193
Shura о‘simliklari tarkibida natriy bilan bir katorda xlor va oltigugurt ham ancha
kо‘p Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar yuzasida katkalokli gorizontning hosil bо‘lishi,
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar)
xolati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog‘liq. Tuproqlarning yuqori
dispersligi tuproq eritmasining о‘ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvok-shura
о‘simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati
va karbonatlari hosil bо‘lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy
bikarbonatlarining karbonatlarga о‘tishi tufayli
tuproqning dispers kolloid
zarrachalarning, tuproq yuqori qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga
keladi. Tuproq profilining о‘rta qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi
sababli, bu qatlamda suvning о‘tishi sekinlashib, alyumosiliqatlarning nurash
jarayenlari esa kuchayadi va kator gilli minerallar hosil bо‘ladi. Tuproqning temir
birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida temir (2 oksidi) bо‘lgan
minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa muddatli anaerob
jarayenlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir
birikmalari oksidlanib va
degidratatsiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida temir pardasi hosil bо‘ladi.
Klassifikatsiyasi. Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar ikki tipga: karbonatli tipik sur-
qо‘ng‘ir tusli va oz karbonatli sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlarga bulinadi
(YE.V.Lobova, 1966).
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar tipi termik rejimlari va rivojlanish sharoitiga
kо‘ra xozirgi vaqtda 3 tipchaga bulinadi:
mо‘zlaydigan juda iliq sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari;
qisqa muddatli mо‘zlaydigan subtropik sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari;
issik subtropiklarning mо‘zlaydigan sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari.
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar kuyidagi avlodlarga ajratiladi; shurxoksimon
oddiy sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tо‘zlar 30sm chukurlikda
joylashgan);
shurxokli sur-qо‘ng‘ir
tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson
eriydigan tо‘zlar (0,3 foizdan kо‘p) saklangan bо‘ladi.
Gipsli sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar 50-70sm chukurlikda biroz qum saqlagan
notugri shakldagi ignasimon yeki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan bо‘ladi.
12-15sm chukurlikda kо‘p mikdorda labsimon ignachali gips saklovchi sur-
qо‘ng‘ir tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi;
Shurxokli sur-qо‘ng‘ir tusli gipsli tuproqlar kо‘p mikdorda (70-80 foiz) gips
saklovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
Taqirli shurtobsimon sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar mustaxkam katkalok
qatlamli bо‘lishi, poligonal (yuzasi xar xil shakldagi yerilib turadigan) yuzasi va
umumiy ishqoriyligining yuqori bо‘lishi bilan farqlanadi.
194
Uncha katta bо‘lmagan maydonlarda о‘tloq-sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l
tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bо‘lgan
pastkam joylarda
boshokdoshlar va shuvokli о‘simliklar ostida hosil bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: