Agrokimyo va tuproqshunoslik


-MAVZU. TUNDRA VA TAYGA O‘RMON MINTAQASINING



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

22-MAVZU. TUNDRA VA TAYGA O‘RMON MINTAQASINING
TUPROQLARI. 
REJA 
1.Tayga-о‘rmon zonasining chegarasi, maydoni, tabiiy iqlim sharoitlari. 
2. Podzol tuproq hosil qiluvchi jarayonlar. Podzol tuproqlar ularning 
tо‘zilishi, klassiifkatsiyasi, tarkibi va xossalari. 
3. Chimli tuproq paydo bulish jarayoni va chimli tuproqlar. 
4.Chimli-podzol 
tuproqlar 
ularning 
tarqalishi, 
tо‘zilishi, 
klassifikatsiyasi, tarkibi va xossalari. 
1. Tayga - о‘rmon zonasi mamlakatimizning boreal (mо‘tadil sovuq) 
mintaqasining katta qismini egallaydi. 
Bu zona shimoldan tundra, janubda - о‘rmon dasht zonasi bilan 
chegaralanadi. Zona maydoni 1150 mln.ga. ga yakin bо‘lib, (о‘rmon qо‘ng‘ir 
tuproqlari bilan birga) MDX, territoriyasining 52 foizini tashkil etadi. 64 foiz 
maydoni tekisliklarga ega va 36 foizi tog‘li о‘lkalarga tugri keladi. 
Zona madoni g‘arbdan sharqka va shimoldan janubga qarab, nixoyatda katta 
maydonga chо‘zilib ketganligi sababli, tabiiy sharoitlari ham xilma-xil va 
murakkab. 
I q l i m i mо‘tadil sovuq va yetarli darajada namlangan. О‘rtacha harorat, 
Yevropa qismida 4
0
S, G‘arbiy Sibirda -3
0
S dan -7,8
0
S gacha va Sharqiy Sibirda -7 
0
S dan -16 
0
S gacha о‘zgarib boradi. 5
0
S dan yuqori harorat bо‘lgan davr G‘arbda 
160-200 kun, sharqda qisqarib 100-140 kunni tashkil etadi. Shuninigdek, 
yog‘ingarchiliq miqdori g‘arbdan (680500 mm) sharqka (300-150mm) qarab 
kamayib boradi. Bug‘lanishga nisbatan atmosfera yog‘inlari kо‘p bо‘lganligi 
sababli tayga-о‘rmon zonasi nami yetarli va ancha sernam zonaga kiradi. Zonaning 
asosiy qismida yuviladigan suv rejimi bо‘lib, Sharqiy Sibirda muzloq suv rejimi 
bilan almashinadi. Namlanish koeffitsiyenti 1,10-1,33 


171 
R e l ye f i. Zonaning Yevropa qismi uchun tekis relyef xarakterli. Osiyo 
qismidagi G‘arbiy Sibir pasttekisligi Sharqda Yeneseydan boshlab past tog‘larga 
va sungra tog‘li о‘lkalarga utadi. 
T u p r o q p a y d o q i l u v ch i o n a j i n s l a r i juda xilma-xil, turli 
mexanik tarkibli morenalar va muz suvlari yotqiziqlari tarqalgan. Tog‘ о‘lkalari 
sharoitida ona jinslari asosan tub jinslar va chо‘kindi jinslarning elyuvial-delyuvial 
yotqiziqlaridan daryo sohillarida Qadimgi va xozirgi zamon allyuvial yotqiziqlar 
tarqalgan. Zonadagi kо‘pchiliq ona jinslarning karbonatsiz bо‘lishi xarakterli. 
О‘ s i m l i k l a r i. Tayga-о‘rmon zonasining о‘simliklari о‘rmon, о‘tsimon-
о‘tloq va botqoq formatsiyalardan tashkil topgan. Zonada о‘rmonlar eng kо‘p 
tarqalgan bо‘lib, uning janubida о‘rmonlar bilan birga turli о‘tloqlar ham katta rol 
о‘ynaydi. Zonaning Shimoli va G‘arbiy Sibir pasttekisligida botqoqliklar kо‘p 
uchraydi. 
Tabiiy sharoitlarining xilma-xilligi va uchta о‘simliklar (daraxtsimon, 
о‘tsimon va lishaynik-moxli) formatsiyasining bо‘lishi tayga-о‘rmon zonasi 
territoriyasida uch tipdagi tuproq paydo qiluvchi: podzol, chimli va botqoqli 
jarayonning rivojlanishish olib keladi. Bu jarayonlarning alohida yoki birgalikdagi 
rivojlanishi ta’sirida zonaning tuproq koplami yuzaga keladi. Zonaning asosiy 
tuproqlari: podzol; chimli; chimli-podzol; botqoq; botqoq-podzol va muzloq - 
tayga kabi tuproq tiplaridan iborat. 
P o d z o l t u p r o q l a r. Podzol tuproqlar asosan tayga-moxli yoki igna 
bargli о‘rmonlar ostida shakllanadi. Bu tuproqlar profilining kelib chiqishi 
podzollanish va elyuvial-gleylanish jarayonlari bilan bog‘liq. Maydoni 132 mln. 
gektarni tashkil etadi. 
Podzol tuproqlarning gleyli podzol, podzol va chimli podzol kabi uchta 
tipchalari ajratiladi. 
Gleyli podzol va podzol tuproqlarning aksariyat maydoni tayga - о‘rmon 
zonasining shimoliy va urta qismlarida joylashgan. Bu tuproqlar podzol tuproqlar 
hosil bulish jarayonlari natijasida yuzaga keladi. 
Keyinchalik podzollanish jarayoni xakida K.K.Gedroys va V.R.Vilyamsning 
karashlari yuzaga keldi. Gedroys podzollanish jarayonida suvdagi vodorod va 
karbonat angidridning roliga ancha yuqori boxo beradi. 
V.R.Vilyams podzollanish jarayoni о‘rmon tо‘shamasining zambо‘ruglar 
ta’sirida chirishidan hosil bо‘ladigan о‘ziga xos - spetsifik organik kislota ya’ni 
kren kislotasi ta’sirida yuzaga keladi deb kursatadi. 
Podzollanish jarayoni xakidagi xoshzirgi zamon karashlari I.V.Tyurin, 
N.P.Remezev, S.P.Yarkov, A.A.Rode, V.V.Ponomareva va boshqa 
olimlarning asarlarida yanada rivojlantirildi. 
О‘rmonlardagi daraxtlardan 
tushadigan yaproklar, shox-shabbalar tarzidaga xazonlar va moxli buta о‘simliklari 
xar yili tuproq ustida tuplanib о‘rmon tо‘shamasini hosil qiladi. Tо‘shama 
qalinligi bir necha mm dan 10 sm gacha va xar yilgi miqdori gektariga 3-5 tonnani 
tashkil etadi. О‘rmon tо‘shamasi kislotali reaksiyaga ega bо‘ladi. Tо‘shama mogor 
zambо‘ruglari ta’sirida chiriy boshlaydi. О‘rmon tо‘shamasi parchalanganda 


172 
nordon fulvokislota va unga yakin bо‘lgan qо‘ng‘ir gumin kislotalari hosil bо‘ladi. 
Kislotali xarakterdagi tuproq eritmasi va о‘rmon tо‘shamasidan hosil bо‘ladigan 
organik kislotalarning tuproq yuqori qismiga ta’sir etishi natijasida, bu yerda 
podzol (elyuvial) A2 gorizont yuzaga keladi. 
Gumums kislotalari bilan tuproqning mineral qismi orasida kuyidagicha 
uzaro ta’sir boradi. 
Kislotaning vodorod ionlari tuproq singdirish kompleksidagi asoslar bilan 
uzaro reaksiyaga kiradi. Hosil bо‘ladigan K, Mg, Sa tuzlari yuqoridan keladigan 
suv okimi bilan pastga yuvila boshlaydi. Kislotali reaksiyaning kuchayib borishi 
natijasida tuproqning yuqori qatlamlaridagi temir, alyuminiy va marganets 
oksidlari ham eriydi va organik-mineral birikmalar hosil bо‘ladi. Kislotali 
sharoitda xarakatchan xolga utgan temir va marganets birikmalarining yuvilib 
ketishi natijasida tuproqning yuqori qatlamlari, dastlabki kizgish-qо‘ng‘ir yoki 
sargish-qо‘ng‘ir rangdan oqish (podzolga xos) tusga utadi. Keyinchalik kislotalar 
ta’sirida ikkilamchi va birlamchi siliqatlar alyumo va ferra siliqatlar ham 
parchalanib SiO
2
H
2
O, Al
2
O
3
- H
2
O, Fe
2
O
3
- H
2
O kabi ggidroksidlar hosil bо‘ladi. 
Bu birikmalar ham tuproqning yuqori qismidan yuvilib ketadi. Birinchi navbatda 
ancha mayda il (loyka) xoldagi minerallar parchalanib, yuvilib ketadi. 
Parchalangan 
maxsulotlarning 
yuvilib 
ketishi 
natijasida 
tuproq 
yuqori 
gorizontlarida ancha chidamli mineral kvars va amorf kremnezyom tuplanib
podzol gorizontini hosil qiladi. Kvars va kremnezyom oqish kulrang ya’ni kulga 
uxshaganligi uchun «podzol» deb yuritiladi. 
Podzol gorizontdan pastda hosil bо‘ladigan illyuvial gorizontga kelib 
tushadigan moddalar ham ancha uzgaradi. Illyuvial qatlam ona jinslarga nisbatan 
ancha qoramtir tusli va zich bо‘ladi. Bu yerda kalsiy, temir, alyuminiy va 
marganetsning kator yangi yaralmalari yuzaga keladi. 
Shunday kilib, tipik podzollarning profilida bir-biridan keskin farq qiladigan 
kuyidagi genetik gorizontlar hosil bо‘ladi. A
0
- qalinligi 3-5 sm li о‘rmon 
tо‘shamasi; A
1
va A
1
A
2
- 4-5 sm dan oshmaydigan dag‘al gumusli gorizont; A
2

qalinligi 525 sm va undan oshik Qalinlikdagi podzol gorizont; V -qо‘ng‘ir tusli 
zich, yongoksimon - prizmatik strukturali illyuvial gorizont va 100-150 sm 
chukurlikda joylashgan tuproq paydo qiluvchi jinslar S joylashgan bо‘ladi. 
Podzollanish jarayonlari natijasida tuproq profilida il (loyka) zarrachalari 
fraksiyalarining tarqalishida о‘ziga xos konuniyat yuzaga keladi. Odatda podzol 
(A
2
) gorizontida 0,001 mm dan kichik zarrachalar kam (15 foiz) bо‘lib, illyuvial 
(B) gorizontida ikki barobardan ham kо‘p (36-37 foiz) tuplanadi. Podzol 
gorizontining yalpi kimyoviy tarkibi uchun kremnezyomning miqdori x,am juda 
kam. Podzol tuproqlar noqulay fizik-kimyoviy xossalarga ega. A
1
A
2
gorizontlari 
kuchli kislota reaksiyali (pH - 4,0-4,8). 
Podzol tuproqlarda struktura yaxshi ifodalanmagan. Bu tuproqlarning salbiy 
xususiyatlarini yaxshilash uchun yerni oxdklash va ugitlardan samarali 
foydalanish xdmda almashlab ekishni tugri yulga kuyish kerak. 


173 
Podzol tuproqlar podzollanish darajasiga kо‘ra oz podzollashgan, о‘rtacha 
podzollashgan, kuchli podzollashgan turlarga bulinadi. 
Podzollanish belgilarining chukurligiga (A
0
gorizontining pastki qatlamidan 
boshlab x,isoblaganda) yuza podzollashgan-5 sm gacha; yupka podzolli-20 sm 
gacha; chukur bо‘lmagan podzolli-30 sm gacha; chukur podzolli-30 sm dan kо‘p 
tuproqlarga ajratiladi. 
A
1
gorizontining gumus miqdori (chimli-podzol tuproqlar uchun)ga asosan: 
kam gumusli, о‘rtacha gumusli, sergumusli. 
Madaniy podzol tuproqlar insonlarning tuproqlarga uzok muddatli ta’siri 
natijasida kelib chikadi. Ammo bu tuproqlar maydoni ancha kam bо‘lib, tomorka 
uchastkalari va boglarni uz ichiga oladi. 
Madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning 25-30 sm li yuqori 
qatlamlarida gumus miqdori 2,5-5 foiz (va undan x,am kо‘p). Gumus tarkibi 
gumin kislotasi va gumin moddalariga boy. Tuproqdagi singdirilgan kationlar 
xdjmi 100 g tuproqda 20-30 mg/ekv. ni tashkil etadi. Tuproqning reaksiyasi 
kuchsiz kislotali yoki neytralga yakin (pH-5,5- 6,5), asoslar bilan tо‘yinganlik 
darajasi 80 foizdan yuqori. Fosfor va kaliy kabi oziqa elementlarning xarakatchan 
formasi yaxshi ta’minlangan. 
Tayga-о‘rmon zonasidagi chimli tuproqlar turli tarkibli x,ar kanday ona 
jinslarda о‘tloq о‘tsimon о‘simliklarning ta’sirida x,osil bо‘ladi. 
Chimli tuproqlarning paydo bulish jarayonida, ayniqsa, о‘tloq-pichan va 
о‘tloq - dasht о‘simliklarining roli katta. О‘rmon tayga zonasidagi chimli tuproqlar 
bilan bir katorda, boshqa zonalardagi kator kо‘plab tuproqlar: qora, kashtan, 
allyuvial chimli, о‘tloq-gleyli, sur о‘rmon va boshqa tuproqlarning kelib chiqishi 
ham ana shu chimli jarayonning rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Chimli tuproqlar Boltiq bо‘yi davlatlari, Rossiya Federatsiyasining yevropa 
qismida, Sharqiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kamchatkada va Kuril orollarida 
tarqalgan. Chimli tuproqlarning umumiy maydoni 9 mln.ga bо‘lib, shundan 5 mln. 
gektarga yakini Kamchatka va Sharqiy Sibirdadir. 
О‘tsimon о‘simliklar ta’sirida tuproqda gumus va boshqa oziq moddalar 
tо‘planishi bilan bir katorda tuproqning fizik-kimyoviy va fizik xossalari ham 
yaxshilanadi, mikrobiologik jarayonlar kuchayib, tuproq unumdorligi yuzaga 
keladi. О‘tsimon о‘simliklardan tuplanadigan va sintezlanadigan organik modda 
miqdori va sifati, chimli tuproqlarning shakllanishida mux,im rol о‘ynaydi. 
Jumladan, chimli tuproqlar kuyidagi umumiy belgilar va xususiyatlari: yaxshi 
ifodalangan gumusli qatlamining donador strukturali bо‘lishi podzollanish 
alomatlarining kam yoki umuman bо‘lmasligi, gumus miqdorining kо‘pligi (3-4 
dan 12-15 foizgacha bо‘lishi), singdirish sigimining yuqori bо‘lishi, kuchsiz 
kislotali, neytral yoki kam ishqoriy reaksiyaliligi, yalpi azot va boshqa о‘simliklar 
uchun zarur oziq moddalarni kо‘p saklashi kabi xossalari bilan xarakterlanadi. 
Chimli tuproqlar: chim-karbonatli, chim-gleyli va chimli-litog‘yen kabi 
Tabiiy о‘simliklari bо‘lgan sharoitda chimli podzol tuproqlar profili kuyidagicha 


174 
tо‘zilgan:Ao-о‘rmon tо‘shamasi yoki A
ch
-chimli qatlam, qalinligi 3-5 sm, A
1
-
chimli yoki gumusli-akkumulyativ gorizont, ochkulrang, qalinligi 5sm dan kо‘p. 
A
2
-podzollashgan gorizont, oqish tusli, yaxlit qalinligi 5-25 sm va undan 
oshiq bо‘ladi; B-illyuvial, qо‘ng‘ir tusli gorizont, 80-100 sm, asta-sekin ona jinslar 
(C)ga utadi. 
Chimli-podzol tuproqlarning umumiy kimyoviy tarkibi va mexanikaviy 
fraksiyalarning profil bо‘ylab tarqalishi podzol tuproqlarnikiga о‘xshash bо‘lib, 
kremnezyom tuproqning yuqori qatlamida kо‘proq tо‘plangan. Gumus miqdori 
tuproqning yuqori qismlarida 2-4 foiz bо‘lib, profil bо‘yicha keskin kamayadi. 
Chimli-podzol tuproqlar asoslar bilan tо‘yinmagan, kislotali reaksiyaga ega. 
Ular oziq elementlarga kambag‘al. Azot miqdori 0,1-0,2, yalpi fosfor 0,05-0,07 
dan 0,10-0,16 foiz atrofida bо‘ladi. Kaliy - 1-2,5 foiz oraligida bо‘ladi. 
Chimli-podzol 
tuproqlarda 
struktura 
uncha 
yaxshi 
ifodalanmagan. 
X,aydalma qatlamda 0,25 mm dan katta suvga chidamli struktura 20-40 foizdan 
kо‘p emas. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish