bilan tо‘yinganligi bо‘lib,
tuproq neytral reaksiyali va yuqori buferli ekanligi bilan xarakterlanadi.
Singdirilgan kationlardan kalsiy kо‘proq bо‘lib, magniy singdirish hajmiga
nisbatan 15-20 foizni tashkil etadi. Podzollashgan va ishqorsizlangan qora
tuproqlar tarkibida singdirilgan kationlardan vodorod
ham ishtirok etadi va
gidrolitik kislotaligi 100 g tuproqda 5-7 mg\ekv dan kо‘p.
Tuproqning reaksiyasi kо‘pchiliq qora tuproqlarda neytral yoki unga yakin
(suvli surimdagi rn=6,4-7,0).
Qora tuproqlarda о‘simliklar uchun zarur bо‘lgan oziq elementlar zaxirasi
ancha yuqori. Ammo tuproqdagi gumus miqdori va mexanik tarkibiga kо‘ra oziq
moddalar miqdori uzgaradi. Tuproqning xaydalma qatlamidagi azotning umumiy
miqdori 1ga.da о‘rtacha 8-10t bо‘lib, ammo serchirindili soz tarkibli qora
tuproqlarda 12-15t ni tashkil etadi. Tuproqning pastki qatlamlari bо‘ylab azot va
boshqa oziq moddalar miqdori kamayib boradi. Fosfor zaxirasi azotga nisbatan
biroz kamroq bо‘lib, ammo uning miqdori ancha kо‘p bо‘lishi ham mumkin.
Tuproqning xaydalma qatlamida fosfor miqdori 4-6t ga yetadi.
Fosforning asosiy
qismi (60-80 foiz) organik birikmalar shaklidadir.Qora tuproqlarda kaliy, magniy,
kalsiy va shuningdek mikroelementlar ( Cu. Zn.B. Co va boshqalar ) ning umumiy
zaxirasi ham ancha katta. Shunga karamasdan ekinlardan yuqori hosil olish uchun
oziq elementlar zaxirasi hamma vaqt ham yetarli emas. Jumladan, tuproqning
xaydalma qatlamida xarakatchan azot va fosfor bilan kam yoki yuqori darajada
ta’minlangan bо‘lishi mumkin. Odatda xarakatchan kaliy kо‘p, ammo ba’zan
mikroelementlar yetarli emas.
Madaniylashgan qora tuproqlarda о‘simliklar uchun eng qulay oziq rejimi
yaratilgan bо‘ladi.
Qora tuproqlarning fizik va suv-fizik xossalari asosan tuproqdagi gumus
miqdorining kо‘pligi, chirindili gorizontining qalinligi va strukturali xolatining
yaxshi bо‘lishi bilan bevosita bog‘liq.
Strukturali qora tuproqlarning gumusli gorizontida
zichlik uncha yuqori
emas (1- 1,22g\sm
3
), gumus osti qatlamida 1,4-1,45g\sm
3
.
Shurtob qora tuproqlarning V
1
gorizontida zichlik eng yuqori bо‘ladi.
Tuproq kattik fazasining zichligi yuqori qatlamlaridi uncha kо‘p emas (2,4-
2,5g\sm
3
), tuproqning pastki gorizontlarida 2,55-2,65g\sm
3
dan oshadi (49-jadval).
Qora tuproqlar strukturasining yaxshi bо‘lishi, uning serkovak (55-60 foiz)
bо‘lishini ta’minlaydi. Yerni chukur xaydash, uning yuzasini g‘ovak xolda
bо‘lishini ta’minlash yog‘in suvlarini yaxshi singib ketishini ta’minlaydi. Qora
182
tuproqlarda gumusli qatlamning qalinligi bu tuproqlar nam sig‘imining yuqori
bо‘lishiga olib keladi.
Pastki relyefli joylarda qora tuproq paydo bulish jarayoni yuqori namlik
sharoitida boradi. Namlanish darajasiga kо‘ra dashtlarning о‘tloq-qora va о‘tloq
tuproqlari tipi ajratiladi. Bu tuproqlarning maydoni 21 mln. gektarni tashkil etadi.
О‘tloq qora tuproqlar G‘arbiy Sibir va Baykal orti territoriyalarida tarqalgan.
Ular daryolarning soxil usti terrasalarida, о‘rmon dashtlardagi yer osti suvlari kam
oqib chiqib ketadigan tekisliklarda, dashtlardagi pastlik joylarda yer osti suvlari 3 -
6 m chukurlikda joylashgan yerlarda tarqalgan.
О‘tloq-qora tuproqlar yaxshi unumdorlikka ega va ekinlar uchun ancha
qulay yarokli xisoblanadi. Bu tuproqlarning katta maydonlari xaydalib
о‘zlashtirilgan.
Dashtlarning о‘tloq tuproqlari yer osti suvlari 3 m dan yuqori bо‘lgan,
patskam va
uzoq muddat davomida namlanib, turadigan joylarda shakllanadi. Bu
tuproqlarning 50 sm gacha bо‘lgan gumusli qatlami va yuqori gorizontlarida 15
foizgacha gumus saklashi bilan hamda gley alomatlarining yaxshi ifodalanganligi
bilan xarakterlanadi. Karbonatlar AB gorizontidagi 20-35 sm chukurda joylashgan.
О‘tloq tuproqlar pichan urish va mollar boqish uchun yaylov sifatida
foydalaniladi.
1.
Qora tuproqlar zonasi dexkonchiliqda yaxshi о‘zlashtirilgan bо‘lib, bu
yerda MDX axolisining deyarli yarmi yashaydi. MDX xududidagi haydaladigan
yerlarning 60 foizi qora tuproqlarga tugri keladi va tovar gallaning 80 foizi,
kungaboqar va mevaning ancha qismi shu yerda yetishtiriladi.
Qora tuproqlar zonasida galla, texnika va moyli ekinlardan kuzgi va baxori
bugdoy, makkajuxori, kand lavlagi,
kungaboqar, zigir va shuningdek meva va
uzumning jaxondagi eng yaxshi navlari ustiriladi.
Qora tuproqlar juda katta potensial energiyaga ega bо‘lib, tuproqdagi
gumusning zaxirasiga (400-800 t/ga) nisbatan xisoblaganda, bu energiya miqdori
gektariga 2,4 • 10
9
kkal. ni tashkil etadi (V.A. Kovda, 1981).
Qora tuproqlar egallagan barcha maydonning taxminan 90 foizi ekin ekish
uchun yarokli, 85 foiz maydondan dexkonchiliq va chorvachiliqda foydalaniladi,
50 foizidan kо‘progi haydaladigan yer, 15,5 foizi pichan uriladigan yerlar, 0,6 foiz
о‘rmon va butazorlardan iborat. Qora tuproqlarda azot
va boshqa oziq moddalar
kо‘p hamda fizik va kimyoviy xossalari qulay bо‘lishiga karamasdan, ba’zan
ekinlar hosili bu yerda ancha past. Bunga sabab tuproqda namning yetarli
emasligi, davriy ravishda chang bо‘ronlari va kurgokchiliqning takrorlanib
turishidir.
183
Qora tuproqlardan ratsional foydalanishning muxim tadbirlari jumlasiga:
tuproqni suv va shamol eroziyasidan muxofaza kilish, almashlab ekishni tugri
yо‘lga kuyish, begona utlarni yukotish va yerda namni kо‘proq tuplash singarilar
kiradi. Bunda toza shudgorning ijobiy roli katta.
Qora tuproqlar zonasida keyingi yillarda rо‘y bergan turli sabablarga kо‘ra
(yerdan
intensiv foydalanish, organik о‘g‘itlarni yetarli kо‘llamaslik, almashlab
ekishni tugri yо‘lga kuymaslik, eroziya jarayonlarining kuchayib borishi kabi
omillar natijasida) tuproqdagi gumus miqdori boshqa zonalar kabi ancha kamayib,
unumdorligiga salbiy ta’sir etmokda. Shunday sharoitda tuproqning gumusli
xolatini saklab kolish, suv- fizik va biokimyoviy rejimlarini yaxshilashda organik
о‘g‘itlardan keng foydalanish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: